Jamoat binolarining er ustki va er ostki qismlari,
binoning asosiy
konstruktiv elementlaridan, ya’ni
poydevorlar, devorlar, qavatlaaro
yopmalar,
alohida tayanchlar, tom, deraza, eshiklar,
zinalar hamda ichki
to‘siq (parda) devorlardan iborat (1-rasm). Birinchi qavatning poli sathidan
pastda joylashgan konstruktiv elementlar-poydevor, erto‘la,
texnik
maqsadlarga mo‘ljallangan erto‘la devorlari binoning er ostki qismi
hisoblanadi. Birinchi qavat poli sathidan balandda
joylashgan konstruktiv
elemetlar binoning er ustki qismini tashqil etadi.
Poydevorlar binoning er ostki qismi bo‘lib, ular bino og‘irligini o‘ziga
qabul qilib, uni asosga uzatuvchi konstruksiyadir.
Devorlar o‘z vazifasiga va joylashishiga ko‘ra ichki va tashqi
to‘siq,ya’ni xonani tashqi muhit ta’siridan
himoyalovchi yoki xonalarni
birbiridan ajratib turuvchi bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ular yuk ko‘taruvchanlik
vazifasini ham bajaradi.
Devorlar yuk ko‘tarib turuvchi va yuk ko‘tarmaydigan turlarga bo‘linadi.
YUk ko‘taruvchi devorlar yuqorida joylashgan konstruksiyalar,
jihozlar, mebellar va shu kabilardan tushadigan og‘irlikni ko‘tarib turadi.
Ham ichki ham tashqi devorlar ko‘taruvchi bo‘lishi mumkin.
Binolarni
kichikkichik xonalarga ajratuvchi to‘siq (parda) devorlar yuk ko‘tarmaydigan
hisoblanadi. Bunday devorlar poydevorlarga yoki poydevor to‘siniga
qo‘yilgan, o‘zini ko‘tarib turuvchi va ustunlarga ilingan osma devorlar tarzida
ham bo‘lishi mumkin.
Ilingan devorlar har bir qavat balandligida gorizontal joylashgan
elementlarga tayangan bo‘ladi.
Alohida tayanchlarning (ko‘taruvchi vertikal elementlar – ustun,
tirgovich, sinch) vazifasi qavatlararo yopmalardan
tushadigan yuklarni
poydevorga uzatishdan iborat.