Eng toʻg’ri axborotga ega boʻlish.
Axborotlarni qog’ozda emas balki magnit yoki optik disklarda saqlash
Maxsulot ishlab chiqarish sarf xarajatlarnini kamaytirish.
Foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish.
Axborot tizimlarida boshqaruv tuzilmasining oʻrni
Axborot tizimi jamiyat va xar bir tashkilot uchun quyidagilarni bajarishi lozim:
1. Axborot tizimining tuzilmasi va uning qoʻllanilish maqsadi, jamiyat va
korxona oldida turgan vazifa bilan toʻg’ri kelishi kerak. Masalan;
tijorat
firmasida – foydali biznes, davlat korxonasida ijtimoiy va siyosiy vazifalarni
bajarishi kerak.
2. Axborot tizimi inson tomonidan boshqarilishi va ijtimoiy etika prinstiplari asosida
foyda keltirishi kerak.
3. Toʻg’ri, kafolatli va oʻz vaqtida axborotlarni mijoz yoki tizimlarga etkazishi
lozim.
Axborot texnologiyalari yordamida raqobat.
Strategik axborot tizimlari
Har qanday tashkilotning istiqboli va kelajagi qabul qilingan strategiyaga bog‘liq.
Strategiya
deganda istiqbolli, uzoq muddatga moʻljallangan masalalarni yechishga
yoʻnaltirilgan metodlar va vositalar toʻplami tushuniladi.
Ushbu tushuncha bilan “strategik metod”, “strategik vosita”, “strategik tizim” va shu
kabi tushunchalarni ishlatish mumkin. Hozirgi vaqtda firmaning
rivojlanish va istiqbolli
strategiyasi masalalarida axborot tizimlarining oʻrniga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday
axborot tizimlari strategik muhim tizim sifatida e’tirof etilib, firmaning ravnaqi, vazifalari,
metodlari, mahsulotlari,
xizmatlari sifatini oshirishda, raqobatchilardan oʻzib ketishga,
iste’molchilar va ta’minlovchilar oʻrtasida yangi munosabatlarning shakllanishiga ta’sir
koʻrsatadilar. Yangi strategik axborot tizimlari paydo boʻldi.
Do'stlaringiz bilan baham: