1. Axborotlashuv jarayonining jamiyat taraqqiyotiga ta’siri
Axborot xavfsizligi manbalari
Download 20.65 Kb.
|
informatika
5. Axborot xavfsizligi manbalari
Hozirgi kunda dunyo globallashuvining yangi davri “axborot asri” yoki “elektron yuz yillik” tomon qadam tashlamoqda. Sun’iy yo‘ldoshlar va internet orqali telekommunikatsiyalarning faoliyat yuritishi har kim va har narsa uchun yer sharining xohlagan chekkasiga borish va joylashish, ya’ni diterritoriallashish imkoniyatini yaratadi.Globallashuvning turli mamlakatlarga o'tkazayotgan ta'siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma'naviy saloqiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog’liq. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o'tkazayotgan salbiy ta'sirini kamaytirish va ijobiy ta'sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini o'rganish lozim. Bu hodisani chuqur o'rganmay turib unga moslashish, kerak bo'lganda, uning yo'nalishini tegishli tarzda o'zgartirish mumkin emas. Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur o'rganmaslik, undan foydalanish strategiyasi, taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodi va madaniyati, ma'naviyatini tog’dan tushayotgan shiddatli daryo oqimiga boshqaruvsiz qayiqni topshirib qo'yish bilan baravar bo'ladi.Biroq, har qanday hodisa singari globallashuv ham o‘ziga xos jihatlarga ega. Masalan, bugungi kunda «urf» bo‘layotgan g‘oyalar va madaniyatlar sohasidagi globallashuvga diqqatingizni qaratmoqchimiz. Ayrim tadqiqotchilar dunyoviy demokratiya, siyosiy plyuralizm, ochiq jamiyat g‘oyalari hozirgi davr globallashuvining negizidir deyishmoqda. Ammo, mamlakatimiz bizning tarixiy, madaniy xususiyatlarimizga xosu mos tarzda o‘z taraqqiyot yo‘lini belgilagan. Shu yo‘lda dunyoviy demokratik davlat qurishni maqsad qilib olganmiz. Globallashuv bayrog‘i ostida ayrimlar o‘ylayotgani, xohlayotgani kabi ko‘r-ko‘rona g‘arbiylashtirish — «vesternizatsiya» siyosatini qabul qilolmaymiz. G‘arb ijtimoiy andazalarini tabiatimizga moslay olmaymiz, ruhiyatimizga singdirolmaymiz. Bunday andaza-yu asoslarni mintaqamizda, yurtimizda joriy etishga urinayotganlar o‘zlik tuyg‘ularini paymol qilishni o‘ylashadi. Bu yo‘lda «g‘arb madaniyati»ning turli xil tazyiqlarini ham kuzatishimiz mumkin. Download 20.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling