1. Bilishning mazmun va mohiyati
Falsafada haqiqat muammosi
Download 144 Kb.
|
BILISH NAZARIYASI - ASOSIY MUAMMOLARI VA YO’NALISHLARI
3.Falsafada haqiqat muammosiBilish nazariyasida ham boshqa fan sohalaridagidek, dialektik tarzda mulohaza qilish lozim, ya’ni bilish jarayonini tayyor, qotib qolgan holda emas, balki to’la bo’lmagan, noaniq bilimlarimiz qanday qilib to’laroq va aniqroq bilimga aylanishini aniqlash kerak. Olam doim harakatda, o’zgarish va taraqqiyotda. Taraqqiyotning, harakatning har bir yangi bosqichida moddiy olamdagi har bir narsa va hodisaning yangi sifat va xususiyatlari vujudga keladi. Shuning uchun olamni va uning taraqqiyot qonunlarini bilish uchun imkoniyat cheksiz. Har bir tarixiy davrda inson o’zining amaliy faoliyati natijasida ob’ektiv olamni to’liq va aniq aks ettiruvchi bilimga ega bo’lib boradi. Bilim esa, ob’ektiv mavjudlikka mos keladimi yoki yo’qmi? Bu masalaning hal qilinishida haqiqat to’g’risidagi ta’limot o’z ifodasini topadi. Bu ta’limot esa o’z-o’zidan haqiqat nima, degan masalani hal qilishni talab qiladi. Bu masalani yoritishda falsafada turli fikrlar mavjud. Haqiqat masalasini ilmiy asosda hal qilishning yagona yo’li inson bilimlari bilan ob’ektiv olamdagi real narsa va hodisalar, ularning sifat va xususiyatlari o’rtasidagi munosabatni yoritishdir. Shunday ekan, haqiqat ob’ektiv voqelikka mos keluvchi narsalar va hodisalarning real holatdagi mazmunini, sifat va xususiyatlarini to’g’ri aks ettiruvchi hamda amaliyotda sinalgan bilimlaridir. Sezgilar insonni tashqi olam bilan bog’lovchi vositalardir. Inson sezgilari uning ongidan tashqaridagi ob’ektiv olamning in’ikosini hosil qiladi. Ob’ektiv olamning mavjudligini e’tirof etish bilan uning to’g’ri in’ikosining hosil bo’lishi ob’ektiv haqiqatdan iboratdir. Dialektika ob’ektiv haqiqatni e’tirof etish bilan uni birdaniga bilish mumkin emas, deb hisoblaydi. Ob’ektiv haqiqatni bilish fan taraqqiyoti, amaliyot asosida amalga oshishi mumkin. Haqiqatni bilish doimo pastdan yuqoriga qarab rivojlanuvchi jarayondir. Ob’ektiv haqiqat inson va insoniyatga bog’liq bo’lmagan ob’ektiv reallikning to’g’ri in’ikosidan iboratdir. Bu in’ikos in’ikos etuvchi reallikka mos kelishi kerak. Tabiat ilmining yer insoniyatdan burun mavjud edi, degan fikri ob’ektiv haqiqatdir. Tabiat va jamiyat qonunlari ob’ektiv haqiqatdir. Bu qonunlar insonga bog’liq bo’lmagan, undan tashqarida mavjud bo’lgan ichki, zaruriy, muhim bog’lanishlarini ifodalaydi, bu qonunlarni inson bekor qila olmaydi, o’z ixtiyori bilan o’zgartira olmaydi. Ayrim faylasuflar (Bogdanov va boshqalar) ob’ektiv real dunyoni inkor etib, uni sezgilar majmuasi deb biladi va haqiqatni ham sub’ektiv shaklda tasvirlaydi. Ularning fikricha, haqiqat — mafkura shakli yoki inson tajribasini tashkil etuvchi shakldir. Uning bu da’vosi, fideizmga, uning da’volariga ishonishga olib keladi. Xuddi shunday fikrni hozirgi zamon falsafasida ham ko’rish mumkin. Unga ko’ra, har qanday diniy xurofotlarni himoya qilish ob’ektiv haqiqatni inkor etishdir. Dialektika bilimlarimiz abadiy bo’lmay, ular takomillashib boradi, bilmaslikdan bilish tomon boradi, nisbiy haqiqatdan mutlaq haqiqatga boradi deb tushuntiradi. Haqiqatdan ham olamda inson bilib ololmaydigan narsa yo’q. Shuning uchun ham bilish jarayonining rivojlanishi cheksiz, u biror chegarada to’xtashi mumkin emas. Inson erishgan yangi bilimi avvalgi bilimidan ko’ra yuqoriroq bo’lishiga qaramasdan, kelajak uchun u chegara emas, u yangi bilim uchun zaruriy bosqich hisoblanadi. Demak, mutlaq va nisbiy haqiqatlar dialektik munosabatda bo’ladi. Har bir nisbiy haqiqatda mutlaq haqiqat elementi, zarrasi bor, chunki unda moddiy dunyoning ma’lum tomonlari aks etadi. Nisbiy haqiqat ob’ektiv olamning inson ongida nisbatan to’g’ri in’ikos etishidir. Amaliyot va fan taraqqiyotida bu haqiqat tobora takomillashib boradi. Demak, ob’ektiv olamni taxminan to’g’ri in’ikos ettiradigan, to’la va aniq bo’lmagan, inson bilimining so’nggi taraqqiyoti jarayonida aniqlanishi va chuqurlashishi tobora to’laroq bo’lib boradigan ilmiy bilimlar (qoida, tushuncha va nazariyalar) nisbiy haqiqatdir. Nisbiy haqiqatni e’tirof qilish mutlaq haqiqatni inkor etish emas. Chunki bizning bilimlarimiz tayyor yoki qotib qolgan bilim bo’lmay, mutlaq haqiqatni bilish nisbiy haqiqatlarni bilish bilan boradi. Mutlaq haqiqatni birdaniga bilib bo’lmaydi, balki to’liq bo’lmagan taxminiy, ya’ni nisbiy haqiqatlar orqali bilinadi. Demak, bilish bilmaslikdan bilishga, mukammal bo’lmagan bilimlarning mukammallashib, aniq bo’lib borishini aks ettiruvchi cheksiz jarayondir. Olam cheksiz, undagi narsa va hodisalar doim harakatda. Demak, insonning bilish imkoniyati hech qachon oxiriga yetmaydi. Masalan, materiyaning tuzilishi to’g’risidagi bilimlarimizni olib ko’raylik. Ilgari materiyaning eng kichik zarrasi atom bo’linmasdir, deb hisoblanardi. Bu nisbiy haqiqat, chunki u materiya tuzilishining taxminiy to’g’ri in’ikosi edi. Bunda mutlaq haqiqat — materiya haqiqatdan atomlardan iborat, degan tasavvur mavjud edi. Materiya tuzilishi to’g’risidagi bilimlar rivojlanib, XIX asrning oxirida elektron — atomning tarkibiy qismi kashf qilindi. Bu kashfiyot materiya tuzilishi to’g’risidagi tasavvurga mugloq haqiqatning yangi zarrasini qo’shib, insonning materiya tuzilishi to’g’risidagi bilimini yanada chuqurlashtirdi. Hozirgi zamon tabiatshunoslik ilmi atomning murakkab tuzilishini ochib bermokda. Demak, fan sohasidagi har bir yangi qadam ilgarigi nazariyaga qaraganda chuqurroq, to’la va aniq bilimni beradi, ammo bu bilimni butunlay, mutlaq bilim deb bo’lmaydi. Chunki har qanday inson bilimi mazkur tarixiy davr chegarasidan chiqib ketmaydi. U ilm-fanning ayrim sohalarida o’z davri tafakkur taraqqiyotini o’n, hatto yuz yillab ortda qoldirishi mumkin, ammo, o’z davri farzandi bo’lib qolaveradi. Inson hamma vaqt tabiatni oxirigacha bilish tomon yaqinlashib boradi. Lekin u moddiy olam qonun va hodisalarini to’la-to’kis bilish darajasiga erisha olmaydi. Buning sababi shuki, tabiat cheksiz, u to’xtovsiz harakat qilishda, rivojlanishda, o’zgarishda. Inson bilimi esa hech qachon moddiy olamni butunlay qamrab ololmaydi. Shuning uchun ham inson bilimining mutlaq haqiqatga yaqinlashuvi nisbiydir. Bundan bizning hamma bilimlarimiz nisbiy ekan, ularda ob’ektiv mazmun yuq ekan, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Har qanday haqiqat nisbiyligiga qaramay unda mutlaq haqiqat elementlari saqlanadi. Mutlaq va nisbiy haqiqatlarni bir-biriga qarama-qarshi qo’ymay, balki ularni ajralmas bir butun holda olib o’rganmoq zarur. Mutlaq va nisbiy haqiqatlarning dialektik munosabatini bilish dogmatizm, agnostitsizm, relyativizm va volyuntarizmga qarshi kurashda katta ahamiyatga ega. Relyativizm inson bilimlarini nisbiy deb qarash bilan birga ob’ektiv haqiqatni butunlay inkor etadi. U bilish jarayoniga dialaktikani tatbiq eta olmaganligi uchun faqat nisbiy haqiqatni e’tirof etadi va uni mutlaqlashtiradi. Uning asl maqsadi mutlaq haqiqatni, shu bilan birga ob’ektiv haqiqatni inkor etishdir. Inson ob’ektiv olamni o’z amaliy faoliyatida ma’lum tarixiy va ilmiy imkoniyatlar asosida biladi, imkoniyat esa hamma vaqt to’la bo’lmaydi. Ilmiy haqiqatlar aniq tarixiy sharoit bilan bog’liq bo’lib, aniq shaklda namoyon bo’ladi. SHuning uchun haqiqat mavhum emas, aniq bo’ladi. Haqiqat mezonini nima tashkil etadi? degan savol bilish nazariyasining murakkab masalasi bo’lib hisoblanadi. asr ingliz faylasufi F.Bekon haqiqatning asosiy mezonini eksperimental tajriba tashkil etadi, degan g’oyani ilgari surgan edi. Uning fikricha, “barcha isbotlar ichida eng yaxshisi - tajribadir, agarda u barcha sinovlar ichida o’z predmet mohiyatidan chiqmagan holda bo’lsa”. asr frantsuz faylasufi Didro ham tajribani haqiqatning asosiy mezoni deb hisoblagan edi. «Biz, - deb yozgan edi Didro, - uch asosiy izlanishlar vositasida o’rin egallaymiz: tabiatni kuzatishda, mushohada va tajribalar borasida. Kuzatish ma’lumotlar yig’indisidan, mushohada ularni mujassamlashtirishdan, tajriba esa mujassamlashgan fikrlarimizni tekshirib ko’rishdan iboratdir». XX asr falsafasida keng tarqalgan pragmatizm oqimining namoyondalari Djon Dyui, Uilyam Djeyms, Charlz Pirs va boshqalar haqiqat mezonini uning foydaliligi tashkil etadi, degan g’oyani ilgari surgandilar. «Vena to’garagi» a’zolari, pozitivizm oqimining vakillari V.Karnap, O.Neyrat, V.Kraft va boshqalar fan kashfiyotlari kishilarning hissiy a’zolari orqali isbotlangandagina haqiqat bo’lishi mumkin deb hisoblaydilar. Hissiy a’zolarimiz asosida isbotlab bo’lmaydigan nazariyalarni, ularning fikricha, haqiqat turkumiga kiritish mumkin emas. Ilmiy falsafa ta’limotiga muvofiq, haqiqatning mezonini amaliyot tashkil etadi. Inson faoliyatining majmui hisoblangan amaliyot kishilarning tarixan yuzaga kelishi jarayonida shakllanib, barcha jamiyatlar taraqqiyoti yo’lida rivojlanadi va mukammallashadi. Amaliyot inson uchun bilish ob’ekti bo’lgan olam bilan bog’lanishdir. Amaliyot o’zida sub’ektiv va ob’ektiv jihatlarni birlashtirgan jarayondir. U ongli ravishda maqsadga yo’naltirilgan sub’ekt faoliyati bo’lib, u yoki bu ob’ektning o’zgarishi bilan ro’yobga chiqadigan munosabatdir. Amaliyot ko’p qirrali va sermazmun tushuncha bo’lib inson faoliyatining barcha turlarini, tomonlarini qamrab oladi. Amaliyotning bilish jarayonidagi ahamiyati quyidagilardan iborat: Download 144 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling