1. Axborot tizimlari tushunchasi Biznesda axborot tizimlari. Axborot tizimlarning turlari Axborot tizimlari tushunchasi «Tizim»
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza
Strategik axborot tizimi — tashkilotning strategik istiqbolli maqsadlarini
amalga oshirishga oid qarorlar qabul qilishni qoʻllab-quvvatlovchi kompyuter axborot tizimidir. Axborot tizimlarining yangi sifatlari hattoki firmaning strukturaviy tuzilishi, uning mahsulot ishlab chiqarish yoʻnalishlarini oʻzgartirib, gurkirab rivojlanib ketishiga ta’sir koʻrsatgani haqida ma’lumotlar koʻpgina. Biroq shunday salbiy holatlar ham kelib chiqqanki, axborot tizimi joriy etilishi natijasida shtatlar soni qisqartirilishi, firmadagi ruhiy holatning oʻzgarishi kuzatilgan. Iste’mol bozorida mahsulot ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan, oʻzining raqobatchilariga ega boʻlgan firma faoliyati misolida strategik axborot tizimlarining sifatini koʻrib chiqaylik. Bunday sharoitlarda firma raqobatchilaridan oʻzib ketishi kerak. Strategik axborot tizimidan foydalanish bunday vaziyatlarda nimalarni beradi? Bunday savolga javob olish uchun, firmaning tashqi muhit bilan aloqalarini tushunib olish kerak. Firma faoliyatiga quyidagi tashqi omillar ta’sir koʻrsatadi: bozorda oʻz siyosatlarini yuritayotgan raqobatchilar; tovar xarid qilish va xizmatlardan foydalanish boʻyicha turli imkoniyatlarga ega boʻlgan xaridorlar; mahsulot ishlab chiqarishda xom-ashyo va butlovchi qismlar yetkazib beruvchi ta’minotchilarning narxlar boʻyicha siyosati. Firma raqobatda yutib chiqib, bozorda oʻzining siyosatini yuritishi uchun quyidagi omillarga e’tibor qaratishi va strategiyalarga amal qilishi zarur: bozorda mavjud boʻlgan tovarlardan farq qiladigan, yangi tovarlar va xizmatlarni yaratish; firmaning tovar va xizmatlari sifati boshqa raqobatchi firma tovarlari va xizmatlaridan tubdan farq qiladigan, afzalligi e’tirof etiladigan yangi bozorlarni va sharoitlarni izlab topish; firma oʻzga xaridorlar va ta’minotchilarni izlab topib, ularga murojaat qilishidan koʻra har xil aksiyalar asosida muqim xaridorlar va ta’minotchilarni oʻziga biriktirib olishi; mahsulot sifatini pasaytirmagan holda uning narxini tushirish. Strategik boʻg‘in axborot tizimlari yuqori zvenodagi boshqaruvchilar uchun strukturalashtirilmagan masalalarning yechimini olish, uzoq muddatli rejalashtirish ishlarini bajarish imkonini beradilar. Asosiy masala – firmaning yoki tashkilotning tashqi muhitdagi holatni tahlil qilish va solishtirishi asosida ichki imkoniyatlari va zahiralarini baholash. Ular tasodifan yuzaga keladigan vaziyatlarni hisobga olishda, nostandart vaziyatlarda qarorlar qabul qilishda kompyuter va telekommunikasion qaror qabul qilishning umumiy muhit yaratishlari kerak. Eng soʻnggi takomillashtirilgan dasturlardan foydalanib, bunday tizimlar ixtiyoriy vaqtda koʻpgina manbalardan zarur axborotlarni yetkazib berishlari mumkin. Ba’zi strategik axborot tizimlari uchun chekli analitik imkoniyatlar mavjud. Ushbu tashkiliy boʻg‘inda axborot tizimlari yordamchi rolni oʻynaydilar va ulardan menejer tomonidan qaror qabul qilish uchun zarur axborotlarni operativ tarzda yetkazib berishda foydalanadilar. Hozirgi strategik axborot tizimlaridan koʻp rejalilik, koʻp funksiyaviylik sharoitida foydalanilayotgan bir paytda ularni yaratishning umumiy tamoyillari hali ishlab chiqilmagan. Bu masala borasida ikki xil nuqtai-nazarlar mavjud: birinchisi - dastlab maqsadlar va ularga erishishning strategik yoʻllarini aniqlab olish kerak, soʻng esa axborot tizimlarini unga moslashtirish kerak; ikkinchi nuqtai-nazar - tashkilot strategik axborot tizimlaridan oʻz maqsadlarini aniqlashda va strategik rejalashtirishni amalga oshirishda foydalanishi mumkin. Lekin kelajakda bu ikki nuqtai-nazarning umumiy sintezi asosida strategik axborot tizimlarini yaratish yaxshi samara berishi e’tirof etilmoqda. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling