1. Axborot tizimlari tushunchasi Biznesda axborot tizimlari. Axborot tizimlarning turlari Axborot tizimlari tushunchasi «Tizim»
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza
3.
Axborot tizimlarining turlari. Axborot tizimlari (AT) ma’lum kriteriyalarga koʻra bir nechta turlarga ajratiladi. Avtomatlashtirish darajisiga koʻra axborot tizimlari qoʻlda bajariladigan avtomatlashtirilgan va avtomat tizimlarga boʻlinadi. Koʻlda bajariladigan AT xamma qayta ishlash operatsiyalari inson tomonidan bajarilishi bilan xarakterlanadi. Avtomatlashtirilgan AT - ma’lumotlarni boshqarish yoki qayta ishlash funksiyasining bir qismi avtomat tarzda ikkinchi bir qismi inson tomonidan bajariladi. Avtomat AT - ma’lumotlarni boshqarish va qayta ishlashning barcha funkstiyalari inson qatnashuvisiz (masalan, texnologik jarayonlarni avtomat ravishda boshqarish) amalga oshiriladi. Qoʻllanish soxasiga koʻra: Ilmiy izlanishlar (tadqiqot )ni avtomatlashtirish; Avtomatlashtirilgan loyixalashtirish; Tashkiliy- boshqaruv; Texnologik jarayonlarni boshqarish; kabi turlarga boʻlinadi. Ilmiy AT ilmiy xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish, statistik axborotni taxlil etish, tajribalarni boshqarish uchun moʻljallangan. Loyixalashtirishni avtomatlashtirish AT yangi texnika ishlab chiqaruvchilar va muxandis loyixachilar mexnatini avtomatlashtirish uchun moʻljallangan. Tashkiliy boshqarishning AT - shaxslar funkstiyalarini avtomatlashtirish uchun moʻljallangan. Bu sinfga xam sanoat (korxona) xam nosanoat ob’ektlari (bank birja, sugurta kompaniyasi) va ayrim offislar(ofislar tizimlari)ni boshqarishning axborot tizimlari kiradi. Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot tizimi turli texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun moʻljallangan (metallurgiya, energetika). Xar qanday axborot tizimining ishlash jarayonini quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin. Axborot tizimining apparat va dasturiy qismi Qoʻllash soxasidan qat’iy nazar, axborot tizimlari ma’lumotlarini qayta ishlashning deyarli barcha tizimlari taminlash turlari deb ataladigan tarkibiy qismlar toʻplamini oʻz ichiga oladi. Ularni dasturiy texnik, xukukiy, axborot tashkiliy matematik va lingvistik ta’minotlarga ajralishi qabul kilingan. Axborot taminoti - axborot tizimlari ichki mashina axborot bazasini yaratishni tasniflash va kodlashtirish tizimlari xujjatlashtirishning unifikastiyalashgan tizimlari, xujjat aylanmasi va xujjatlar shakli uslublarini rastional xolga keltirishni oʻz ichiga olgan axborotni joylashtirish va tashkil kilish buyicha uslublar va vositalar yigindisidir. Dasturiy ta’minot - xisoblash texnikasi vositasida ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yig’indisidir. Texnik ta’minot ma’lumotlarini kayta ishlash tizimini funktsiyalashtirish uchun qoʻllanuvchi texnik vositalar kompleksidir, u ma’lumotlarni qayta ishlovchi namunaviy operastiyalarni amalga oshiruvchi qurilmalarni oʻz ichiga oladi. Xuquqiy ta’minot axborot tizimini yaratish va funkstiyalashtirishni tartibga soluvchi xuquqiy meyorlar yig’indisini oʻzida namoyon etadi. Axborot tizimini qayta ishlashning xuquqiy ta’minoti AT buyurtmasiga va tayyorlovchi oʻrtasidagi shartnomaviy oʻzaro munosabatlar meyoriy aktlari, chetga chiqishlarining xuquqiy tartibga solinishini oʻz ichiga oladi. Lingvistik ta’minot inson va EXM muloqotini ishlab chiqarish va ta’minlash samaradorligini oshirish uchun ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va foydalanishning turli bosqichlarida ishlatiladigan til vositalari yig’indisini oʻzida namoyon etadi. Axborot tizimlarini xayotda qoʻllab qanday natijalar olish mumkin Matematik metod va intellektual tizimlarni qoʻllab, boshqarishning optimal variantlarini olish. Tizimni avtomatlashtirish natijasida ishchilarning vazifalarini engillashtirish. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling