1. basketbol o’yin tarixi basketbolni rivojlanish tarixidan o’zbekistonda basketbolni rivojlanishI
O’ZBEKISTONDA BASKETBOLNING RIVOJLANISHI
Download 0.87 Mb.
|
Basketbol o’yini tarixi va uni rivojlantirish bosqichlari
3. O’ZBEKISTONDA BASKETBOLNING RIVOJLANISHIO’zbekiston xududida basketbol 1913-14 yillarda tarqala boshlanganligi haqida ma’lumotlar bor. O’zbek fizkulpturachilarining basketbol bilan tanishishi Vseobuch vakili L.Barxashning nomi bilan bog’liq. 1920 yilda u Farg’onada birinchi bor basketbolchilar komandasini tuzadi. har-bir komandada 9 kishidan iborat o’yinchi bo’lib, ular 28X16 metrli maydonchada mashg’ulot o’tkazishardi. Maydoncha chiziqlari bilan uch qismga bo’linib, basketbolchilar uch himoyachi uch yarim himoyachi va uch xujumchiga ajratilardi. Ular to’pni savatga ikki qo’llab pastdan otar edilar. Toshkentda basketbol komandasini birinchi bo’lib Vseobuch instruktori S.Starshiy tashkil qildi. P.Taranov, A.Bogachenkov, Yu.Belotserkovskiylar bu komandaga a’zo edilar. Basketbol sektsiyalari keyinchalik Namangan, Samarqand va respublikamizning turli shaxarlaridagi fabrika, zavod hamda boshqa tashkilotlarda tashkil qilina boshladi. 1924 yilda Sirdaryo viloyatida o’tkazilgan Olimpiada dasturiga basketbol birinchi marta kiritildi. Musobaqalar 1922 yildagi Moskva qoidalari asosida o’tkazildi. O’yin vaqti 40 minut bo’lib, har bir komanda besh kishidan iborat edi (ikki ximoyachi, markaziy o’yinchi va ikkita hujumchi). Faqatgina markaziy xujumchi himoyaga qaytib kelar va o’yinda hech qanday kombinatsiya qo’llanilmasdi. Jarima to’plarini otish esa, komandaning bitta o’yinchisi zimmasida bo’ladi. O’yin davomida basketbolchini faqat jarohatlangandagina almashtirish mumkin edi. Dastlabki to’p otishda markazdan boshlaydigan basketbolchilar bitta qo’llarini orqalariga qilib turishlari, komandalarning xujumchilari esa, old zonaga o’tib turishlari lozim edi. 1968-1978 yillarda o’tkazilgan respublika birinchiligida Toshkent shahrining komandalari hamon kuchlilikni qo’ldan bermadilar. Toshkent, Farg’ona, Samarqand, Andijon va Buxoro viloyatlari komandalari sovrinli o’rinlarni egallab keldilar. O’zbekiston xuzuridagi fizkulptura va sport komitetining «Respublikada sportning o’yin turlari ahvoli va uni rivojlantirish choralari haqida»gi qarori respublikada yuksak maxoratli sportchilar etishtirish sport o’yinlarini yanada ommaviylashtirish masalasida fizkulptura tashkilotlarining zimmasiga katta vazifalarni yukladi. Mazkur qarorning hayotga tadbiq etilishi, basketbol sohasida ham dastlabli yutuqlarni qo’lga kiritdi. Mustaqillikka erishgan yillardan keyin respublikamizda mustaqil davlat sifatida halqaro Olimpiada qo’mitalariga a’zo bo’lishi, halqaro basketbol federatsiyasi tuzilishi basketbolni rivojlanishining yangi bosqichi hisoblanadi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling