1-Amaliyot mavzu: Loyihaviy yechimlarni texnik -iqtisodiy baholash Reja


Jamoat binolarini bloklashtirish (a) va kooperatsiyalash (b)


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana22.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1220596
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-AMALIY

Jamoat binolarini bloklashtirish (a) va kooperatsiyalash (b) 1 -
tomosha muassasasi; 2 -umumiy ovqatlanish muassasasi; 3 -savdo 
muassasasi; 4 -aloqa muassasasi; 5 -boshqaruv muassasasi; 6 -
jamoat tashkiloti; 7 -majlislar zali; 8 -umumiy vestibyul. 
Jamoat binolarini bloklashtirish, muassasalar alohida binolarda 
joylashgan holdagiga nisbatan, muxandislik kommunikatsiyalariga, elektr 
tarmoqlariga, obodonchilikka va binoni ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq 
bo‘lgan sarfxarajatlarni tejashga imkon beradi. 
Kooperatsiya usuli qo‘llanilganda ham, ya’ni binodagi ayrim 
xonalardan barcha muassasalar foydalanganda ham shu xonalarga 
sarflanadigan qurilish xarajatlari tejaladi. 
Jamoat binolariga qo‘yiladigan maxsus talablar. 
1.Sanitariya-gigiena talablari. 
2. YOng‘in xavfsizligi talablari. 


Jamoat binolariga, barcha turdagi binolarga qo‘yiladigan asosiy 
talablardan tashqari, ularning funksional vazifalaridan kelib chiqadigan 
maxsus talablar ham qo‘yiladi. Bunday talablarga sanitariyagigiena talablari. 
YOng‘inga qarshi talablar, favqulodda hodisalar paytida odamlarni 
xonalardan va binodan majburiy evakuatsiya qilishda xavfsizlikni ta’minlash 
va tomosha zallari uchun akustika talablari kiradi. 
Sanitariya-gigiena 
talablari sog‘liqni saqlash muassasalarida
maktabgacha tarbiya muassasalarida va maktablarda, umumiy ovqatlanish 
muassasalarida alohida ahamiyat kasb etadi. SHu talablardan kelib chiqgan 
holda xonalarning tabiiy yoritilish darajasi va izolyasiya pejimi, ichki va 
tashqi 
to‘siq 
konstruksiyalarning 
tovush 
izolyasiyasi, 
binodagi 
qo‘llaniladigan muxandislik jihozlarining turlari (isitish, ventilyasiya, 
suniyyoritish sistemalari) belgilanadi. 
O‘zbekiston iqlimi issiq deyarli barcha xududlarda iyul oyida tashqi 
havoning o‘rtacha temperaturasi +21 °S dan yuqori. SHuning uchun 
binolardagi doim odamlar bo‘ladigan xonalar, texnologiya va gigiena 
talablariga ko‘ra quyosh tushmasligi kerak bo‘lgan hamda qizib ketishi 
mumkin bo‘lmagan xonalarning derazalari gorizontning 130° dan 315° gacha 
oralig‘ida joylashgan, ya’ni janubiy-sharq bilan shimoliy-g‘arb oralig‘idagi 
sektoriga qaratilgan bo‘lsa, quyoshdan himoya qilish qurilmalari bilan 
jihozlanishi talab qilinadi. 
Xuddi shu sabab, shifoxonalardagi operatsiya xonalari, reanimatsiya 
zallari va tug‘ruqxonalarining derazalarini shimolga, shimoliy-sharqqa va 
shimoliy-g‘arbga qaratib, ya’ni quyosh deyarli tushmaydigan yoki qisman 
tushadigan qilib joylashtirish tavsiya qilinadi. 
Sil va boshqa yuqumli kasallarga mo‘ljallangan palatalar uchun talab 
aksincha, ularning derazalarini sharq, janub va janubiy-sharq tomonga 
qaratish tavsiya qilinadi. 
Juda ko‘p jamoat binolari ularda bir vaqtda ko‘plab odamlar to‘planishi 
bilan ajralib turadilar. Ko‘p hollarda bunday xonalarda tez yonadigan 
narsalardan foydalaniladi (masalan, teatrlardagi dekoratsiyalar va boshqa 
sahna jihozlari). SHuning uchun jamoat binolarida yong‘inpaydo bo‘lishining 
ehtimolini kamaytirish, uning tarqalishini cheklash, yong‘inga qarshi 
kurashni osonlashtirish, konstruksiyalarning mustahkamligini va ustivorligini 
saqlash, odamlarni tez va bexavf evakuatsiya qilish va yong‘in oqibatlarini 
bartaraf qila olish maqsadida maxsus tadbirlar ko‘rilgan bo‘lishi lozim. 
Bu tadbirlardan quruvchilarning vazifalariga kiruvchilarini ko‘rib 
o‘tamiz. YOng‘in tarqalishini cheklash uchun jamoat binolarining ichini 
yonmaydigan materiallardan qilinadigan yong‘inga qarshi devorlar 


(brandmauer) bilan qismlarga bo‘linadi. YOng‘inga qarshi to‘siq 
konstruksiyalarning 
turlari 
vaularning 
olovbardoshlik 
chegaralari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar 3.1-jadvalda keltirilgan. 
YOng‘inga qarshi devorlar orasidagi binoning yoki undagi qavatning 
maydoni binoning olovbordoshlik darajasi va undagi qavatlar soniga bog‘liq 
holda cheklanadi (3.2-jadval). 
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, yong‘inga qarshi devorlar orasidagi 
maydon 800 m

dan 6000 m
2
gacha bo‘lishi mumkin. Eng ko‘p maydon faqat 
bir qavatli binolarda, u ham bo‘lsa binoning olovbardoshlik darajasi II 
darajadan past bo‘lmagan hollarda bo‘lishi mumkin. Binodagi qavatlar soni 
ortishi bilan yong‘inga qarshi devorlar orasidagi qavat maydoni keskin 
kamayadi. Olovbardoshligi III darajali binolarda yong‘inga qarshi devorlar 
orasidagi maydon bir qavatli binolarda ham 3000 m

dan ko‘p bo‘lmasligi 
kerak. 
Bunday binolarning qavatlari soni ham 5 qavatdan ko‘p bo‘lmaydi. 
Bir qavatli binolarda ikki qavatli qismi bo‘lsa va uning maydoni 
umumiy maydonning 15 % dan kam qismini band qilgan bo‘lsa, u holda 
yong‘inga qarshi devorlar orasidagi maydon bir qavatli binolar ychun qabul 
qilish mumkin. 
3.2-jadval 


Binonin g 
olovbardoshlik 
chegarasi 
Eng 
ko‘p 
qavat 
soni 
Qavatdagi brandmauer devorlar orasidagi maydon, m
2
1qavatli 
binoda 
2qavatli 
binoda 
3-5 
qavatli 
binoda 
6-9 
qavatli 
binoda 
10-16 
qavatli 
binoda 

16 
6000 
5000 
5000 
5000 
2500 
YOng‘in paytida odamlarni binodan tez va bexatar evakuatsiya qilish 
talabidan kelib chiqqan holda, jamoat binolaridagi zal xonalar joylashtirilishi 
mumkin bo‘lgan qavatlar soni ham cheklanadi (3.5jadval). 
Demak, o‘rinlar soni 600 tadan ko‘p bo‘lgan zallar hatto 
olovbardoshligi I, II darajali binolarda ham 3-qavatdan yuqorida 
joylashtirilmasligi kerak. Kichikrok (300 tagacha o‘rinli) zallarni 
16qavatgacha joylashtirish mumkin. 


3.5-jadval 
Binoning olovbardoshlik darajasi 
Zaldagi o‘rinlar 
soni 
Ruxsat etilgan qavatlar 
soni 
I va II 
300 tagacha 
16 
300 tadan 600 

Zal xonalarning asosiy konstruksiyalari himoyalanmagan metall 
karkasdan qilinganda, ularni faqat bir qavatli binoda joylashtiriladi. Bunday 
binoning tomida issiqlik izolyasiyasi qatlami qiyin yonuvchan yoki 
yonmaydigan materiallardan qilinganda (olovbardopshik darajasi IIIa), 
zaldagi o‘rinlar soni 300 tagacha bo‘lishi mumkin. Agar issiqlik izolyasiyasi 
qatlami uchun yonuvchan materiallar qo‘llanilsa (olovbardoshlik darajasi 
IVa), zaldagi o‘rinlar soni 100 tadan oshmasligi kerak. 
Zal xonalarning asosiy konstruksiyalari yog‘ochdan qilingan hollarda, 
hatto konstruksiyalar olovga chidamli qilib qayta ishlangan yoki biror qatlam 
bilan himoyalangan bo‘lsa ham bino bir qavatli qilinishi kerak. Bino yog‘och 
karkasli bo‘lganda zaldagi o‘rinlar soni 500 tagacha bo‘lishi mumkin, 
karkassiz binoda esa 300 tadan oshmasligi talab qilinadi. 
YOng‘inga qarshi talablardan kelib chiqqan holda, maktabgacha ta’lim 
muassasalarida va maktablarda qavatlar soni 3 yoki 4 qavatdan oshirilmaydi. 
Bunday qavatli binolarni qurish ham istesno tariqasida yirik va o‘ta yirik 
shaharlardagina ruxsat beriladi. 
Favqulodda holatlarda odamlarni binodan bexatar evakuatsiya qilish 
uchun har bir qavatdan kamida 2 ta chiqish yo‘li bo‘lishi kerak. Bir qavatli 
bino uchun chiqish eshigi, yuqoridagi qavatlar uchun esa zina chiqish yo‘li 
hisoblanadi. Faqat 2 qavatli binolarda quyidagi hollarda ikkinchi chiqish yo‘li 
sifatida tashqi ochiq (III tip) zinadan foydalanishga ruxsat berila di: a) 
olovbardoshligi I va II darajali binolarda ikkinchi qavatdagi odamlar soni 70 
tadan ko‘p bo‘lmasa; 
b) olovbardoshligi III darajali binolarda - 50 tadan ko‘p 
тагача 
600 тадан кўп 

III 
300 тагача 

тадан 600 
300 
тагача 

III а , IV ва V 
300 
тагача 

III б 
тагача 
500 

IV а 
100 тагача 



bo‘lmasa; 
v) olovbardoshligi bundan past binolarda - 30 tadan ko‘p 
bo‘lmasa.Tashqi ochiq zinalarning qiyaligi bolalar bog‘chalarida 45° dan va 
boshqa jamoat binolarida 60° dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Bunday zina 
pillapoyalarining kengligi kamida 0,8 m, yaxlit pog‘onasining kengligi esa 
kamida 0,2m bo‘lishi kerak. 
Jamoat binolaridagi zinalar joylashadigan zinaxonalar tabiiy 
yoritiladigan bo‘lishi kerak. YOritish devorlardagi derazalar yordamida 
amalga oshirilishi talab qilinadi. Olovbardoshligi I va II darajali ikki qavatli 
binolarda har ikkinchi zinaxonani, uch qavatli binolarda esa zina pillapoyalari 
(marshlari) orasidagi masofa 1,5 m dan kam bo‘lmagan hollarda, zinaxonani 
yuqoridan yoritishga ruxsat beriladi. 
Binodagi xonalarning eshigidan to binoning chiqish eshigigacha yoki 
qavatdagi zinaxona 
eshigigacha bo‘lgan 
masofa 
ham
binoning olovbardoshlik darajasi, evakuatsiya yo‘lidagi odamlar 
oqimining zichligi (1 m2 pol yuzasiga to‘g‘ri keladigan odamlar soni) va 
xona eshigining qavatda joylashgan o‘rniga bog‘liq holda chegaralangan 
(3.6-jadval). 
Odamlar oqimining zichligini aniqlashda ko‘rilayotgan chiqish eshigi 
yoki zinaxona eshigi yo‘nalishida joylashgan (masalan, koridorning boshqa 
tomonida joylashgan) barcha xonalarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan odamlar 
soni hisobga olinishi kerak. 
3.6-jadval 
Xona eshigidan binoning chiqish eshigigacha yoki qavatdagi zinaxona 
eshigigacha bo‘lgan masofa 
Binoningolovbar- Masofa, m, odamlar oqimining zichligi (kishi/ m2) bog‘liq 
doshlikdarajasi holda 
2 gacha 
2dan3 gacha 2dan4 gacha 4dan5 gacha 5danortiq 
A. Zinalar yoki tashqi chiqish eshiklari orasida 
joylashgan xona eshigidan 



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling