1. ayiqtovondosнlar oilasi – ranunculaceae. Morfologik ta'rifi


SНO‘RADOSНLAR OILASI -CHENOPODIACEAE


Download 187.74 Kb.
bet4/27
Sana08.01.2022
Hajmi187.74 Kb.
#249543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
2 5330483782216584556

1.SНO‘RADOSНLAR OILASI -CHENOPODIACEAE.

Morfologik ta'rifi: Bu oila 100 dan ortiq turkum va 1500ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Ularning ko‘pchiligi bir yillik, ikki va ko‘p yillik o‘t, ba'zilari esa buta va daraxt o‘simliklardir. Bular barcha qit'alarning sahro va chala sahrolardagi qumlarda, sho‘r bosgan tuproqlarda, ko‘pincha cho‘llarda har xil manzara hosil qilib o‘suvchi o‘simliklar hisoblanadi. Bu oila vakillarining tanasi ko‘pincha sersuv, tukciz yoki har xil tuklar bilan qoplangan. Barglari yonbargchasiz, oddiy, butun, poyada ketma-ket yoki ba'zan qarama-qarshi joylashgan. Barg yaprog‘i yirik, yassi, ipsimon, bigizsimon, ba'zi hollarda nihoyatda qisqargan (reduktsiyalangan) yoki butunlay bo‘lmasligi ham mumkin. Gullari mayda ko‘rimsiz, gulyonbargchasiz yoki mayda gul yonbargchali, to‘g‘ri, ba'zan noto‘g‘ri, ikki bir jinsli, 5 a'zoli, boshoq yoki ro‘vak to‘pgulda joylashgan. Gulqo‘rg‘oni oddiy kosachasimon yoki rangsiz pardasimon, ba'zan gulqo‘rg‘oni butunlay bo‘lmaydi. Changchilari 5ta, kosachabarg soniga teng. Urug‘chisi ko‘pincha 2.3 (4.5)ta meva bargchalarining qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘lgan.
Tugunchasi ustki, bir uyali. Mevasi yong‘oqcha ko‘sakcha, ba'zan rezevorsimon to‘p meva hosil qiladi. Urug‘i perispermli yoki endospermsiz.

Ahamiyati: Sho‘radoshlar oilasining bir qancha vakillari xalq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega. Ular oziq-ovqat, em-xashak sifatida ishlatiladi. Ayrimlari zaharli o‘simlik bo‘lib, uning ildizpoyasi tarkibida anabazin alkaloidi bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik zararkunandalariga qarshi kurashda preparat tayyorlashda ishlatiladi. Bulardan tashqari, saksovul kabi o‘simliklar cho‘l mintaqasida qumlarni ko‘chishining oldini olishda va ularni mustaxkamlashda alohida o‘rin tutadi. Strategik o‘tin bo‘lib hisoblanadi.

Lavlagi: * P5A5G(3)

. Beta-lavlagi, Chenopodium-sho‘ra, Atriplex-olabuta, Spinacia-ismaloq, Holoxylon-saksovul, Anabasis-anabazis, Salsola-sho‘rak, Climacoptera-baliqko‘z, Kochia-izen, Salicornia-qora sho‘ra.


Download 187.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling