1-Amaliyot mavzu: Loyihaviy yechimlarni texnik -iqtisodiy baholash Reja


Jamoat binolari va inshootlarining asosiy funksional-tipologik


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana22.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1220596
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-AMALIY

Jamoat binolari va inshootlarining asosiy funksional-tipologik 
guruhlari ro‘yxati 
3 - jadval 
Jamoat binolari (inshoatlari) va jamoatga mo‘ljallangan 
xonalarning ro‘yxati 
Funksional 
yong‘in 
xavfliligi klassi 
Loyiha va ilmiy tadqiqot, nashriyot binolari 
1.1. Loyiha-konstruktorlik va ilmiy tadqiqot tashkilotlari 
(eksperimental ishlab chiqarish maxsus ob’ektlari, maxsus 
tajribaxonalar va shunga o‘xshashlar 
bundan mustasno.)* 
F 4.3 
1.2. Axborot, tahririyat- nashriyot tashkilotlari (bosmaxona 
bundan mustasno) 
F 4.3 
“SHarq” Nashriyoti Matba majmuasi (1975 y.) 


Jamoat binolarining er ustki va er ostki qismlari, binoning asosiy 
konstruktiv elementlaridan, ya’ni poydevorlar, devorlar, qavatlaaro 
yopmalar, alohida tayanchlar, tom, deraza, eshiklar, zinalar hamda ichki 
to‘siq (parda) devorlardan iborat (1-rasm). Birinchi qavatning poli sathidan 
pastda joylashgan konstruktiv elementlar-poydevor, erto‘la, texnik 
maqsadlarga mo‘ljallangan erto‘la devorlari binoning er ostki qismi 
hisoblanadi. Birinchi qavat poli sathidan balandda joylashgan konstruktiv 
elemetlar binoning er ustki qismini tashqil etadi. 
Poydevorlar binoning er ostki qismi bo‘lib, ular bino og‘irligini o‘ziga 
qabul qilib, uni asosga uzatuvchi konstruksiyadir. 
Devorlar o‘z vazifasiga va joylashishiga ko‘ra ichki va tashqi 
to‘siq,ya’ni xonani tashqi muhit ta’siridan himoyalovchi yoki xonalarni 
birbiridan ajratib turuvchi bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ular yuk ko‘taruvchanlik 
vazifasini ham bajaradi. 
Devorlar yuk ko‘tarib turuvchi va yuk ko‘tarmaydigan turlarga bo‘linadi. 
YUk ko‘taruvchi devorlar yuqorida joylashgan konstruksiyalar, 
jihozlar, mebellar va shu kabilardan tushadigan og‘irlikni ko‘tarib turadi. 
Ham ichki ham tashqi devorlar ko‘taruvchi bo‘lishi mumkin. Binolarni 
kichikkichik xonalarga ajratuvchi to‘siq (parda) devorlar yuk ko‘tarmaydigan 
hisoblanadi. Bunday devorlar poydevorlarga yoki poydevor to‘siniga 
qo‘yilgan, o‘zini ko‘tarib turuvchi va ustunlarga ilingan osma devorlar tarzida 
ham bo‘lishi mumkin. 
Ilingan devorlar har bir qavat balandligida gorizontal joylashgan 
elementlarga tayangan bo‘ladi. 
Alohida tayanchlarning (ko‘taruvchi vertikal elementlar – ustun, 
tirgovich, sinch) vazifasi qavatlararo yopmalardan tushadigan yuklarni 
poydevorga uzatishdan iborat. 



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling