1. Amir Temur davlatining tashqi siyosati. Amir Temurning Yevropa xalqlari oldidagi xizmatlari


Download 37.38 Kb.
Sana24.01.2023
Hajmi37.38 Kb.
#1115301
Bog'liq
Amir temur 2 variant




2-variant 
1. Amir Temur davlatining tashqi siyosati.
2. Amir Temurning Yevropa xalqlari oldidagi xizmatlari. 
3. 1996 yilda Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyining tashkil etilishi.
Ma'lumki, o‘zbek olimi Ibrohim Mo‘minov "Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli" asarida Sohibqiron faoliyatini ikki bosqichga — Turonzaminda mustakil davlat tuzish va xorijiy mamlakatlarni fath etishga yo‘naltirilgan davrlarga bo‘lib o‘rganishni tavsiya etgan edi. Nazarimizda, Sohibqiron davlatining tashqi siyosatini tahlil etishda ham ana shu mezondan kelib chiqish ma'qul ko‘rinadi. Chunki, tarixda tarkib topgan har qanday davlatning tashqi siyosati va uning xorijiy munosabatlari uning ichki siyosatining bevosita davomi sifatida namoyon bo‘ladi. Shunday ekan, Amir Temur davlati diplomatik aloqalari ham u yuritgan umumiy siyosatning ajralmas va uzviy bir qismi sifatida maydonga chiqqan hamda amalga oshirilib kelingan.
Amir Temur faoliyatining 1370 - yilgacha bo‘lgan davri, asosan, Movarounnahrni 150 yildan ortiqrok davom etgan mo‘g‘ullar zulmidan ozod qilish, bu yo‘lda uchragan barcha to‘siqlarni yengib o‘tish va Turonzaminda mustaqillik bayrog‘ini barqaror etish bilan belgilanadi. Bu vaqt ichida Sohibqiron ana shu asosiy maqsadni ruyobga chiqarish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirdi. U juda katta aql-zakovat va ziyraklik bilan barcha og‘ir vaziyatlardan chiqa bildi. Amir Temurning bu davrda Movarounnahrdan tashqaridagi mamlakatlar hukmdorlari bilan olib borgan diplomatik muloqotlari shuni ko‘rsatadiki, uning jahongirlik siyosatidagi barcha masalalar asosan islom dini nuqtai nazariga asoslangan holda hal etishga qaratilgan. To‘g‘ri, ko‘pchilik hollarda Sohibqironning harbiy yurishlari islom mamlakatlariga nisbatan amalga oshirilgan. Gap shundaki, bunday hollarda musulmon hukmdorining hech qanday asos bo‘lmagan bir sharoitda boshqa musulmon davlatiga tajovuz qilishiga fatvo yo‘q. Ammo mo‘g‘ullar hukmronligi yillarida ko‘pgina musulmon sarhadlarida islom dinining oldingi mavqei susayib qolgan, chunki majusiy mo‘g‘ul hukmdorlar (masalan, O‘rta Sharqdagi xulagiylar yoki Markaziy Osiyo sharqidagi jetalar) o‘z manfaatlari yo‘lida islom qonun- qoidalari bilan mutlaqo hisoblashmas edilar. Amir Temur davlat tepasiga kelgan vaqtda bu boradagi ahvol islom dini foydasiga o‘zgara boshlagan bo‘lsada, hali ko‘p nohiyalarda majusiylarning g‘oyaviy hayotdagi salbiy ta'siridan bo‘lgan norozilik bosilmagan edi. Sohibqiron bu ahvoldan o‘ziga tobe kuchlarni maqsad sari safarbar etishda va boshqa mamlakatlarga nisbatan uyushtirilgan harbiy yurishlarni oqlash uchun g‘oyat oqillik bilan foydalanadi. U olib borgan barcha jangu jadallar islom dinining g’orat etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, uning susayishiga o‘z xatti-harakati bilan sababchi bo‘lgan hukmdorlarni jazolash shiori ostida amalga oshirila boshlanadi. Islom dini daxlsizligini muhofaza qilish, bu boradagi qonun-qoidalarning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, uni tarqatish - Sohibqiron davlatining g‘oyaviy bayrog‘iga aylanadi. Amir Temur Movarounnahrni mo‘g‘ul istibdodidan ozod qilishda, so‘ngra buyuk imperiyani barpo etishda bir yarim asr davom etgan g‘ayridin mo‘g‘ullar hukmronligidan zada bo‘lgan mintaqalar uchun o‘sha davrda islom g‘oyasining birlashtiruvchi kuchga aylanishi mumkinligini to‘la anglagan holda harakat qiladi.
"Tajribadan ko‘rib bildimki, - deb ta'kidlagan edi u, - davlat agar dinu oyin (qoida) asosida qurilmas ekan, unday saltanatning shukuhi qudrati va tartibi yo‘qoladi". Uning dini islom sohasida yuritgan siyosati din peshvolari tomonidan kattiq qo‘llab-quvvatlandi, hatto ular Amir Temurga "bu yuz yillikda Muhammad dinining yangilovchisi shu kishi bo‘lg‘ay", degan fatvo ham berdilar.
Buyuk sohibqiron Amir Temurning markazlashgan davlat tuzish va uni mustahkamlash borasidagi faoliyatiga Oltin O‘rda va Oq O‘rda davlatlari katta xavf tug‘dirib turgan edi. Sharq va G’arb o‘rtasidagi savdo karvon yo‘llari ham ularning tasarrufida edi.
XIV asr 70-yillari o‘rtalaridagi Oq O‘rdadagi voqealar, Oq O‘rda xoni O‘rusxon va uning o‘g‘li Temurmalik, nonko‘r To‘xtamish bilan bo‘lgan janglar, Oltin O‘rdaning tor-mor etilishi Amir Temur davlatining markazlashgan holda mustahkamlanishiga imkon yaratdi.
Buyuk Amir Temur mohir sarkarda sifatida qattiq intizomga bo‘ysungan qo‘shin tuzdi. Ular o‘nlik, yuzlik, minglik, tumanlik asosida boshqarildi. Harbiy yurishlar vaqtida «oddiy askarlardan har 18 kishi o‘zi bilan birga bir chodir, xar biri ikki ot, bir kamon, bir sadoq o‘q, bir qilich, arra, bigiz, bir qop, bolta, o‘nta igna va bir charm xalta olishlari shart». qilib qo‘yilgan.
Sohibqiron uchun har bir askar jang qilish uslublarini yaxshi bilishi farz hisoblangan. U o‘z qo‘shiniga katta e’tibor berib, ular nizomni qat’iy bajarishi, jangda ayovsiz va dovyurak bo‘lishi, dushmanga yumshoq muomalali va adolatli bo‘lishi lozim deb hisoblagan. Ibn Arabshohning yozishicha, Temur askarlari ichida taqvodor, saxovatli, xudojuy kishilar ko‘p bo‘lgan. Ular bechoralarga xayru-ehson ko‘rsatish, boshiga og‘ir tashvish tushganda yordam qo‘lini cho‘zish, asirlarga yumshoq muomalada bo‘lish va ularni ozod etishga odatlanganlar.
Amir Temur armiyasida Amir Xo‘ja Sayfiddin, Amir Sulaymon Xash, Amir Oqbug‘a, Amir Soribug‘a, Amir Birandiq, Shayx Ali Bahodir, Temur Tosh, Baratxo‘ja, Amir Dovud Barlos, Amir Muayyad, Arlot kabi qo‘mondonlar xizmat qilganlar. Ayrim yurishlarda Amir Temurning o‘g‘illari va nabiralari ham qo‘shinga qumondonlik qilganlar.
1380-1382 yillarda Amir Temur Xuroson yerlarini bo‘ysundirib, Hirot, Astrobod, Domg‘on, Seiston va Mazandaronlarni qo‘lga kiritgan edi.
Amir Temur birinchi yirik yurishlarini Eron, Armaniston, Gurjiston va Iroqqa qaratdi. Eronning janubi-Isfaxonda hukmronlik qilib turgan muzaffariylar sulolasi, Iroq va Ozarbayjonda hukmronlik qilib turgan Elxoniylar Amir Temurga taslim bo‘ldilar. Armaniston va Gurjiston ham eg‘allandi.
1398 yili mayida Afg‘oniston va Hindistonga yurish boshlandi. Avgust oyida Qobul, 15 dekabrda esa Dehli eg‘allandi.
Amir Temur Misr va Suriya sultoni Barsuqning vafoti to‘g‘risidagi xabarni eshiitgach,1399 yil oktyabrida Misr sari yo‘l oldi. Barsuq o‘rnida taxtga o‘tirgan yosh sulton Faraj Sohibqiron qo‘shinlariga bas kelolmadi. 1402 yilda Suriya va Misr ham egallandi.
Bu paytda Turkiya sultoni Boyazid butun Yevropaga xavf solayotgan edi. Uning qo‘shini chaqmoqdek harakat qilib, o‘lkan g‘alabalarni qo‘lga kirita boshlagan edi. Shu bois ham Boyazidga «yildirim» (chaqmoq) laqabi berilgan edi. U 1396 yilda Yevropaning 100 ming kishilik armiyasi ustidan g‘alabaga erishadi. Jangda Yevropa ritsarlarining eng saralari halok bo‘ladi. Shu tufayli ham Yevropa davlatlari turklarga bas keladigan qudratli kuch deb, faqat Amir Temurni tanlagan edilar. Shu bois bu davlatlar Amir Temur davlati bilan harbiy, siyosiy va savdo munosabatlarini o‘rnatishga intilib, muntazam ravishda o‘z elchilarini yuborib turdilar. 1401 yilda Qorabog‘da turgan Amir Temur huzuriga Kastiliya qiroli Genrix III ning elchilari Payo de Satamayor va Don Ernon Sancheslar tashrif buyurdilar. Konstantinopol regenti Ionning elchilari Frensis va Aleksandrlar Boyazidga qarshi birgalikda kurashish taklifi bilan keladilar. Fransiya qiroli Karl VI ham shu taklif bilan murojaat qiladi. Venetsiya hukmdori esa Amir Temurga bu ishda flot bilan yordam berishga va’da qiladi.
Amir Temur bu qistovlar va va’dalarga e’tibor bermagan holda Boyazidga do‘stona maktub yo‘llab, o‘zining raqibi Qora Yusufni qaytarib yuborishni so‘raydi. Ammo Boyaziddan haqoratomuz javob oladi. Aynan mana shu haqorat ikki o‘rtada urush bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 1402 yilning iyulida Anqara yaqinidagi jangda Amir Temur 200 ming kishilik qo‘shin bilan Boyazid va uning qo‘shinlari ustidan g‘alaba qozonadi. Boyazid esa asirga olinadi.
Amir Temurning beg‘araz jahongir ekanligini yana shu joyda ko‘rish mumkin-ki, u to‘liq g‘alabaga erishgan bo‘lsa ham, Turkiyani o‘z davlatiga qo‘shib olmasdan, Boyazid o‘rniga uning o‘g‘lini sulton qilib qo‘yadi.
Amir Temur Anqara yonidagi g‘alaba tufayli «Yevropa xalaskori» nomini oldi. U Yevropani vayronlik va zulmdan saqlab qoldi.
Bu g‘alaba Amir Temur qo‘shinlarining juda katta va buyuk g‘alabalaridan biri bo‘lib, u Temur harbiy nazariyasi, taktikalarining beqiyos tantanasi bo‘ldi. Samarqand va Yevropa mamlakatlari o‘rtasida diplomatik va savdo aloqalarining o‘rnatilishi va kengayishi ham ana shu davrdan boshlandi.
Amir Temur o‘sha davrda muhim mavqega ega bo‘lgan Xitoyni ham bo‘ysindirishni birdan-bir maqsad qilib qo‘yib, ana shunga puxta tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Bir necha yilgi puxta tayyorgarlikdan so‘ng 1404 yilda o‘z maqsadini amalga oshirish uchun 200 ming jangavor qo‘shin bilan Xitoy tomon yurish boshladi.
Ana shu tariqa Amir Temur o‘zining uch yillik (1386-1388), besh yillik (1392-1398), yetti yillik (1399-1405) yurishlari davomida Ozarbayjonda jaloyirlar, Sabzavorda sarbadorlar davlatini, Hirotda kurdlar davlatini tugatib, Eron va Xurosonni, Hindiston, Suriya va Misr yerlarini egallaydi.
Ammo u 1405 yilning 18 fevralida jangavor yurish chog‘ida O‘tror shahrida kasallanib vafot etdi. Shu tariqa Sohibqironning buyuk Xitoyni qo‘lga kiritish rejasi amalga oshmay qoldi.
Jahongir Amir Temur o‘z faoliyati davomida ko‘p janglar qildi va bu janglar natijasida Qora, Egay va O‘rta Yer dengizlaridan to Hindistonning sharqi, Mo‘g‘uliston, Xitoygacha, Urol tog‘lari, Moskva ostonalari va Dnepr bo‘ylarigacha bo‘lgan hududni zabt etdi.
Amir Temur o‘z harbiy yurishlari natijasida 27 mamlakatni o‘ziga bo‘ysundirdi.
Shu tariqa Amir Temur buyuk saltanatga asos solib, feodal tarqoqliklarga, tinimsiz davom etayotgan urush, janjallarga barham berdi va nihoyat shu saltanatda osoyishtalik o‘rnatdi.
Amir Temurning mustaqil markazlashgan davlat harbiy doktorina-sining ishlab chiqqanligi uning buyuk sarkardaligidan dalolatdir. Buyuk sarkardaning harbiy san’ati sirlarini, uning harbiy saboqlarini mustaqil O‘zbekistonimizda va hatto boshqa yirik mamlakatlarda o‘rganilishi fikrimizning isbotidir.
2. XIV asrning oxirida Yevropa davlatlari juda tang ahvolga tushib qoldi. Usmoniy turklar davlatining hujumi xavfiga yetarli tarzda javob qaytara olmasligini bilgan Yevropa qirollari va Rim papasi yordam koʻzini Sharqqa, Amir Temurga qaratdilar. Uning shaxsiga va hukmronligiga qiziqish ortib bordi. Qirollar va Rim papasi Amir Temur bilan yozishmalar olib bora boshladilar. Sohibqiron huzuriga elchilar va sayohatchilar yuborilib, uning eʼtiborini jalb qilishga harakat kuchaydi. Amir Temur huzurida boʻlgan va u bilan muloqot qilgan elchilar, uning harbiy yurishlari guvohi boʻlgan sayyoh va savdogarlarning Amir Temur haqidagi kitoblari yevropaliklarda katta qiziqish uygʻotdi. Shu tarzda XV asrdan boshlab Temur va uning davlati haqida Yevropada bir necha tarixiy manbalar yaratildi. Ularning orasida elchi va monax Ioann Grinlo, savdogarlar Paole Zane, Beltramus de Mignanelli va Emmanuil Pilotti, ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixo, asirga tushgan nemis askari Yoxannes Shiltberger xotiralari muhim ahamiyat kasb etadi.
Aytib oʻtish kerakki, XIV asrning oxiri — XV asr boshlarida Yevropada toʻplangan Amir Temur, uning saltanati, qoʻl ostidagi yerlari, qoʻshini, urush olib borish uslublariga oid maʼlumotlar nashr etish maqsadida emas, balki Yevropa qirollari va Rim papasi uchun toʻplangan boʻlib, asosan maxfiy hujjatlar hisoblangan. Shuning uchun ham bu maʼlumotlar asrlar davomida oʻrganilmagan va qoʻlyozma holatida qolib ketgan.
Rim papasi va Frantsiya qiroli Karl XVning elchisi Ioann Grinlo Amir Temur suhbatlarida ishtirok etgan, uning saltanatini oʻz koʻzi bilan koʻrgan va bu haqda asar yozgan yevropalik birinchi muallif hisoblanadi. U 1401 yilning avgustida Amir Temur bilan uchrashadi. Grinloning asari "Temur va uning saroyiga oid xotiralar", deb ataladi. Bu asar frantsuz va lotin alifbosida yozilgan boʻlib, 23 bobdan iborat. Asarda muallif Amir Temur taxtga chiqqan vaqtdan boshlab 1402 yil avgust oyigacha boʻlgan voqealar haqida imkon qadar maʼlumot berishga harakat qilingan.
Emmanuil Pilotti 22 yil davomida Misrda yashagan, arab tilini mukammal bilgan Misr sultoni Farajning yaqin kishisi boʻlgan. U Amir Temurning Damashq yurishi haqida maʼlumotlar toʻplagan. Uning Amir Temur haqidagi maʼlumotlari Venetsiya arxivida saqlanadi va haligacha nashr qilinmagan.
Paole Zane esa 1400 yilda Venetsiyaning Damashqdagi konsuli boʻlgan. U Venetsiya senatining topshirigʻi bilan Amir Temur haqida maʼlumotlar toʻplagan. Uning maʼlumotlaridan iborat yigʻma jild ham haligacha Venetsiya arxivida saqlanmoqda va chop etilganicha yoʻq.
Italiyalik savdogar Beltramus de Mignanelli tomonidan yozilgan "Temurlang hayoti" asari muhim manbalardan biridir, chunki bu asar shaxsan muallifning koʻrganlari asosida yozilgan. Beltramus de Mignanelli uzoq muddat davomida Damashqda yashab, u yerda katta mulk va obroʻ orttiradi. Amir Temur Damashqni egallaganda u shaharda boʻlgan va voqealarni shaxsan ishtirokchisidir.
Anqara va Smirnaning olinishi haqidagi haqqoniy maʼlumotlarni ham toʻplagan. Asar 1416 yilda lotin alifbosida yoziladi. 1764 yilda asarning Venadagi milliy kutubxonada saqlanayotgan qoʻlyozma nusxasi Stefan Bazilius tomonidan nashr qilinadi. Amir Temur yurishlaridan juda katta zarar koʻrganligiga qaramay muallif voqealar rivojini haqqoniy tarzda yoritib bergan.
Esdalik va asarlar orasidagi eng qimmatbaho manbalardan biri ispaniyalik elchi Rui Gonzales de Klavixo kundaliklari hisoblanadi. Rui Gonzales de Klavixo badavlat oiladan chiqqan, otasi ham, oʻzi ham saroydagi nufuzli amaldorlardan boʻlgan.
Klavixo 1404 yilda Leon va Kastiliya qiroli Genrix III (1390-1406)ning topshirigʻi bilan Samarqandga keladi. Unga Alfonso Paes de Saita Mariya va Gomes de Salazar hamroh boʻladilar. Uning asari "Samarqandga, Temur saroyiga sayohat kundaligi" deb ataladi. Klavixo kundaliklari ikki qismdan iborat boʻlib, birinchisida elchilarning Samarqandgacha boshidan oʻtkazgan voqealari, turli hududlar tabiati, xalqlari turmushiga oid maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Ikkinchi qismda muallif Kesh va Samarqandda Temur saroyidagi uchrashuvlarni tasvirlaydi. De Klavixo mamlakat, saroy, xalq va uning turmushi haqida ajoyib va takrorlanmas maʼlumotlar beradi.
Bugungi kunda Rui Gonzales de Klavixo kundaliklarining asl nusxasi Madriddagi Milliy kutubxonada saqlanadi. Birinchi marta kundalik Sevilyada noshir Argote de Molina tomonidan «Buyuk Temurlang hayoti, uning imperiyasi yerlari bilan» nomi bilan 1582 yilda nashr qilingan. Klavixo kundaliklari ilk marta I.I. Sreznevskiy tomonidan 1881 yilda Peterburgda rus tiliga tarjima qilinib, chop etilgan. Oʻzbek tiliga taniqli adabiyotshunos olim, professor Ochil Togʻayev tomonidan tarjima qilingan. Albatta, Temur davri manbalari orasida eng beqiyos — bu Amir Temurga yevropalik qirollar tomonidan yuborilgan maktublar va ularga joʻnatilgan javob xatlaridir. Amir Temurning Frantsiya qiroli Karl VIga, Angliya qiroli Genrix IVga yuborgan maktublari uning tashqi siyo-sati va diplomatik sanʼati toʻgʻrisida fikr yuritishda katta yordam beradi. Amir Temurning Karl VIga yuborgan maktubi 1996 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Frantsiyaga rasmiy tashrifi chogʻida Frantsiya Prezidenti Jak Shirak tomonidan tuhfa qilingan boʻlib, bugungi kunda maktub Toshkentdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyida saqlanadi.
Shu oʻrinda Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning quyidagi soʻzlarini keltirishni lozim topdik. "Buyuk shaxslarni tarix yaratadi. Amir Temur bosqinchi toʻdalarning Yevropa ichkarisiga qilayotgan harakatiga chek qoʻyganini, boshqa tajovuzkorlik yurishlarini uzoq muddatga toʻxtatib qoʻyishini hozir inkor qilib boʻlmaydi. Unga "Yevropaning xaloskori" degan ramziy unvon berilgani bejiz emas".
Bugungi kungacha Sohibqiron bobomiz tariximiz osmonidagi eng yorqin yulduzlardan biri hisoblanadi va albatta, bu har birimizda faxr tuygʻusini kuchaytiradi. Xalqimiz kelgusi avlodi ham u bilan gʻururlanishiga ishonchimiz komil.
3. O’zbekiston mustaqillikka erishgach keyingi tarixiy davrlar davomida jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalarida muhim o’zgarishlar sodir bo’ldi.Ona yurtimiz va uning o’tmishiga qiziqish yanada ortdi,ayniqsa,uning moddiy madaniyati bilan bog’liq bo’lgan muammolarga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlar olib borish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biriga aylandi.O’zbekiston mustaqilligining tantana qilinishi bilan o’zbek xalqining tarixini qaytadan yaratish,uni xolisona o’rganish,yosh avlodda tarixiy dunyoqarash va milliy g’ururni shakillantirish masalalari hayotimizning ajralmas qismiga aylandi.Yurtimiz tarixiga bo’lgan munosabat tubdan o’zgardi.Birinchi Prezident I.A.Karimovning ―Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q nomli asarida tariximizning dolzarb masalalari belgilab berildi. Ushbu asar tarixchi olimlarning vatanimiz tarixini to'liq va ob’ektiv yoritishlarida dasturi amal vazifasini bajaradi.
Bugunni bilish uchun o’tmishga nazar tashlamoq kerak.Qadriyatlarni belgilovchi mezon o’tmish yodgorliklari bo’lib ularga san’at, ma’naviy va moddiy boyliklar kiradi. Bu boyliklar har bir xalq tamonidan ardoqlanadi, mehr-muhabbat bilan o’rganiladi.
Ma’lumki, mustaqillik sharofati bilan muzeylar faoliyatiga alohida e’tibor berilib, ularni nafaqat respublika miqyosida, balki jahon miqyosida ahamoyati kuchayib bormoqda. Muzeylarning xalqaro maydonga chiqishi bilan ularning ta’siri doirasi kengayib, xalqaro madaniy aloqalarni o’rganishda milliy ma’naviyatning o’zaro boyishida va xalqlar o’rtasida hamfikrlikning rivojlantirishga katta hissa qo’shmoqda. Bunga ko’rgazmalar ayrboshlash birinchi o’rinda turadi. Mazkur ko’rgazma va ekspozitsiyalarning virtual ko’rinishlarini yaratish orqali moddiy va madaniy boyliklarni keng targ’ib qilish imkoniyati yaratildi.
Davlatimiz mustaqilligining birinchi kunlaridanoq asrlar davomida ajdodlarimiz yaratgan ulkan, bebaho ma`naviy va madaniy merosni tiklashga katta ahamiyat berildi. O’zbekiston xalqi o’z tarixini tiklash, haqsiz unutilgan nomlarni, jahon rivojlanishida muhim rol o’ynagan tarixiy shaxslarni yorug’likka chiqarish imkoniyatiga ega bo’ldi.
Mohir sarkarda va siyosatchi, islohotchi, savdo-sotiq, hunarmandchilik ilm- fan va madaniyat homiysi bo’lgan Amir Temur ana shunday shaxslar qatorida turadi.
Amir Temur markazlashgan davlatga asos solib, uning kuch-qudratini har tamonlama mustahkamlab va rivojlantirib, shon-shuhratini butun jahonga yoydi, buyuk saltanatning hukmdori sifatida millatlar va xalqlarni birlashtirdi. Uning davrida madaniyat, ilm-fan, me`morchilik, tasviriy san`at, musiqa, she`riyat yuqori cho’qqilarga ko’tarildi. Bir so’z bilan aytganda Temuriylar davri renessansiga asos solindi.
Ana shu tarixiy haqiqat mamlakatimiz birinchi prezidenti Islom Abdug’anievich Karimovni doimo to’lqinlantirib kelardi va shu bois yangi bir g’oya namoyon bo’ldi. Bu – buyuk bobokalonimiz xotirasini o’z ona tuprog’ida – O’zbekistonda abadiylashtirish g’oyasi edi.
Shunga asosan Prezidentimizning farmoni bilan 1996 yil Amir Temur yili deb e`lon qilindi va uning 660 yillik yubileyi respublikamizda keng nishonlandi. 1996 yilning 14 martida esa Temuriylar tarixi davlat muzeyi binosini barpo etish to’g’risida Vazirlar Mahkamasining qarori e`lon qilindi.
Birinchi prezidentimizning tashabbuslari bilan muzey binosi qisqa vaqt ichida bitkazilib, 1996 yilning 18 oktyabridan foydalanishga topshirildi. O’zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti S.G’ulomov, Temuriylar tarixi direktori N.Habibullayev, tarix fanlari doktori A.Ahmedov va boshqalar mamlakatimizda istiqlol yillarida birinchi prezidentmiz Islom Karimov tashabbuslari bilan ma’naviv –marifiy jabhada olib borilayotgan islohatlar jarayonida tariximizni teran tadqiq etish, ulug’ siymolarning hayoti va faoliyatini xolisona o’rganish va xalqimizga yetkazishga qaratilayotgan e’tibor yuksak samara berayotganini alohida ta’kidladilar.
Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, bugungi kunda yurtimizda va xorijda Amir Temur va temuriylar davri tarixini o’rganishga e’tibor tobora kuchayib borayotir.
Mamlakatimiz olimlarining ana shunday say- harakatlari samarasida Nizomiddin Shomiyning ―Zafarnoma‖ va Sharafiddin Ali Yazdiyning ―Zafarnoma‖, Ibn Arabshohning ―Amir Temur tarixi‖ kabi asarlari chuqur tadqiq etilib, o’quvchilar e’tiboriga hayola qilindi.‖Amir Temur jahon tarixida‖ kitobi o’zbek, rus fransuz va ingliz tillarida nashr etildi. O’zbekiston Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik inistituti qo’lyozmalari saqlanayotgan tarixga oid asarlar haqidagi ma’lumotlar jamlangan Sharq qo’lyozmalari katoligi bu borada o’ziga xos qo’llanma bo’lib xizmat qilmoqda.
Temuriylar tarixi davlat muzeyi o’zining ulug’vorligi, temuriylar saltanatining misilsiz tarixiy obidalarga monand betakror memoriy yechimi bilan hamyurtlarimiz, hamkoru do’stlarimiz, xorijlik mehmonlar etiborini o’ziga tortib kelmoqda. Niliy gumbaz, uni ko’tarib turgan va kuch-qudrat ramzi bo’lgan ustunlar, binoning milliy memorchiligimiz an’analariga binoan ishlangan toq va ravoqlari, oltin suvi berib ziynatlangan naqshlar har qanday kishini lol qoldiradi. Temuriylar tarixi davlat muzeyi Amir Temur va temuriylar davri tarixini o’rganuvchi, xalqimizni boy madaniy-ma’naviy merosini asrab-avaylab kelajak avlodga yetkazuvchi, targ’ib qiluvchi ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy markaz hisoblanadi. Temuriylar tarixi davlat muzeyidagi eksponatlar bilan tanishgan har- bir vatandoshimiz qalbida xalqimizning shunday buyuk tarixi, ajdodlari borligidan faxirlanish hissi jo’sh uradi. Muzey ota-bobolarimiz, xalqimiz boy madaniyat yaratib, umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga naqadar ulkan hissa qo’shganini aks ettiruvchi ko’zgudir. Bu yerda tarixiy, madaniy, ma’rifiy fanlarning yetakchi yo’nalishlari bo’yicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan, ―Temuriylar davri renessansi‖mavzuidagi tadqiqot natejalari asosida ―Temuriylar davri madaniy yodgorliklari to’plamlari nashr etildi. Shohruhiya qal’a shahri-Amir Temur va temuriylar davrining noyob yodgorligi‖ mavzuidagi amaliy tadqiqotda Toshkent viloyatining Oqqurg’on tumani hududida joylashgan XIV asr yodgorligi- Shohruhiya qal’asi qoldiqlari o’rganildi. Qazishmalar natijasida ko’plab kulolchilik, misgarlik, zargarlik ashyolari topildi. Ular temuriylar davri harbiy san’atini o’rganishda muhim o’rin tutadi.
Ushbu maskanda turli ilmiy anjumanlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari muntazam o’tkazib turiladi. Bunday tadbirlarning asosiy ishtirokchilari navquron avlod vakillari ekanligi ahamyatlidir. Muzeyga tashrif buyurgan faxriy mehmonlar dasxatiga nazar tashlansa, ularning ushbu ma’daniy maskandagi ashyolar tarixini ajdodlarimizning dunyo tamaddudi rivojiga qo’shgan buyuk hissasini yaxshiroq bilish va tushinishga imkon berishni bod-bod takidlaganliklariga amin bo’lish mumkin. Kelgusida muzeyning temuriylar davri tarixini o’rganish va targ’ib etishga xizmat qiluvchi imkoniyatlarni yanada oshirish zarur. Shu ma’noda, muzey ekspozisiyasini temuriylar davri tarixiga oid yodgorliklar bilan yanada boyitish, chet eldagi muzeylar bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, jahon miqyosida o’zbek xalqi tarixi, ajdodlarimiz kuch-qudrati va bunyodkorlik salohiyatini namoyon etadigan ko’rgazmalar, xalqaro ahamyatga molik tadbirlar tashkil etishga doir tashabbuslarni ilgari surush asosiy maqsadimizdir. Amir Temur va temuriylar davrida ilm – fan, maorif va madaniyatning yuksak darajadagi taraqqiyotini haqqoniy aks ettirish va keng targ’ib qilish, chuqur insonparvarlik ruhi bilan sug’orilgan tarixiy yutuqlarimiz va an`analarimiz asosida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va milliy istiqlol g’oyasini singdirish.
Nazirov Mahmud Xasanjon o’g’li 4-kurs Tarix yo’nalishi


Download 37.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling