1. ayiqtovondosнlar oilasi – ranunculaceae. Morfologik ta'rifi


UZUMDOSНLAR OILASI- VITACEAE


Download 187.74 Kb.
bet9/27
Sana08.01.2022
Hajmi187.74 Kb.
#249543
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
2 5330483782216584556

UZUMDOSНLAR OILASI- VITACEAE

Morfologik ta'rifi: Bu oilaga 11 ta turkum va 700 tur kiradi. Ko‘pchilik vakillar tropik va subtropik mintaqalarida tarqalgan daraxtsimon, ilashuvchi liana shaklidagi o‘simliklardir. Barglari oddiy, panjasimon o‘yilgan yoki qirqilgan, panjasimon tomirlangan,poyaga ketma-ket joylashgan. Barglarning o‘rnashgan bo‘g‘inlaridan, novdaning o‘zgarishi natijasida gajaklar hosil bo‘lgan. Poya ular yordamida ilashib o‘sadi. To‘pguli ro‘vaksimon. Gullari mayda,to‘g‘ri (aktinomorf)bir yoki ikki jinsli Gulkosa barglari 4 -5 ta, tishsimon reduktsiyalangan (qisqargan), gultojibarg 4 -5 ta, erkin yoki qalpoqsimon birikib o‘sgan.

Changchilari 4-5 ta erkin o‘sgan gultojibarglarining qarshisida joylashgan. Urug‘chisi bitta, ikkita meva bargchasining birikib o‘sishidan hosil bo‘lgan. Tugunchasi ustki. Mevasi rezavor.



Ahamiyati: Oilaning muhim ahamiyatiga ega bo‘lgan turkumi tok o‘simligi hisoblanadi. Bu o‘simlik qadim zamonlardan beri (6000 –7000 yil) ekib o‘stirilib kelinayotganligi to‘g‘risida ma'lumotlar bor. Hozirgi vaqtda tokning dunyo bo‘yicha 3000 navi ma'lum.Uning mevasini xo‘l hamda quritilib mayiz holida iste'mol qilinadi. Undan sharbat olinadi, sirop, murabbo va konservalar tayyorlanadi. Uzum shifobaxsh xususiyatga ega bo‘lganligi uchun, oshqozon, buyrak, kam qonli va boshqa kasalliklarda foydalaniladi.

Tok  Ca4-5Co(4)-(5)A4-5G(2)


Vitis vinifera - Ekiladigan uzum: V. Sylvestris-o‘rmon uzumi, Ampelopsis-Ampelopsis: Partenocissus-Partenotsissus (qiz uzum).

Download 187.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling