1. Axborotlashuv jarayonining jamiyat taraqqiyotiga ta’siri
Axborotlashtirishning huquqiy asoslari
Download 20.65 Kb.
|
informatika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Globallashuv jarayonida ommaviy axborot vositalari xavfsizligi
3. Axborotlashtirishning huquqiy asoslari
Axborotlashtirish xizmatlarining yangi turlarini rivojlantirish va tartibga solishning huquqiy asoslarini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2003-2004 yillarda «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida», «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida» va «Elektron tijorat to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek, yangi tahrirdagi «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Mustaqillik yillarida axborotlashtirish sohasida mamlakatimizda olib borilayotgan tizimli va maqsadli ishlar Mustaqillik yillarida axborotlashtirish sohasida mamlakatimizda olib borilayotgan tizimli va maqsadli davlat siyosati O'zbekistonda milliy axborot makonini rivojlantirish, axborotlashtirish sohasini isloh qilish, so'z va axborot erkinligini ta'minlashga imkon bermoqda. Poytaxtimizdagi xalqaro biznes markazida bo'lib o'tgan "Davlat boshqaruvini modernizatsiyalash va jamiyatni demokratlashtirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining roli" mavzuidagi xalqaro davra suhbatida ham mazkur sohada amalga oshirilayotgan sa'y harakatlar xususida so'z bordi. O‘ZBEKISTON AXBOROT TEXNOLOGIYALARI Mamlakatimizda AKTni jadal rivojlantirish uchun davlat va xususiy sektor sa’y-harakatlarini birlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari uyushmasi tashkil etildi. Ayni paytda O‘zbekiston axborot texnologiyalari bozorining o‘nlab yetakchi kompaniyalari mazkur uyushmaga a’zo bo‘ldi. MOBIL ALOQA Bugungi kunda mobil aloqa abonentlari soni 25 million nafardan ortdi. Yuzaga kelgan raqobat muhiti internet xizmatlarini taqdim etadigan operator va provayderlar, shuningdek, ushbu tarmoqdan umumiy foydalanish punktlari sonini ko‘paytirish imkonini berdi. 4. Globallashuv jarayonida ommaviy axborot vositalari xavfsizligi Globallashuv jarayonining kelib chiqishi va unda OAVning roli to‘g‘risida gapirishdan oldin “globallashuv” terminiga izoh bersak. “Globalizatsiya” — “gloub” (inglizchadan “globe”, ya’ni yer shari), “global” (“global”, ya’ni butun dunyoga tegishli) va “globallashuv” (“globalize”, ya’ni butun dunyoga tarqalishi) so‘zlaridan kelib chiqqan.Globallashuv jarayoni 1990 yillar o‘rtalarida asrning buyuk kashfiyoti internet paydo bo‘lgach, yanada murakkab tabiatga ega bo‘ldi. Moskvaning globallashuv muammolari instituti chop etgan “Globallashuv amaliyoti. Yangi asr o‘yin qoidalari” to‘plamida (2000 yil. 16-bet) globallashuv jarayoni axborot inqilobi, ayniqsa, internetning rivojlanishi hamda moliyaviy bozorlarning integratsiyalashuvi bilan uzviy bog‘liq ekani yoziladi. Bugungi kunda “Axborot xavfsizligi” tushunchasi faqat axborot texnologiyalari sohasidagi olimlar va mutaxassislar tomonidangina emas, balki davlat hokimiyatining barcha tarmoqlari vakillari, siyosatchilar, iqtisodchilar va moliyachilar tomonidan ham keng qo'llanila boshlandi. Shu bois har qanday davlat, har qanday jamiyat axborot xavfsizligi muammosiga jiddiy e'tibor qaratmoqda. Boshqacha aytganda, hozirgi dunyoda axborot xavfsizligini ta'minlash muammolari – axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalangan holati dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, axborot qudratli kuchga aylanib, yadro poligonlaridan ham xavfliroq tus olib bormoqda. Jahonda noxolis axborot tarqatish, uni salbiy talqin qilish yoki o'z m anfaatiga moslab uzatish holatlari avj olmoqda. Shuning uchun ham axborot xavfsizligini ta'minlash har qachongidan ham muhimdir. Demak, axborot xavfsizligini ta'minlash usullarini 'rganish va tatbiq etish zarur va shartdir. Axborot xurujlarining oldini olish, axborot xavfsizliginita'minlash — mamlakatni ichki va tashqi xavflardan himoyalash demakdir.ilgari surgan edi. Bugungi axborot texnologiyalari yuksak taraqqiy etgan , axborot jamiyati qaror topib borayotgan sharoitda masalaning mohiyati o`zgarib ketdi : kimki axborot tarqatishga egalik qilsa , dunyoning taqdiri o`shaning qo`lida bo`ladi. Download 20.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling