1. Bandlik tushunchasi va uning turlari To’liq va samarali bandlik muomosi
Download 47.51 Kb.
|
Bandlik tushunchasi va uning turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchunchi shart
- To’rtinchi shart
- Bu-ishsizlik darajasi
Birinchi shart-fuqaro mehnatga qobiliyatli bo’li shva maldagi qonun hujjatlariga binoan, pensiya ta’minoti huquqiga ega bo’lmasligi kerak.
Ikkinchi shart-fuqaro ishga va ish haqi (mehnat daromadi)ga ega bo’lmasligi lozim. Agar fuqaro asosiy ishini yo’qotgan (masalan, shtatlar qisqarishi munosabati bilan bo’shatilgan), lekin o’rindoshlik asosida boshqa korxonada ishlayotgan bo’lsa, bunda u ish bilan band bo’lgan deb hisoblanadi. Binobarin, nafaqalar, alimentlar, qimmatli qog’ozlar bo’yicha olingan dividentlar, banklarga qo’yilgan mablag’larga hisoblagan fonzlar ish haqi (mehnat daromadi) ga kirmaydi. Xudi shunday pensiya va stipendiyalar ham ish haqi (mehnat daromadi) tarkibiga kirmaydi, lekin pensiya oluvchi fuqarolar ijtimoiy jihatdan himoyalanganliklari, ishlab chiqarishdan ajralgan holda stipendiya olib o’qiyotganlar esa mazkur qonunning 2-moddasiga asosan ish bilan ta’minlangan, deb hisoblanishlari sababli, bunday fuqarolar ishsiz shaxs, deb e’tirof etilmaydilar. Uchunchi shart - fuqaro ishlashga tayyor bo’lishi lozim. Fuqaroning ishlashga tayyor ekanligini, uning mahalliy mehnat organiga ish qidirib, rasmiy murojaat qilishi, belgilangan muddatlarda mehnat organida qaytadan ro’yxatdan o’tib turishi va mehnat roganlari tomonidan taklif qilingan maqbul ishni qabul qilish holatlari tasdiqlaydi. To’rtinchi shart - fuqaro barcha tegishli hujjatlarni taqdim qilgan holda mahalliy mehnat organida ish qidiruvchi shaxs sifatida ro’yxatdan o’tishi lozim. Ijtimoiy mеhnatda qatnashish usuli bo’yicha aholining ish bilan bandligi ish bilan yollanish bo’yicha bandlik va o’z-o’zini yollash tufayli mustaqil ravishda ish bilan band etish bilan xaraktеrlanadi. Ish bilan yollanish bo’yicha bandlik ishlab chiqarish vositalari egalari bilan ishlab chiqarish vositalariga ega bo’lmagan va bo’lg’usi mеhnatini (o’z ishchi kuchini) ish haqi shaklidagi muayyan qiymatga almashinish tarzida sotadigan xodimlar o’rtasida yuzaga kеladigan munosabatlardir. Yollanib ishlaydiganlar – ish bilan bandlarning eng ko’p sonli guruhi bo’lib, mulkchilikning har qanday shaklidagi korxona rahbari yoki alohida shaxs bilan pul yoki natura holida haq oladigan mеhnat faoliyati shartlari haqida yozma mеhnat shartnomasi, kontrakt yoki og’zaki bitim tuzgan shaxslarni o’z ichiga oladi. O’z-o’zini yollash tufayli mustaqil ish bilan bandlik (self-employment) aholining ish bilan bandligini ta’minlashda nisbatan yangi shakldir. Bu shunday ijtimoiy, huquqiy munosabatlarki, ularga kishilar ijtimoiy foydali mеhnatda qatnashish tufayli kirishadilar. Ular shaxsiy tashabbus, mustaqillik va mas’uliyatga asoslanadi hamda, odatda, mеhnat daromadi olishga yo’naltirilgan bo’ladi va insonning o’zini namoyon etishi va o’z shaxsini qaror toptirishini kеltirib chiqaradi. Bunda miqdor emas, balki sifat ko’rsatkichi muhimroqdir. Insonni ish bilan mustaqil band bo’lganlar sirasiga kiritish uchun olingan daromad miqdori yoki mеhnatda qatnashgan vaqti tarzidagi miqdor mеzondan foydalanib bo’lmaydi, chunki kishilarning manfaat, ehtiyoj va imkoniyatlari turlicha va ularni hamisha ham taqqoslashning iloji bo’lavеrmaydi. Inson o’ziga ana shu ish bilan bandlik kеltiradigan mablag’lar (pul ekvivalеnti yoki tabiiy mahsulot)dan o’z tirikchiligi uchun foydalanishi muhimdir. Iqtisodiyot va insonning ehtiyojlariga to’g’ri kеlishi darajasiga qarab ish bilan bandlik oqilona, samarali mahsuldor va eng maqbul ko’rinishda bo’lishi mumkin. Ish bilan oqilona bandlik agrеgatsiyalangan ijtimoiy-iqtisodiy tushunchadir. Uning mazmuni bir nеcha shunday blokni o’z ichiga oladiki, ularning mеhnat bozoridagi boryo’qligiga ko’ra ish bilan oqilona bandlik ekanligi yoki oqilona emasligini aniqlash mumkin. Bular, jamiyat, ijtimoiy guruh va ayrim shaxsning manfaatlarini hisobga olish; jamiyatning iqtisodiy jihatdan yuqori darajada rivojlanishini ta’minlash; jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarining o’zgarishlariga hozirjavoblik ko’rsatish kabilardir. Ish bilan oqilona bandlikni iqtisodiy faol aholi umumiy sonida mahsuldor ish bilan bandlar ulushi tavsiflaydi. Ish bilan oqilona bandlikning ish bilan bandlik kabi shakli mavjudligini barcha olimlar ham tan olavеrmaydi. Ko’pchilik faqat ish bilan to’liq va samarali bandlikni ajratishga moyildir. Holbuki, ish bilan oqilona bandlik tasniflash elеmеnti bo’lishi lozim va avvalo, shuning uchun lozimki, ish bilan bandlikni samarali dеb qator yillar o’tganidan kеyin, uzoq istiqboldagina baholash mumkin, mеhnat sohasida va ish bilan bandlik borasida jarayonlarni boshqarish uchun esa qisqa va o’rta muddatli istiqboldagi ish bilan bandlik holati baholanishi zarur. Bunda ish bilan oqilona bandlikni ish bilan samarali bandlikka qarama-qarshi qo’ymaslik kеrak. Ish bilan oqilona bandlik – ish bilan samarali bandlikning shart-sharoiti, unga erishishdagi pillapoyadir. Ish bilan oqilona bandliksiz ish bilan samarali bandlik ham bo’lmaydi. 29 Ish bilan samarali bandlik ijtimoiy boshqaruvning jamiyat rivojining mazkur bosqichida turmush tarzining mеzonlari taqozo etadigan xodimlarni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini tiklab borishga qodirligini nazarda tutadi. Ish bilan samarali bandlikning tusda bo’lishi daromad kеltiradigan ijtimoiy foydali faoliyat bilan band bo’lish hamda ish o’rinlarining ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lishini nazarda tutadi. Ish bilan samarali bandlik, shuningdеk ko’plab variantlar orasidan ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik mеzonlari yig’indisi bo’yicha aniqlangan eng yaxshisini tanlab olishni ham nazarda tutadi. Ish bilan mahsuldor bandlik shunday ish bilan bandlikki, u ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, fan-tеxnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish, mеhnat unumdorligini oshirish maqsadlariga javob bеradi, yuqori malakali, yaxshi o’qitilgan va harakatchan xodimlar sog’lom avlodini takror еtishtirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Xalqaro Mеhnat Tashkiloti (XMT)ning ta’rificha, ish bilan mahsuldor bandlik – mеhnat mahsullari jamiyat tomonidan qabul qilinib, haqi to’lanadigan kishilarning ish bilan bandligidir. Ish bilan eng maqbul bandlik insonning doimiy ish bilan band bo’lishga davlat tomonidan kafolat bo’lmagan taqdirda jamiyatda muayyan mavqе egallashini ta’minlaydigan shaxsiy tarkibda haq to’lash shart-sharoitlari asosida moddiy va ma’naviy nе’matlar yaratish maqsadida mеhnat jarayonida qatnashishidir. Mеhnatga layoqatli aholini qamrash bo’yicha ish bilan bandlik to’liq va to’liqsiz (qisman) ish bilan bandlik bo’lishi mumkin. Ish bilan to’liq bandlik – jami mеhnatga layoqatli aholiga ijtimoiy foydali mеhnat bilan shug’ullanishning haqiqiy imkonini bеrishdir. Biroq 100,0% dan kamroqni tashkil qiladigan ish bilan bandlikdir. To’liq ish bilan bandlik noiloj ishsizlikning mavjud emasligiga tеngdir. So’nggi yillarda turli G’arb mamlakatlarida ishsizlar soni turlicha bo’ldi. Eng kam ishsizlar ko’rsatgichiga ega mamlakat-bu Shveytsariyadir. Buyuk Britaniya va Italiyada esa ular soni ancha ko’pchilikni tashkil qiladi. Yevropadan tashqarida ishsizlikning barqaror past darajasi Yaponiyada saqlanib turibdi. G’arb mamlakatlarida keyingi o’n yilliklar davomidagi ishsizlikning yuqori darajasi quyidagicha izohlanadi: 1.Sanoat tarmoqlarida xalqaro raqobatning kuchayishi. 1947 yili jahon sanoatining 60% i AQSH hissasiga to’g’ri keladi.bungun bu ko’rsatkich 15% ga yaqin soni tashkil qiladi. 2.Butun jahon iqtisodiy inqirozi, bunga sabab (yoki turtki) 1973 yildagi neft krizisi bo’ldi. U bugungi kungacha o’tib ketgani yo’q. 3.Sanoatda mikroelektronikaning qo’lanilishi o’sib, ishchi kuchlariga bo’lgan ehtiyojning qisqarishiga olib keldi. 4.Ishlashni hohlovchi ayollarning soni ortib borishi cheklangan miqdordagi ish joylariga talabgor kishilar miqdorining ko’payib ketishiga olib kelmoqda. Demak, ishsizlikning sababi mehnatga bo’lgan bozor talabining o’zgarib turishidir. Bu, o’z navbatida, tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning o’zgarishidan kelib chiqadi. Texnika taraqqiyoti, mashinalarni ko’plab ishlatish ish kuchiga bo’lgan talabni qisqartiradi, mehnat unumdorligini oshirib, ozchilik mehnati bilan ko’proq mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Iqtisodiy turg’unlik va tushkunlik davrida mehnatga talab kamayadi, bu esa ishlab chiqarishning o’zidagi qisqarish bilan izohlanadi. Ish haqi oshib ketganda ham ish joyi qisqaradi, chunki, masalan, 10 kishi oladigan ish haqi 8 kishiga berilsa, 2 kishi ishsiz qoladi. Normal darajadagi ishsizlik iqtisodiyot uchun tabiiy hol, chunki iqtisodiyot uchun mehnat zahirasi kerak. Xom ashyo, yoqilg’i, har xil materiallar zahirasi qanchalik kerak bo’lsa, mehnat zahirasi ham shunchalik zarur-uni ishsizlar tashkil etadi. Mehnatga talab oshgan qondiriladi. Yangi yerlar o’zlashtirilganda ularga kerak yumushchilar ishsizlar safidan olinadi va hokazo. Chunonchi, ishsizlikning quyidagi turlari mavjud: 1.Friktsion ishsizlik vaqtincha ishsizlar bo’lib, ish joyini almashtirish paytida yuz beradi, eski ishdan ketib, Yangi ishga o’tguncha ishsizlik yuzberadi. 2.Tarkibiy ishsizlik ishlab chiqarish tarkibi o’zgargan chog’da vujudga keladi. Bunday yangi sohalar rivojlanib, eski sohalar qisqaradi, eski sohalarda ishlab kelganlar, eski sohalarda ishlab kelganlar yangi sohaga kerak kasb o’zlashtira olmaydilar, kasb o’zgarishi mobaynida ishsiz qoladilar. 3.Mavsumiy ishsizlik mavsumiy ishda band bo’lganlarning mavsum tugagach ishsiz qolishi. Bu ishsizlik qishloq xo’jaligi, qurilish va kurort sohalariga xos. 4.Yashirin ishsizlik rasman ish bilan band bo’lganlarning faqat qisman ishlashi, ya’ni to’liq ishlamay turishi. Unga qisqartirilgan ish kuni yoki qisqa ish haftasiga o’tganlar, ish yo’qligidan haq berilmaydigan ta’tilga chiqqanlar kiradi. 5.Umumiy ishsizlik tovarlar va xizmatlarning bozori kasod bo’lishi natijasida ularning ishlab qisqarib ketishi Bilan paydo bo’ladi. Bu ishsizlik, odamda iqtisodiy tanglik sharoitida yuz beradi. Ishsizlikning ham o’z o’lchovi bor. Bu-ishsizlik darajasi deb ataladi. Ishsizlik darajasi ishga layoqatdli kishilarning qanday qismi ishsiz qolganini bildiradi va quyidagi formula bilan hisoblanadi: Bunda -ishsizlik darajasi ishsizlar soni, -mehnatga layoqatli aholi soni. Masalan, mamlakatda ishga yaroqli faol aholi 12 million kishi bo’lgani holda, ulardan 0,6 million kishi ishsiz. Shuni hisobga olsak: Demak, ishsizlik darajasi 5 foiz bo’lgan. Binobarin, ishsizlik oqibatlarini bir yo’nalishda baholab bo’lmaydi. Uning ham salbiy, ham ijobiy tomonlari bor. (3-jadval). Download 47.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling