1-Amaliyot mavzu: Loyihaviy yechimlarni texnik -iqtisodiy baholash Reja
-guruh. Ko‘p funksiyali binolar va komplekslar
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
1-AMALIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamoat binolariga qo‘yilgan asosiy talablar.
10-guruh. Ko‘p funksiyali binolar va komplekslar.
Bu guruhga taaluqli binolarni ham ikki turga ajratish mumkin: 10.1. Turli jamoat muassasalari bir binoda joylashgan jamoat markazlari; bunday binolar va komplekslarda turli maqsadlarga mo‘ljallangan xonalar bo‘lishi mumkin; 10.2. Universal jamoat binolari (masalan, zaruriyat tug‘ilganda ichki jihozlarni o‘zgartirib xonalarining funksional vazifasini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan binolar). Jamoat binolari xizmat ko‘rsatish ko‘lamiga ko‘ra umumshahar, rayon va mikrorayon ahamiyatiga ega bo‘lishlari mumkin va shunga mos ravishda shaharning ma’lum xududlarida joylashtiriladi. Jamoat binolariga qo‘yilgan asosiy talablar. Jamoat binolarining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq konstruktiv echimlarini belgilash va loyihalashda qabul qilish uchun, ularni kapitallik (muqimlik) bo‘yicha 4 klassga bo‘linadi. I klass binolarga hukumat idoralari, umumshahar ahamiyatiga ega bo‘lgan jamoat binolari: muzeylar, ko‘rgazmalar, vokzallar kabi binolar kiradi. II klass binolarga tipovoy loyihalar asosida ommaviy tartibda quriladigan jamoat binolari (masalan, maktablar, bog‘cha-yaslilar kabi binolar) kiradi. III klass binolarga kam o‘rinli (bir vaqtning o‘zida bo‘ladigan odamlar soni 300 tadan ko‘p bo‘lmaydigan) jamoat binolarn kiradi. IY klass binolarga vaqtinchalik foydalanishga mo‘ljallangan jamoat muassasalari (mavsumiy savdo yarmarkalari, umumiy ovqatlanish muassasalari binolari kabi) binolari kiradi. Jamoat binolari ulardagi funksional jarayonlarning turlitumanligi bilan ajralib turadidar. Jamoat binolarini loyhalashtirishda funksional talablarning bajarilishiga katta e’tibor berilishi kerak. Funksional jarayonlarni amalga oshirish uchun xonalarda zarur bo‘lgan shart sharoit yaratilishi, buning uchun xonalarning hajmiy-plan o‘lchamlari to‘g‘ri belgilanishi, ulardagi tovush, yorug‘lik rejimi, mikroiqlim talab darajasida bo‘lishi lozim. Tomosha zallarida, bundan tashqari, tomoshabinlar tomonidan ko‘rish ob’ektini aniq va to‘siqsiz ko‘rishini ta’minlash talab qilinadi. Jamoat binolarining muqimlik klassi to‘g‘ri belgilanishi va shunga muvofiq ravishda bino konstruksiyalari mustahkamlik, ustivorlik, uzoqqa chidamli-lik talablariga javob beradigan bo‘lishi kerak. Texnik talablarga ko‘ra,I va II klass jamoat binolarining uzoqqa chidamlilik va olovbardoshlik darajalari mos ravishda I va II darajadan past bo‘lmasligi kerak. III klass jamoat binolarining uzoqqa chidamlilik darajasi II darajadan, olovbardoshlik darajasi esa III darajadan past bo‘lmasligi talab qilinadi, ya’ni asosiy konstruksiyalarni olovbardoshligi nisbatan pastroq materiallardan qilinishiga qaramay, binoning hisobiy hizmat muddati 50 yildan kam bo‘lmasligi kerak. IY klass, ya’ni vaqtinchalik jamoat binolarining uzoqqa chidamlilik va olovbardoshlik darajalari cheklanmaydi. Jamoat binolari odatda binolar ansamblida kompozitsion markaz vazifasini bajaradilar. SHuning uchun ularga yuqori darajada me’moriybadiiy ma’nodarlik talablari qo‘yiladi. SHu bilan birga jamoat binolariga iqtisodiy talablar ham qo‘yiladi, ya’ni ulardagi zarur xonalar ro‘yxatini aniqlaganda, xonalarning o‘lchamlarini belgilaganda xaqiqiy extiyojlardan va jamiyatning imkoniyatlaridan kelibchiqish kerak. Jamoat binolarining iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llaridan biri ularni bloklashtirnsh, ya’ni bir nechta uncha katta bo‘lmagan jamoat muassasalarini bitta nisbatan katta binoda joylashtirishdir. SHuningdek, jamoat binolarida kooperatsiyalash usulidan foydalanish, ya’ni bloklashtirilgan binodagi xonalarning ma’lum bir qismidan bloklashtirilgan muassasalar tomonidan turli vaqtda foydalanish ham katta iqtisodiy samara beradi. Masalan, bitta binoda ikki yoki undan ortiq muassasa joylashtirilsa, ular uchun umumiy majlislar zali qilish mumkin. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling