1, Axborot va uning xususiyatlari haqida malumot ehm turlari va ularning imkoniyatlari


Download 167.6 Kb.
bet44/63
Sana09.04.2023
Hajmi167.6 Kb.
#1346048
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   63
Bog'liq
Axborot texnologiyalari

107. WWW –xizmati va foydalanish? WWW (Word Wide Web – “jahon o’rgimchak to’ri”) – internetning eng ommalashgan xizmat turlaridan biri sanalib, u butun dunyo multimedia hujjatlarini gipermatn yordamida bog’laydi. Multimedia hujjatlari deganda oddiy matn, grafika, audio tovush, video tasvir va animatsiya birligida tayyorlangan elektron hujjatlar tushuniladi. Animatsiya – bu ob’ektlarning fazoviy harakatidir. Gipermatn deganda foydalanuvchiga matnning zarur bo’lgan joyida boshqa hujjatlar bilan tez aloqa bog’lash imkonini beruvchi matnli hujjat tushuniladi. WWWda gipermatnli hujjatlarni yaratish va formatlash uchun HTML (Hyper Text Markup Language –“gipermatnlarni belgilash tili”) deb ataluvchi maxsus dasturlash tilidan foydalaniladi. HTML formatida tayyorlangan har qanday elektron hujjat HTML hujjat, Web hujjat yoki Web sahifa deb atalishi mumkin. Agar elektron hujjatni tayyorlash haqida gap borsa, u holda bu hujjat HTML-hujjat deb ataladi, ushbu elektron hujjatni internetda e’lon qilish yoki tarqatish haqida gap borsa, u holda bu hujjat Web-hujjat deb ataladi. Bordiyu, gap ushbu hujjatdan foydalanish haqida boradigan bo’lsa, u holda bu hujjat Web sahifa deb nomlanadi. Bitta muallif yoki WWWga tegishli bo’lgan bir guruh o’zaro “giperbog’lanishlar” bilan aloqador bo’lgan Web sahifalar majmuasiga Web uzel (tugun) yoki sayt deb ataladi.
108. Elektron pochta manzili haqida tushuncha bering? Elektron pochta maxsus programma bo’lib, uning yordamida dunyoning ixtiyoriy joyga xat, xujjat va ixtiyeriy turdagi fayllarni junatishiz mumkin. Buning uchun siz Internet yeki pochta tarmogining a’zosi bo’lishi shart. Bu tarmoq provayder deb nomlanadi. Xar bir tarmoq foydalanuvchisi uchun tarmoq kompyuteri (serveri) xotirasida ma’lum soxa ajratiladi va foydalanuvchiga elektron adres(e-mail) beriladi. Xotiradagi soxa - pochta yashigi deyiladi. Barcha adreslardan kelgan xatlar aynan shu yashigda saklanadi. Elektron adresning tulik ko’rinishi qo’yidagicha: e-mail a’zoning adresi @ et belgisi va host kompyuterlar nomi. Bu yerda xost (host – ega) bu pochta yaщik joylashgan tarmoq kompyuteri nomi. U bir necha kismdan iborat bo’lishi mumkin. Bu kismlar domenlar deb nomlanadi. Ular mamlakat, provayder va tashkilotlarni ko’rsatishlari mumkin.

Download 167.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling