1. Axborot tizimlari tushunchasi Biznesda axborot tizimlari. Axborot tizimlarning turlari Axborot tizimlari tushunchasi «Tizim»
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza
mahsulotlari va xizmatlari sanaladi. YA’ni axborot-kommunikatsiyalar
texnologiyasi yordamida foydalanuvchilarga koʻproq axborot xizmatini koʻrsatish lozim. Axborot mahsulotlari mutaxassislar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Axborot xizmatlari - bu foydalanuvchilarning talablariga mos ravishda qaerda boʻlishlaridan qatьiy nazar axborot mahsulotlariga kirish, zarurlarini qidirish va takdim etishni ta’minlash demakdir. Axborot xizmati turlarining vujudga kelishi axborot mahsulotlariga boʻlgan talabni yuksaltirib yubordi. CHunki ular foydalanuvchilarning shaxsiy talabidan kelib chiqqan holda ma’lumotlarni taklif qila boshlashdi va bu bilan ishlab chiqaruvchilar hamda foydalanuvchilarning axborot modellarini yaqinlashtirishga imkon yaratdi. SHunday qilib, axborot xizmatlari axborot mahsulotlar qatorida zamonaviy axborot- kommunikatsiyalari texnologiyasi asosiy tavsiflovchilaridan boʻlib hisoblanadi. Telekommunikatsiya vositalari asosida ma’lumotlar bazasiga tezkor kirishning amalga oshganligi, interaktiv xizmatlar industriyasining jadal rivojlanishiga va axborot iste’molchilariga yangi imkoniyatlarni yaratib berdi. Axborotlashtirish jarayonlari rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyotiga faol ta’sir eta boshlagan 1970 yillar boshida bu sohada tub oʻzgarishlar yuz berdi. Dunyoda 1990 yillar boshida ma’lumotlar bazasiga kirishga imkon beruvchi yuzdan ortiq interaktiv xizmatlar mavjud edi. AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya va YAponiyada oxirgi yillarda «on-line» (real vaqt birligida ishlash) xizmatlari industriyasi iqti-sodiyotning axborot tarmog’idan mustahkam oʻrin egalladi. Ommaviy foydalanuvchilar uchun moʻljallangan «on-line» tarkibiga kiradigan ma’lumotlar bazasi 1979-1988 yillar oralig’ida 40 tadan 4000 tagacha etdi. Hozirgi kunda ularning soni 5000 dan ortib ketgan. Bozor munosabatlari axborot mahsulotlarining yangiligi, ishonchliligi va toʻliqligi darajalariga yuqori talablar qoʻymoqda, chunki busiz samarali marketing, moliya-kredit va investitsiya faoliyatini yuritish mumkin emas. Dunyo miqyosida axborot xizmatlarining shakllanishi 50-yillar boshiga toʻg’ri keldi. SHu bilan birga dunyodagi rivojlangan mamlakatlar bozorida asosan akademik, professional, davlat korxonalari, oʻquv yurti, ilmiy-texnika jamiyatlari notijorat axborot xizmatlarini takdim etishdi. Bir vaqtning oʻzida tijorat axborot xizmatlari ham shakllana boshlandi. 1970 yillar oʻrtalariga kelib ma’lumotlarni uzatishning milliy va global tarmoqlarining tarkib topishi, foydalanuvchilarga uzoq masofada joylashgan ma’lumotlar bazasiga kirib muloqjt asosida kerakli axborotni qidirishga imkon yaratib berdi. Axborot mahsulotlarining koʻp qismini iqtisodiy axborot egallay boshladi. Ushbu davrda foqdalanuvchilarga tijorat asosida xizmat koʻrsatadigan axborot vositachilari keng faoliyat koʻrsata boshladi. 1980 yil boshlariga kelib axborot xizmatlari bozorida ma’lumotlar bazasini optik disklarda taklif etadigan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda telematn va videomatn xizmatlarini keng koʻlamda koʻrsatuvchi axborot markazlari paydo boʻla boshladi. SHu vaqtning oʻzida ma’lumotlar bazasini shakllantirish yoʻlida axborot xizmatlari, yirik nashriyotlar va tadqiqot firmalari oʻz ishlarini boshladi. Axborot xizmatlariga boʻlgan talab darajasining oʻsib borishi, ularning yuqori darajadagi rentabelligi ushbu biznes sohasida hisoblash texnikalari ishlab chiqarayotgan firmalar, nashriyotlar va davlat tashkilotlarining tadbirkorlik faoliyatini kuchaytirib yubordi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning markazdan uzoqda joylashgan rayonlarida axborot va telekommunikatsiya xizmatlari darajasining oʻsib borishi aniq ijtimoiy va iqtisodiy foyda olishga zamin yaratmoqda. Interaktiv xizmatlar tarmoqlarga kirishga imkon boʻlgan fermerlar bozordagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari narxlari haqida aniq axborotga ega boʻlishga; qishlok sharoitida yashayotgan kishilar esa teletibbiyot vositalari asosida shaharlik vrachlar maslahatlarini olish va qishloq bolalari axborot tarmoqlari asosida oldin ololmagan bilimlarga kirib, zarurlarini tanlab olish va foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishmokda. Bizning mamlakatimizda ham shunday imkoniyatga erishish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim: a) milliy iqtisodning turli tarmoqlariga xususiy investitsiyalarni jalb qilishni rag’batlantirish; b) barcha axborotdan foydalanuvchi va ularni etkazib beruvchilarga global kompyuter tarmog’iga erkin kirishlariga imkon yaratish; v) axborot-kommunikatsiyalar bozoridagi dinamik oʻzgarishlarga moslashadigan me’yoriy-huquqiy bazani tarkib toptirish; g) taqdim etilayotgan xizmatlarning xilma-xilligini ta’minlash; d) intellektual mulk huquqini himoya qilish. Axborot-kommunikatsiyalar bozoriga oʻz mahsulotlari bilan turli xildagi tashkilotlar, davlat agentliklari, tijorat firmalari, savdo assotsiatsiyalari va notijorat korxonalar ham chiqishi mumkin. Oʻzining axborot-kommunikatsiyalar infratuzilmasini shakllantirgan mamlakatlargina global iqtisodga kirib borishi mumkin. Ushbu jarayonlarga toʻsqinlik qilgan mamlakatlar esa butun ishlab chiqarish faoliyatiga, tadbirkorlarga va umuman jamiyat rivojiga turli shaklda zarar keltirishi mumkin. SHuning uchun ham koʻpgina mamlakatlar zamonaviy ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi yoki axborot- kommunikatsiyalar texnologiyalarini keng koʻlamda qoʻllashga qaror qildi. CHunki ular qoʻshimcha ish joylarini tashkil etish va xodimlarni qayta tayyorlashda chet el investitsiyalarini jalb qiladigan «yadro» boʻlib xizmat qiladi. Koʻpgina mutaxasisslar telekommunikatsiya industriyasini keng rivojlantirish kerakligi haqida fikr-mulohazalar berishmokda, lekin bu jarayon katta moliyaviy mablag’larni talab qiladi. Butunjahon banki hisob-kitoblariga qaraganda, XXI asr boshlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari kerakli axborotni yig’ish, uzatish, qayta ishlash va taqdim etish uchun zarur boʻlgan butunjahon axborot infratuzilmasini barpo etishga har yili 60 mlrd. AQSH dollari kerak boʻladi. Jahon amaliyoti tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, ishlab chiqarish sohasida mehnat resurslarining kundan-kunga axborot tarmog’iga koʻchib oʻtish ten- dentsiyasi ortib bormokda. 1990 yil oxiriga kelib AQSH ning barcha mehnat bilan band aholisining yarmi, ya’ni 60-70 mln. kishi axborotni yig’ish, qayta ishlash, saqlash, tarqatish va interpretatsiya qilish bilan mashg’ul boʻlgan. G’arb iqtisodchilari axborot mahsulotlariga erkin kirishni erkin raqobat bilan bir qatorga qoʻyadilar. Axborot mahsulotlari va xizmatlari bilan bog’liq boʻlgan faoliyatning jahon yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromaddagi ulushi 10 % ni tashkil qilayotgani, shuning 90 % i AQSH, YAponiya va G’arbiy Evropa mamlakatlariga toʻg’ri kelayotgani bejiz emas. Axborot asri ish joylarini zamonaviy hisoblash vositalari bilan jihozlash va tadbirkorlik muhitidagi iste’molchilarga aloqa xizmatlaridan joriy darajada foydalanishga imkoniyat yaratib berishi lozim. CHunonchi: a) har bir inson er sharining hoxlagan nuqtasidan turib ishdami, uy sharoitida yoki transportdan turib boshqa kishi bilan ulanish imkoniyatiga ega boʻlishi; b) uzatilayotgan axborot turining qanaqa boʻlishidan qat’iy nazar «bir kishi - boshqa kishi bilan» turidagi aloqaning amalga oshishi; v) kengash a’zolarining hohlagan shahar yoki mamlakatda boʻlishidan qat’iy nazar konferentsiya, ishbilarmonlik kengashlarini oʻtkazish imkoniyati; g) ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bankidagi turlicha axborotga kirish imkoniyatining tug’ilganligi; d) uydan turib tibbiy yordam, koʻrsatishning mumkinligi; e) elektron pochta va axborotni faksimil aloqa asosida uzatish. SHunday qilib, jamiyatimizning barcha jabhalarida axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini qoʻllash iqtisodiy oʻsish, mehnat unumdorligini yuksaltirish va aholi bandligini ta’minlash borasida katta imkoniyatlar tug’diradi. SHuningdek, mamlakatni axborotlashtirish darajasi uning iqtisod borasidagi raqobatbardoshligini va qudratini baholashning oʻlchovi boʻlib xizmat qiladi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling