1. Bilishning mazmun va mohiyati


Download 144 Kb.
bet5/16
Sana23.03.2023
Hajmi144 Kb.
#1288233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
BILISH NAZARIYASI - ASOSIY MUAMMOLARI VA YO’NALISHLARI

Tushuncha — aniq narsa va hodisalarning sifati, mohiyati va muayyanligining miyada alohida shaklda aks etishidir. Unda hodisadagi asosiy tomonlar umumlashtiriladi. Masalan, materiya tushunchasi umuman materiyaning belgilaridan qatiy nazar, ularning asosiy belgisi - moddiyligi materiya tushunchasida aks ettiriladi. Jumladan, daraxt deganda tol, terak, olma va boshqa daraxt turlari va belgilaridan fikran uzoqlashamiz va ular uchun eng umumiy belgilarni olamiz. Fandagi tushunchalar ham xuddi shunday.
Har bir fanning o’ziga xos tushunchalari bor. Masalan, astronomiyada koinot, sayyora kabi tushunchalar, biologiyada oqsil, hujayra, nasl kabi tushunchalar bor. Har bir fanni bilish, tushunish fandagi tushunchalarni bilish demakdir. Tushuncha mazmunan ob’ektivdir.
Muhokama orqali ob’ektiv dunyodagi qonuniyatlar ongda aks ettiriladi. Yakka muhokama ayrim dalillarda o’z aksini topsa, umumiy muhokama umumiy qonunlarni ifoda etadi. Masalan, energiyaning aylanishi shakli yoki har bir harakat shaklining biridan ikkinchisiga o’tishi haqidagi qonunlar. Birinchi misol, tabiatning ayrim tomoniga to’g’ri kelsa, ikkinchisi umumiy qonunni aks ettiradi. Demak, muhokama biror narsa yoki hodisa haqida biror nima deyish, uni tasdiqlash yoki inkor etishdir. Masalan, «yomg’ir yog’di», «samolyot uchdi», «Ahmad kuldi».
Muhokamada tushuncha bir-biri bilan bog’lanib, ular o’rtasida munosabat paydo bo’ladi. Unda tushunchalarning bizga bog’liq bo’lmagan qandaydir voqealari aks etadi.
Tafakkurning uchinchi shakli mantiqiy aqliy xulosa chiqarishdir. Xulosa bir yoki bir necha muhokamadan kelib chiquvchi bilimdir. U orqali ilgari ma’lum bo’lgan bilimlar asosida yangi bilim paydo bo’ladi.
Mantiqiy aqliy xulosada muhokamalar majmuasi bir-biriga bog’lanib, yangi bir xulosa kelib chiqadi. Bunday xulosaga asos bo’lgan ikki muxohama dalil deb ataladi. Demak, aqliy xulosa fikrni taqqoslaydi, bog’laydi, mavhum tafakkur sodir bo’lish jarayonini ifodalaydi. Shunday qilib, insoniyatning barcha bilimlari sezgi materiallarini umumlashtirish orqali hosil bo’ladi.
Bilish jarayoni murakkab, ko’p qirrali jarayondir. U albatta sub’ektning qobiliyati, izlanuvchanligi, mantiqiy tafakkurning xususiyati, voqelik hodisalarini kuzatish, uning mohiyatini ochishda ham bir narsa va hodisaga ijodiy yondashishni talab qiladi. SHuning uchun ham bilishda ijod katta o’rin egallaydi.
Ijod insonning fan, texnika, madaniyat va boshqa sohalarda ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan yangilik yaratish, kashf etish faoliyati bo’lib, murakkab ruhiy jarayondir. Unda inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati, irodasi faol ishtirok etadi, butun bilimi, tajribasi, iste’dodi namoyon bo’ladi. Abu Nasr Forobiyning ta’biricha, ijod — bilish jarayonida shunday ulug’ fazilatki, inson uni egallashi uchun boshqa hamma fazilatlarni ishga solishi kerak.
Ijod jarayonida boshqalar tomonidan qo’lga kiritilgan bilimlar chuqur, atroflicha, tanqidiy ravishda o’rganiladi, tahlil etiladi, kuzatishlar, hisoblashlar o’tkaziladi, mantiqiy xulosalar chiqariladi. Xulosalarning to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligi tajribada sinaladi. Agar xulosa noto’g’ri bo’lsa, tajriba natijasi avvalgi bilimga mos tushmaydi, demak, xulosa qaytadan o’rganiladi. Ijodiy izlanish natijasida kelib chiqqan bilim mazmuni turli shakllarda — badiiy asar, matematik formula, nazariya, qonun va boshqalar orqali jamiyatga taqdim etiladi. Ulardan jamiyat bahramand bo’lsagina, haqiqiy, to’liq ijod bo’ladi. Ijod — fan, texnika, madaniyatni boyitadi, bilimni rivojlantiradi.
Ijodni shartli ravishda ikki turga bo’lish mumkin: ilmiy ijod va badiiy ijod. Ilmiy ijod mavhum tafakkuri ustun rivojlangan kishilarga xos. Badiiy ijod esa tabiat va inson hayotidagi turli ohanglar, manzaralar, tuyg’ularni nozik idrok qiluvchi, hissiyotli kishilarga xos.
Olimlar faoliyati ilmiy ijodga, yozuvchilar, san’atkorlar faoliyati badiiy ijodga kiradi. Ba’zi kishilarda har ikki ijod rivojlangan bo’lishi mumkin. Ilmiy ijod jarayonida tabiat va jamiyat hayotining ob’ektiv qonuniyatlari aks etsa, badiiy ijodda ma’naviy, hissiy muammolari, san’atkorning sub’ektiv, o’ziga xos qarashlari, his-tuyg’ulari aks etadi. Badiiy ijodda o’ziga xoslik bo’lmasa, bunday ijodning ijtimoiy va estetik qimmati yo’qoladi.

Download 144 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling