1. ayiqtovondosнlar oilasi – ranunculaceae. Morfologik ta'rifi


CНINNIGULDOSНLAR OILASI-- CARYOPHYLLACEAE


Download 187.74 Kb.
bet5/27
Sana08.01.2022
Hajmi187.74 Kb.
#249543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
2 5330483782216584556

2.CНINNIGULDOSНLAR OILASI-- CARYOPHYLLACEAE.

Morfologik ta'rifi. Bu oila 80 ta turkum va 2000 dan ortiq turni o‘z ichiga olib bir yoki ko‘p yillik o‘t, chala buta, buta ba'zan tropik mintaqalarda uchraydigan kichik daraxt o‘simliklardir. Oilaning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, urug‘larining perspermli va murtagi bukilgan holda, ya'ni kampilotrop bo‘lishdir. Barglari oddiy butun poyaga qarama-qarshi joylashgan, yonbargchasiz, ba'zan pardasimon yonbargchalidir. To‘pgullari ko‘pincha dixoziy tipida bo‘lib, ba'zan yakka holida bo‘lishi ham mumkin. Gullari to‘g‘ri 5ta a'zoli, 2 jinsli. Gul qo‘rg‘oni murakkab, gulkosa va gultojibarglarga ajralgan, ba'zan oddiy changchilari 5-10 ta urug‘chasi 1-4 yoki 5 ta meva bargchalarining birikib o‘sishidan hosil bo‘lgan. Tugunchasi ustki, bir uyali. Urug‘kurtak ko‘p sonli. Mevasi ko‘pincha tishchalar yoki pallalar bilan ochiladigan ko‘sakcha, ba'zan yong‘oqcha yoki rezavor mevadir.

Ahamiyati: Bu oila vakillari orasida manzara beruvchi o‘simlik turlari uchraydi. Ulardan bir qancha navlar etishtirilib chiqilgan.Ular o‘zining ajoyib xushbo‘yligi ko‘rinishi tufayli ko‘pdan beri ekib o‘stirilib kelinmoqda. Еtmak o‘simligining ildizi tarkibida saponin deb ataluvchi modda uchraydi. Undan ko‘pik hosil qilishda, nisholda, holva va boshqa ichimliklar tayyorlashda foydalaniladi. Shuningdek jun gazlamalarni yuvishda ishlatiladi.

Oilaning umumiy gul formulasi:


* Ca5Co 5 A5+5G(2-5)


Dianthus-chinnigul, Stellaria-yulduz o‘t, Silene- echki miya (zurcha), Vaccaria- qoramug‘, Allochrusa- etmak, Holosteum- xolosteum.

Download 187.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling