1 Amaliyotni o‘tish to‘g‘risida asosiy ko‘rsatmalar


Konserjning umumiy ovqatlanish va ichimliklar bo‘limi bilan hamkorligi Umumiy ovqatlanish


Download 42.95 Kb.
bet11/25
Sana24.02.2023
Hajmi42.95 Kb.
#1226470
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
kundalikkkkk (1)

20

Konserjning umumiy ovqatlanish va ichimliklar bo‘limi bilan hamkorligi Umumiy ovqatlanish - xalq xoʻjaligining ilmiy gigiyenik talablar asosida taomlar tayyorlab sotadigan va isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatadigan sohasi. Umumiy ovqatlanish sohasiga yarim fabrikat oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlaydigan fabrikalar, oshxonalar, restoranlar, choyxonalar, qahvaxonalar, bufetlar, yemakxonalar, gazakxonalar va boshqa kiradi. Ularning ayrimlari isteʼmolchilarga ish va oʻqish joylarida xizmat koʻrsatadi. Koʻpincha ularda isteʼmolchilarga imtiyozli (ovqat tayyorlash va xizmat koʻrsatish xarajatlarining bir qismini korxona yoki oʻquv yurti oʻz zimmasiga oladi) xizmat koʻrsatiladi.
Ovqatni uyda tayyorlashdan Umumiy ovqatlanish korxonalarida tayyorlashga oʻtish jarayonining oʻzidayoq mehnatni kooperatsiyalash yuzaga keladi, ilgʻor texnologiya va yuqori unumli jihozlarni qoʻllash tufayli mehnat unumdorligi bir necha barobar oshadi. Isteʼmolchilarning ovqat tayyorlash vaqtini tejash imkoniyatini yaratib, boʻsh vaqtni koʻpaytirishga xizmat qiladi.
Umumiy ovqatlanish korxonalari orasida restoran, kafe, barlar asosiy oʻrinni egallaydi. Ularda ovkatlanish bilan birga madaniy dam olish, yubiley, oilaviy, toʻy tantanalari va boshqa marosimlar ham oʻtkaziladi. Mehmonxonalarda, aeroport, temir yoʻl vokzallari, avtobuslar st-yalari, poyezdlar va teploxodlarda joylashgan Umumiy ovqatlanish shoxobchalari yoʻlovchilarga, turistlarga xizmat koʻrsatadi. Umumiy ovqatlanish korxonalarida, albatta, pazandachilik sanʼati yetakchi oʻrinda turadi. Uzoq asrlar mobaynida Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda, asosan, choyxonalar Umumiy ovqatlanish joyi boʻlib kelgan. 19-asr oxiriga kelib Rossiya imperiyasi Oʻrta Osiyoni bosib olganidan keyin "Rivyera", "Parij", "Shimol" (Samarqand), "Regina", "Buffa", "Anona" (Toshkent) kabi restoranlarda faqat yuqori tabaqa vakillariga xizmat koʻrsatilgan. 1918-yilda Turkiston temir yoʻl ishchi va xizmatchilari uchun Toshkent, Qoʻqon, Aris, Xovas va boshqa joylarda ovqatlanish korxonalari ochilgan. Shu yilning oxirida ularning soni 80 taga yetgan. 1923— 24 ylarda mehmonxonalarda oshxonalar, dam olish joylari va bozorlarda kizil choyxonalar va kabobxonalar ochilgan.


Download 42.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling