Karyer avtosamosvallari kuzovi (yuk platoformasi) kabina usti yoping‘ichi,
rama ustini
qoplovchi va orqaga ko‘tarilgan yuk tushiruvchi qismlarning o‘zaro
payvandlangan metall
platformasidan tashkil topgan.
Karyer yuk avtosamosvallarida eng ko‘p tarqalgan kuzov turi V –
shaklli kuzov
formasidir. Bu shakldagi forma kuzov balandligi kamayishini va avtomobil og‘irlik
markazini
ta’minlaydi.
Kuzov lonjeron
shaklga keltirilgan asos, yon va bortdan iborat. Kuzov tag qismi 18-25 mm.li
plita ko‘rinishida ishlangan. Kuzovning orqa borti odatda yo‘q bo‘lib,
u yengil yuklarni
tashishga mo‘ljallangan avtosamosvallarda (masalan, ko‘mir tashishda) zarur bo‘ladi.
Kuzov
ramaga rezinali amortizatorlar yordamida o‘rnashadi.
Nazorat savollari:
1. Kar’yer avtosamosvallari qanday mexanik
qismlardan tashkil topgan;
2. Kar’yer avtosamosvallarida qanday transmissiya turlari ishlatiladi.