1. basketbol o’yin tarixi basketbolni rivojlanish tarixidan o’zbekistonda basketbolni rivojlanishI


Download 0.87 Mb.
bet1/12
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1182987
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Basketbol o’yini tarixi va uni rivojlantirish bosqichlari


BASKETBOL O’YINI TARIXI VA UNI RIVOJLANTIRISH BOSQICHLARI
MAVZU:
Reja:


1. BASKETBOL O’YIN TARIXI
2. BASKETBOLNI RIVOJLANISh TARIXIDAN
3. O’ZBEKISTONDA BASKETBOLNI RIVOJLANIShI
4. BASKETBOL O’YIN TEXNIKASI, MAZMUNI VA
ULARNI O’RGATISh METODIKASI



  1. BASKETBOL O’YIN TARIXI

Basketbol 1891 yilda AQShning Massachusets shtatidagi Springfild kollejining jismoniy tarbiya o’qituvchisi Kanadalik Jeyms Neysmit tomonidan kashf etilgan. Bu o’yinni yaratishda Neysmit uzoq vaqtlardan beri keng tarqalgan to’p bilan o’tkaziladigan oddiy o’yinlar haqidagi tarixiy ma’lumotlardan foydalangan, deb taxmin qilish mumkin.


Kollejda o’tkaziladigan gimnastika darslarini jonlantirish haqida topshiriq olgan Jeyms Neysmit yopiq xonalar uchun yangi o’yin o’ylab chiqadi. U balkon panjaralariga shaftoli solinadigan savatlardan ikkitasini osib qo’yadi. O’yinda qatnashuvchilar o’z raqiblarining savatlariga futbol to’pini tushirishlari lozim edi. O’yinga erkaklar bilan ayollar birgalikda qatnashardilar. Neysmit taklif qilgan o’yin birinchi kundanoq talabalar orasida katta qiziqish uyg’otdi.
Gimnastika guruhida 18 kishi bo’lgani uchun ular ikki jamoaga bo’linib o’ynay boshladilar. Keyinchalik har bir komandadagi o’yinchilarning soni 7 va 5 tagacha kamaytirildi.
To’p savatga tashlanganligi uchun bu o’yin ingliz tilida (basket-savat,bol-to’p) deb atala boshlandi.
Keyingi yillarda basketbol o’yini asta-sekin o’ziga xos xususiyatlariga ega. 1982 yilda Neysmit o’yin qoidalarining 13 moddasini tuzib chiqdi: yahni ular quyidagilar edi.

  1. To’pni bir va ikki qo’llab har tomonga tashlash mumkin

  2. To’pni har xil yo’nalish bo’yicha bir yoki ikki qo’l bilan urib yuborish mumkin bo’lgan (musht bilan urish ma’n etilgan)

  3. To’p bilan yugurishga ruxsat berilmagan. O’yinchi qabul qilgan to’pni qaerda qabul qilgan bo’lsa shu joydan tashlash kerak. Katta tezlikda yugurib kelayotgan o’yinchi to’pni qabul qilganda to’xtashga harakat qilgan bahzi bir hollarda qoida buzilmadi deb unga ruxsat berilgan.

  4. To’pni faqat qo’l barmoqlari bilan ushlash mumkin bo’lgan. Elka, qo’ltiq yoki gavdaning boshqa qismlarida to’pni ushlashga ruxsat berilmagan.

  5. O’yinchi raqibni elka bilan turtishi, ushlab qolishi, qo’l bilan urishi yoki chalishi mann etilgan. Bu qoidalarni buzgan o’yinchilarga birinchi marotabasida jarima to’p e’lon qilingan, ikkinchi marotaba takrorlangan holda bu o’yinchini o’yindan butunlay chiqarilgan o’rniga boshqa o’yinchi almashishi mumkin bo’lmagan

  6. To’pni musht bilan urilganda 3,4 va 5-punktlar buzilgan hollarda jarima berilgan.

  7. Komandalardan birontasi ketma-ket uch marotaba jarima olsa, raqib komandasi savat egasi bo’lgan (maydon egasi bo’lgan)

  8. Savatga to’p tushirgan komanda maydon egasi hisoblanib savatga tushgan ito’pni yana shu komanda o’yinchilari o’yinga kiritish huquqiga ega bo’lgan.

  9. To’p maydondan qaysi o’yinchiga tegib maydondan tashqariga chiqib ketsa birinchi to’p kimga tegib chiqsa shu o’yinchi maydonga qayta kirish huquqiga ega bo’lgan

  10. Bosh xakam maydondagi o’yinni nazorat qilib borgan va o’yin qoidasini uch marotaba buzgan o’yinchini maydondan chiqarish to’risida maydondagi xhakamga xabar bergan.

  11. Maydon ichidagi xakam to’pning maydondagi harakatini, maydondan tashqariga chiqqan hollarni, qaysi komanda o’yinchilariga tegishliligi o’yinchilarning o’yin qoidalariga rioya qilishlari va xisoblarning borishini nazorat qilgan.

  12. O’yin ikki qismdan o’ynalib, har bir qismi 15 daqiqa davom etgan va o’rtada 5 minut tanaffus ehlon qilingan.

  13. Qaysi komanda o’yinchilari savatga ko’p to’p tushirsa shu komanda qolib deb topilgan. Hisoblar teng bo’lgan hollarda komanda sarkorlarining kelishuvlari bilan qo’shimcha vaqt belgilanib, birinchi maydon egallab bo’lgungacha o’yin davom etgan.

Basketbol komandasini birinchi bo’lib Peterburgdagi «Mayak» jamiyati tashkil qildi. “Mayak”chilarning tirishqoqliklari natijasida basketbol boshqa tashkilotlarda va o’quv yurtlarida keng tarqala boshladi.
O’zbekiston xududida basketbol 1913-1914 yillar tarqala boshlaganligi xaqida ma’lumotlar bor. O’zbek fizkulturachilarning basketbol bilan tanishishi L.Barxashning nomi bilan bog’liq. 1920 yilda Farg’onada birinchi bor basketbolchilarning komandasini tuzadi. Xar bir komandada 9 kishidan iborat bo’lib ular 28x16 metrli maydonchada mashg’ulotlar o’tkazishardi.
Xozirgi davrda maydonga o’sib chiqqan holdagi xajmi 180x 120 sm li pshtdan foydalanilmoqda. Bu shakldagi shit o’yinchilarni shit ostida xarakat qilishiga xam xalakit bermaydi. Basketbol o’yini maydoniga xam bir kator o’zgartirishlar kiritildi. Maydon xajmi 15x28 m belgilandi. Urtadan 2 kismga bo’lindi. Maydonni xujum va ximoya kismiga bo’luvchi chiziq xujumchini to’pni faqat oldiga uzatishga majbur kiladi, xujum zonasidan turib to’pni orqaga qaytarish takiklanadi. Maydon markazi va shit oldidagi xujum zonalarida diametri 360 sm li doyra chizildi. Har bir chiziqlar anligi 5 sm li ok chiziq kilib belgilandi. Bu doiralardan bahsli to’pni hal etish uchun foydalaniladi.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling