1-bilet Hayvonlarning oziqlanishi va oziq turiga qarab ixtisoslashishi
Download 141.67 Kb.
|
Hayvonlarning oziqlanishi va oziq turiga qarab ixtisoslashishi
2.populyatsiya nima
Ingliz olimi Ch.Darvin iborasi bilan aytadigan bo’lsak, tur-tarixiy hodisadir. U paydo bo’ladi, rivojlanadi, to’la takomillanish darajasiga yetadi, so’ngra yashash sharoitlarining o’zgarishi natijasida o’z o’rnini boshqa turlarga bo’shatib berib, butunlay yo’qolib ketadi yoki o’zi ham o’zgarib, yangi formalarning vujudga kelishi uchun asos bo’ladi. Shunga binoan o’zgarmas kategoriya sifatida tur tabiatda mavjud emas, lekin shuni e’tirof etishimiz kerakki, biz kuzatayotgan ma’lum paytda, ya’ni ma’lum bir vaqt oralig’ida turlar real suratda mavjud bo’ladi. Tirik tabiatning tarixiy rivojlanishi jarayonida paydo bo’ladigan real suratda mavjud harakatchan formalar bo’lmish turlar haqidagi ushbu fikr hozirgi vaqtda hammaga ma’quldir. Tur - jonli tabiatning yashash shaklidir. Har bir tur muayyan areal bilan xarakterlanadi va bu arealda u o’zining ekologik xususiyatlariga muvofiq keladigan yashash joyini (uchastkalarni) egallaydi. Masalan, hayoti daraxtzorlar bilan bog’liq bo’lgan hayvon turlari o’z areali doirasida faqat daraxtzor uchastkalarini egallaydi, o’tloqlarda yashovchi hayvon turlari faqat o’tloq assosiatsiyasini egallaydi. Shunga binoan, tarqalish doirasida tur ma’lumguruhlarga ajralib yashaydi. Bunday guruhlarga ajralish oqibatida populyatsiyalar kelib chiqadi.Populyatsiya deganda, shu tur ichidagi individlarning muayyan hudud bilan bog’liq holda ma’lum makondagi tabiiy guruhlanishi tushuniladi. Populyatsiyalar xilma-xil bo’ladi. Agarda individlar guruhi, chegaralari aniq ajralib turgan bir kichik joyni, masalan, muayyan, o’rmonni egallagan bo’lsa, bu mahalliy (lokal) populyatsiya deyiladi. Ushbu populyasiyadan tashqari yana ekologik va geografik populyatsiyalar ham farq qilinadi.Ekologik populyatsiya ekologik sharoiti bir xil bo’lgan hududlari bilan o’zaro bog’langan mahalliy populyatsiyalar yig’indisidan iborat. Ma’lum bir populyatsiya tarkibiga kiruvchi individ yakka holda yoki birorta gala, poda yoki to’da tarkibiga qo’shilib, guruh bo’lib hayot kechiradi. Individning guruhga qo’shilishi yoki yakka tarzda tarqalib ketishi, shuningd ek, oila bo’lib olishi shu hayvonning talabi va ularning o’zaro munosabatlaridan kelib chiqadi. Shunga binoan, har xil turlarda hayot kechirish tarzi turlicha bo’ladi. Ushbu hayot kechirish tarzi bir tur hayvonda arealning turli qismlari (uchastkalari)da o’zgarib turishi mumkin. Bunday o’zgarishlar yilning turli mavsumlarida va rivojlanishning har xil bosqichlarida ham namoyon bo’ladi,ayniqsa, turning har xil biologik tiplari (hayotiy shakllari) ko’p bo’lsa, ushbu jarayon ko’p uchraydi. Hayvonlarga, ularning ehtiyojlarini qondiradigan hudud zarur. Bunday hududda yetarlicha oziqaning bo’lishi va zahira holdagi va dushmandan yashirish uchun boshpana, suv manbai, mineral moddalar va qulay mikroiqlim bo’lishi lozim.Populyatsiya tarkibidagi organizmlarning ikki xil hayot tarzi bo’ladi, ya’ni yakka holda; ushbu hayot tarzi mavsumiy ko’payish davrida yakka oilaviy yashash tarziga o’tadi va ikkinchi xili guruhlar ko’rinishidagi hayot tarzi. Download 141.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling