KARAMDOSНLAR OILASI- BRASSICACEAE
Morfologik ta'rifi: Karamdoshlar oilasi 380 ta turkum va 3000 ga yaqin turni birlashtirib, gulli o‘simliklarning eng qadimiy shu bilan polimorf oilalaridan biri hisoblanadi. Oila vakillari asosan 1, 2 va ko‘p yillik o‘t o‘simliklar ba'zi vakilari chala buta va buta shaklida shimoliy yarim sharning mo‘'tadil va sovuq iqlimli hududlarida o‘suvchi o‘simliklar orasida muhim o‘rinni egallaydi.Barglari oddiy ,butun yoki qirqilgan,poyada navbatlashib o‘rnashgan,yon bargchasiz. Gullari oddiy yoki murakkab shingil, ro‘vak to‘pgullarda joylashgan. Gullari to‘g‘ri, ikki jinsli,qo‘shgulqo‘rg‘onli kosachabarglari va gultojibarglari 4 tadan, erkin qarama-qarshi bo‘lib, butsimon joylashgan. Chanchisi 6 ta,bulardan 4tasi uzun,ikkitasi qisqa,ikki doirada joylashgan urug‘chisi bitta,ikkita mevabarchalarning qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘lgan. Tugunchasi ustki,ikki uyali,tumshuqchasi ko‘pincha sharsimon. Mevasi odatda pastdan yuqoriga qarab ikkita pallaga bo‘linadigan ko‘p, urug‘li qo‘zoq, qo‘zoqcha yoki bir urug‘li chatnamaydigan yong‘oqcha.
Ba'zan qo‘zoq chatnamaydigan bo‘g‘imli bo‘lib, faqat bo‘g‘imidan par chalanadi.Urug‘i endospermsiz .
Ahamiyati. Bu oilaga mansub o‘simliklarning ko‘pchiligi sabzavot o‘simliklar hisoblanib, oziq-ovqat sifatida ko‘p ishlatiladi. Boshqa turlari esa dorivor, bo‘yoq beruvchi em-xashak va manzarali o‘simliklar hisoblanadi.
Karam gulining formulasi
* Ca2+2Co4A2+4G(2)
Brassica- karam, Raphanus- turp, Sisymbrium- qurtana, Isatis- o‘sma, Crambe-qatron, Lepidium-torol, Cardaria-boltriq, Eruca-indov, Capsella- jag‘-jag‘. Trigonella- chitir, Еuclidium- oq chitir, Alyssum-momoqoldiroq, Armoracia-хren.
Do'stlaringiz bilan baham: |