1 Amaliyotni o‘tish to‘g‘risida asosiy ko‘rsatmalar


Ekskursiya xizmatlarini tashkil etish


Download 42,95 Kb.
bet8/25
Sana24.02.2023
Hajmi42,95 Kb.
#1226470
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Bog'liq
kundalikkkkk (1)

16

Ekskursiya xizmatlarini tashkil etish Hikoya qilish ham namoyish, ko`rsatish kabi ekskursiya jarayonining asosiy qismidir. Ular yordamida ekskursiyaning mavzu, maqsad va vazifalariga mos ob`yektlar haqida malumotlar beriladi. Hikoya qilish jarayoni ko`rsatishning ajralmas qismidir va unga bo`y sunadi, aynan shu bilan ekskursiya maruzadan farq qiladi. (maruzada illyustrativ materiallar ko`rsatish shart emas). Shuni yodda tutish kerakki, ekskursiya ob`yektlari haqida asosiy taassurotlarni, uning tarixiy, madaniy voqealar bilan bog`liqligini sayyohlar aynan hikoya qilish orqali bilib oladilar. Hikoya ham marshrutdan tashqari va aniq ob`yektlarsiz mavjud bo`lmaydi. Hikoya induktiv metod asosida yaralishi mumkin, yani xususiylikdan umumiylikka, kuzatuvdan xulosaga. Yoki deduktiv- yani umumiylikdan xususiylikka. Ekskursiya amaliyotida ko`pincha induktiv metoddan foydalaniladi, yani ko`rish ob`yektini tahlil qila turib, gid umumiy xulosalarga keladi. Ekskursiya maqsadiga erishish mavzularning to`liq yoritilishi hikoya qilishning to`g`ri tanlangan metodik usullariga bog`liq. Bu usullar ekskursiya malumotlari, oldindan sharhlash, tasvirlash, tushuntirish, sitatalardan foydalanish, adabiy montaj. Ekskursiya malumotlari- ob`yektlar haqida lo`nda, aniq harakteristikasi, faktlarning to`plamidir. Malumotda ob`yekt haqida faqat asosiy faktlar beriladi: nomi, qurilgan yili, muallifi, o`lchamlari... Ekskursiyaning bu metodik qo`llanmasida masalan, “Ostankino” minorasi haqida quyidagicha malumot beriladi: “Ostankino televizion minorasi, 1967 yilda qurilgan, balandligi 537metr, konstruktor N.Nikitin, memorlar A.Batalov va D.Burdin.”
Hikoya qilishning bunday metodik usulidan mazkur ob`yekt ekskursiya jarayonida ikkinchi darajali ob`yekt bo`lsa, foydalaniladi(sharhli, ko`prejali ekskursiyalarda).
Oldindan sharhlash- hikoya qilishning bunday metodik usuli sayyohlar boy, qiziqarli ekskursiya ob`yektlari to`plangan joyda kelib qolganlarida ishlatiladi.Bu yerda ob`yektlar shunchalik ko`pki sayyohlar u haqda tezroq bilishni istaydilar(Xivadagi Ichan-hal`a, Samarqanddagi al-Buxoriy majmuasi, Moskvadagi Qizil maydon). Bunday paytda gid ob`yektning nomi va u haqda qisqacha malumot berishi kifoya(bu ob`yekt texnologik xaritaga kiritilmagan bo`lishi ham mumkin).Bu bilan u sayyohlarning qiziquvchanligini(lyubopitstvo)tinchlantirib, marshrut bo`yicha yana ob`yektlarni hikoya qilaveradi.


Download 42,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling