1. Biofizika va radiobiologiya fani, uning predmeti


Veterinariya terapiyasida magnit maydonning qo’llanilishi


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/40
Sana09.01.2022
Hajmi1.37 Mb.
#266902
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
1-Maruza sirtqi1

Veterinariya terapiyasida magnit maydonning qo’llanilishi. 

Magnitokardiografiya haqida tushuncha. 

Magnit maydonidan amalda ko’p maqsadlarda foydalanadilar. Medi-sinada 

kuchli magnit maydoni yordamida ko’zdagi temir buyumlarni jarrohliksiz olishda 

ishlatiladi. Organizmning ko’p qismi diamagnitdir. Orga-nizmdagi ion va 

molekulalar paramagnitdir. Organizmda ferromagnit zarrachalar yo’q. 

Organizmdagi biotoklar kuchsiz magnit maydoni hosil qiladi 

(magnitokardiografiya). 

Magnitobiologiya magnit maydonning organizmga ta’sirini o’rganadi. 

Qonning xarakteristikasi magnit maydonida o’zgarishi mumkin. Bunga sabab 

molekulalarning magnit maydonda oriyentirlanishi, ionlarning Xoll effekti tufayli 

siljishidir.  



Yaxlit metallarda uyurmali toklar hosil bo’ladi. Bunday toklar biologik 

organlarda ham hosil bo’lishi mumkin. Fizioterapiyada uyurmali toklar yordamida 

terining ba’zi qismlarini isitishda foydalanadilar (induktoterapiya). 

Magnit maydoni yordamida qoramollar yutgan temir buyumlarni oshqo-

zondan olish mumkin. 

Baland kengliklarda qutb yog’dusining ko’plab hosil bo’lishi, yer magnit 

maydonining ta’siri bilan tushuntiriladi. Kosmosdan yerga uchib kelayotgan 

zaryadli zarrachalar yerning magnit ta’sir doirasiga tushadi va maydonning kuch 

chi-ziqlari bo’ylab, ularga «o’ralgan» holda harakatlanadi. Yer magnit maydo-

nining konfigurasiyasi shundayki, zarralar yerga asosan qutb sohalarida 

yaqinlashadi va erkin atmosferada yolqin razryad hosil qiladi. Rus olimi 

Chijovskiy

 

ko’plab biologik jarayonlarning davriy takrorlanishini aniqladi. Bu esa 



quyosh aktivligi o’zgarishi bilan bog’liqdir. Hayvonlar va hashoratlar 

populyatsiyasi, epidemiyalarning takrorlanishi, bir davrdan boshqa davrda 

hayvonlarning ko’chishi, inson va hayvon qon to’qimasi tarkibining o’zgarishi, 

tug’ilish va o’lish, hattoki avtomobil halokatlari va travmatizmning o’zgarishi ham 

magnit bo’ronlariga bog’liq ekan. Magnitobiologik effektlar asosan quyidagilardan 

iborat: 1. Doimiy magnit asosan tomirlarga, jigarga, o’pkaga ta’sir qiladi. 2. 

Leykosit va eritrositlar ko’payadi. 3. Miyaning elektr aktivligi oshadi.  4. 

Hayvonlar harakatchanligi oshadi. Baliq va qushlarda 

4

10

4000



 Tl. magnit 



maydonda to’la harakati to’xtaydi. Yerning o’rtacha magnit maydoni 

4

10



7

,

0



 Tl. 



iboratdir.  

Qonning turli tomirlardagi tezligini o’lchash uchun maxsus elektro-magnit 

hisoblagich ixtiro qilingan. Bu qurilma zaryadlangan zarrachalarning magnit 

maydonidagi harakatiga asoslangan. Qonda juda ko’p zaryadli ionlar mavjud. 

Masalan, qon plazmasida 145 mmol/l Na

+

 ionlari, 125 mmol/l C



-

 ionlari mavjud. 



Boshqa ionlar konsentratsiyasi ancha kam, faraz qilaylik ma’lum miqdor bir 

zaryadli ionlar arteriyada 

 tezlik bilan harakat qilayotgan bo’lsin va u magnit 



maydoniga joylashtirilsa, bu ionlar arteriyaning turli tomonlariga harakatlanadi. 

Arteriyada U potensiallar farqi hosil bo’ladi. U holda tezlik 

                                               

Bd

U



                                   (1.71) 

Demak, qon harakati tezligini o’lchash uchun potensiallar farqini bilish zarur. 

d – qon tomiri diametri. 

Erkin radikallar – molekula yoki molekulaning bir qismi bo’lib, u 

konpensasiyalanmagan elektron spinga ega. 

Erkin radikalning magnit momenti mavjud, shu sababli to’g’ridan-to’g’ri 

magnit kirituvchanlikni o’lchash yo’li bilan erkin radikalni aniqlash mumkin. 1944 

yilda Zavoyskiy

 

elektron paramagnit rezonans usulini aniqladi. Bu usul moddaning 



magnit xossasi bilan bog’liq elektromagnit energiyaning yutilishiga, ya’ni elektron 

va atom Yadrosi magnit xossalariga asoslangan. EPR yordamida biologik 

tizimlarda erkin radikallarni aniqlash mumkin. 

Silliq sirtli urug’larni (beda, zig’ir, yo’ngichka) yovvoyi o’tlarning g’adur-

budur sirtli urug’lardan tozalaydigan urug’ tozalash magnit mashi-nasini ishlashi 



ham ferromagnit xossalariga asoslangan. Bu urug’lar aralashmasiga ferromagnit 

kukunlar aralashtiriladi. Ular yovvoyi o’t urug’lari g’adur-buduriga kirib qoladi va 

elektromagnit barabaniga tortiladi. 

Yerdagi hamma tirik jonzod kuchsiz statik elektr maydoni (SEM) ta’siridadir. 

Bu elektr maydoni yerdagi ortiqcha manfiy zaryadlar tomonidan hosil qilinadi. Yer 

shari o’tkazgich sifatida va atmosferaning Yuqori o’tkazuvchan qismlari ionosfera 

musbat zaryadi toklardan iborat bo’lib, sferik kondensatorni hosil qiladi va elektr 

maydon kuch chiziqlari ionosferadan yerga qarab yo’nalgandir. Yer elektr 

maydoniga undagi o’tkazuvchilarning hajm bo’ylab taqsimlanishi va atmosfera 

sharoitlari ta’sir ko’rsatadi. Yer sirtida o’rtacha maydon kuchlanganligi taxminan 

150V/m. ga teng bo’lib, momaqaldiroq vaqti yuzlab marta oshadi.  

XX-asrda Yuqori kuchlanishli elektr liniyalarining ishga tushishi SEM 

kuchlanganligini 5 – 20 kV/m gacha oshirdi. Shu sababli bu maydonning tirik 

organizmga ta’sirini o’rganish muhimdir.  

SEM yordamida ishlov berilgan urug’lar o’suvchanligi tezlashganligi 

aniqlangan. XVII-asrda SEM yordamida davolash (franklinizasiya yoki statik 

dush) usullari ixtiro qilingan. Ular qo’llanilganda odam yoki hayvon 50kv 

kuchlanishli elektrodlar orasiga joylashtiriladi. Bu usul asab va boshqa 

kasalliklarni davolashda ishlatiladi, lekin hozirgacha bu maydonning tirik 

organizmga qanday mexanizm orqali ta’sir qilishi ma’lum emas. Fizik nuqtai 

nazardan olganda SEM to’qima va molekulalar tarkibidagi hujayraning 

qutublanishi bilan aniqlanadi, ya’ni jism sirtida elektr zaryadlari paydo bo’ladi va 

o’tkazuvchi qismlarda mikrotoklar hosil bo’ladi. 10 kV/m dan Yuqori bo’lgan 

kuchlanganlikda elektr maydon DNK molekulalardagi zanjirlarning uzulishiga olib 

keladi va xromasomalarning ajralishiga sabab bo’ladi.  

Xuddi, SEM kabi yerdagi har bir jonzod doimiy magnit maydon (DMM) 

ta’sirida hamdir. Yerning magnit maydonining kelib chiqish sabablari aniq 

bo’lmasada, uning asosiy xarakteristikasi ma’lumdir.  

Geomagnit maydonning o’rtacha qiymati taxminan 

4

10



7

,

0



Tl ga teng. Lekin, 



yerdagi ayrim anomaliyalar tufayli ba’zi joylarda magnit maydon induksiyasi 

4

10



2



Tl gacha ham yetishi mumkin. Yerning magnit maydoniga asosiy sabab yer 

tubidagi jarayonlardir, lekin bundan tashqari ionosferadagi elektr toklar ham unga 

ta’sir ko’rsatadi. Bular ichida eng kuchli ta’sir quyoshda bo’ladigan magnit 

bo’ronlaridir. Eng ko’p ma’lum bo’lgani 11 kunlik davriy sikldir. Lekin 27 kunlik 

sikl ham mavjud. Gravitatsion maydon kabi geomagnit maydon ham biosferaga 

ta’sir ko’rsatadi. Keyingi vaqtlarda magnit maydonning tirik organizmlarga 

biologik ta’siriga e’tibor qaratilmoqda.  

Olimlarning ko’p yillik izlanishlari tirik organizmda magnit maydoni ta’sirida 

quyidagi o’zgarishlar bo’lishi mumkinligini aniqladi. 

1. Qonning magnitogidrodinamik tormozlanishi. Magnit maydoni ta’sirida 

biologik suyuqliklarda induksion toklar paydo bo’lib qon harakatini to’xtatadi.  



2. Magnit maydoni ta’sirida bo’lgan nerv tolasi orqali harakatlanadigan elektr 

impulsiga Amper kuchi ta’sir qiladi va tola egiladi. Bu holda o’zinduksiya toki 

hosil bo’ladi va Lens qonuniga binoan to’xtaydi.  

3. Nerv tolasida hamma molekulalar magnit momentiga ega bo’lib, ba’zi 

molekulalarni magnit momenti ancha katta bo’ladi. Ularning magnit maydoniga 

mexanik moment ta’sir qiladi va uni ma’lum yo’nalishda oriyentirlaydi. Biologik 

aktiv molekulalarda bo’ladigan o’zgarishi biokimyoviy reaksiya kinetikasi va 

biomembrana singdiruvchanligiga ta’sir ko’rsatishi mumkin.  

Doimiy magnit maydondan veterinariyada ko’p maqsadlarda foydalaniladi. 

Chorvachilikda ishlatiladigan poxol, somon va boshqa ozuqalar ichiga tushib 

qolgan turli xil metall parchalar magnit yordamida ushlab qolinadi.  

Barcha tirik organizmlar quyosh va kosmosdan kelayotgan elektromagnit 

maydon ta’sirida bo’ladi. Bu to’lqinlar diapazoni 10 MGs dan 10 GGs gachadir. 

Ammo, ularning intensivligi kichik va odatda 

2

9

/



10


Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling