1. Biofizika va radiobiologiya fani, uning predmeti


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/40
Sana09.01.2022
Hajmi1.37 Mb.
#266902
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40
Bog'liq
1-Maruza sirtqi1

                                                 Elektr hodisalar 

( Elektr maydon va uning asosiy  xarakteristikalari) 

Bu bobda tabiatdagi to‘rtta fundamental ta’sirlardan biri elektromagnitizmni 

ko‘rib chiqamiz. Og‘irlik kuchidan boshlab hamma kuchlar elektrolik kuchlardan 

kichikdir. Cho‘zilish, siljish va boshqa kuchlar tabiati elektromagnit kuchlardan 

iboratdir. Elektr va magnit kuchlar ham kimyoviy kuchlar ham elektromagnit 

xarakterga ega. Yorug‘lik va boshqa nurlanishlar ham elektromagnit xarakterga 

ega. Optikadagi nur ham elektromagnit kuchlar filialidir. Elektromagnit 

hodisalarning asosiy qonunlari 19 asrning 50 yillarida ochildi. Bu ishlarning 

kulminatsiyasi maksvell tenglamalaridir. Bu tenglama bizning hayotda juda katta 

ahamiyatga egadir. Og‘irlik kuchidan tashqari yana ikkita fundamental kuchlardan 

tashqari Yadro kuchlari ham bor, lekin uni biz kundalik hayotda sezmaymiz. Bu va 

keyingi boblarda elektr hodisalar va materiyaning elektr xossalari haqida so‘z 

yuritamiz. 

1. Elektr  zaryadi  va  uning  saqlanish  qonuni.  Elektr  bilan  birinchi  tanishuv 

chaqmoq hodisasidan boshlanadi. Greklar sun’iy statistik elektr maydonini ochdi. 

Ishqalanish  natijasida  elektrlanish,  qalin  gilamda  yurgandan  so‘ng  metallga 

tegkanda iskra chiqishi. Faqat 20 asrda biz buning asosini atom tarkibidagi proton 

va elektronlar sababchi ekani aniqlandi. Materiya haqidagi tasavvurlar 1-bo‘limda 

aytib  o‘tilgan  edi.  Atom  Yadro  va  uning  tarkibida  musbat  proton  va  neytral 

neytrondan hamda uning atrofida aylanuvchi manfiy elektronlardan tashkil topgan. 

Elektr zaryadi  

𝐞 = 𝟏, 𝟔 ∙ 𝟏𝟎

−𝟏𝟗


𝐤𝐥 

Hamma tanish elementar zarrachalar shu elementar zaryadga karrali 

zaryadga egadir. Elektr zaryadining ikki ishorali bo‘lishi ularning tortishi va 

itarishida namoyon bo‘ladi. 

Faqat gravitatsion ta’sirda faqat tortish kuchlari mavjud. Bir xil ishorali 

elektr zaryadlari o‘zaro tortadi, har xillari esa o‘zaro itaradi. Yadroda zarrachalarni 

Yadro kuchlari ushlab turadi, unda bu kuchlar zaryad ishorasidan bog‘liq emas, 

odatda makroskopik jism neytral holda bo‘ladi. Lekin kam miqdordagi moddada 

ham shu darajada molekulalar ko‘pki, unda atom va molekuladan elektron chiqib 

ketib zaryadlangan ionlar hosil bo‘ladi. Ko‘p hollarda elektronning bir moddadan 

ikkinchisiga o‘tishi sababli birida elektronlar soni ortib ketadi (manfiy) boshqasida 

elektronlar soni kamayadi (musbat) zaryadlanadi. Bundan tashqari ko‘pchilik 

neytral molekulada musbat va manfiy zaryadlar og‘irlik markazlari mavjud. Ular 

ustma-ust tashmasligi mumkin . 





Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling