1. Biologiya o‘qitish uslubiyatining asosiy maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/58
Sana18.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1209257
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58
Bog'liq
Bo\'m . 303.

 
 
 
 


28. Jadidchilar harakatining asosiy maqsadi nimadan iborat? 
Turkistonlik jadidlar ona vatanlarini mustaqil, ozod holda 
korishni ozlarining bosh maqsadlari deb bildilar. Milliy ozodlik 
kurashida qurol kuchi bilan muvaffaqiyat qozonib bolmasdi. Shu 
bois ular milliy istibdodga tushib qolishlarining sabablarini tahlil 
qilib, bularning tub ildizlarini yoq qilib tashlash lozimligini 
anglab yetdilar. Natijada jadidlarining hamma narsadan oldin 
xalqqa marifat berish lozim degan goyasi yuzaga keldi. Jadidlar 
1906-yilda Taraqqiyot deb nomlangan gazeta nashr ettirib, oz 
goyalarini tarqata boshladilar. Turkistonning turli shaharlarida 
jadid maktablari ochilib, ularda diniy ilmlar bilan birgalikda, 
dunyoviy bilimlar, jumladan tabiat haqidagi bilimlar ham targib 
qilina boshlandi. Jadidlar uchun ilm va marifat yagona qurol 
bolib, ular shu qurol yordamida ulkada ijtimoiy-iqtisodiy va 
madaniy taraqqiyot uchun kurashmoqchi boldilar. Jadidlar oz 
ezgu orzularini, faqat maktab, maorif va talim tarbiyani togri 
yolga qoyish, uni rivojlantirish bilangina amalga oshirish 
mumkin, deb bildilar. 
 
 
 
 
 
 


29. Jadidchilarning ta’lim va tarbiya haqida qanday qarashlari 
mavjud? Jadidlar, eng avvalo, oqitishning eski usuli 
yaramasligini, yoshlarga zamonaviy ilmlarni orgatish zarurligini 
tushunishlari bilan birga, talim tizimida ona tilini chuqurroq 
orgatish, ona tilidagi darslarni kopaytirish, boshqacha qilib 
aytganda, oquv dasturida ona tilidagi darslarni ko‘paytirish, 
oquvchilarni ona tilida oqitish orqali yoshlarda vatanparvarlik, 
millatparvarlik tuygusini shakllantirish mumkin degan xulosaga 
kelish va bu yoldagi dadil harakat jadidlarning marifat 
sohasidagi yangicha qarashlar, aniqrogi, konsepsiyasi edi. Ana 
shu harakat zamirida jadidlarning pedagogik qarashlari ham 
shakllanib bordi. Jadidlar Taraqqiyot gazetasida maktab 
dasturiga alohida etibor berdi. Ularning ayrim dasturlariga kora
boshlangich maktab 4 sinfdan tashkil topishi kerak. Unga 7 
yoshdan kichik bolalar qabul qilinmaydi. Dasturda nimalar 
oqitilishi bilan birga maktabning tashkiliy tomonlari haqida ham 
aniq korsatmalar bor. Jumladan, yilda toqqiz oy tahsil, uch oy 
tatil bolishi haqida, oquvchilarni maktabga avgustning 15-
sanasidan 1-sentabrgacha qabul qilish, 15-mayda imtihon 
bolishi haqida qaror keltirilgan. Dasturda bayram kunlari dam 
olish bolishi, maktabda darslar boshlangandan so‘ng maktabga 
qabul qilish toxtatilishi togrisida qaror ham mavjud.Jadidlarning 
tarbiya haqida qarashlari ham ilgor fikrlar bilan boydir. 
Jadidlarning tarbiya odob-axloq haqidagi fikrlari, asosan, 
qadimdan islom olamida qaror topgan qarashlar negizida 
shakllangan. Jadidlar ajdodlardan bolalar, umuman, inson 
tarbiyasida musulmonlarga xos diyonatli, saxovatli, xushaxloq, 
xushmuomila bolishi singari muhim xislatlarni qabul qildilar. 


Ayni zamonda, ularning pedagogik qarashlarida yangi bir 
tushuncha paydo boldi. Bu tarbiyada muhit, zamon, sharoitning 
orni togrisidagi qarashdir. Jadidlar pedagogikasi ijtimoiy hayot, 
uning talablari, ehtiyojlarini hisobga olish bilan ozlarigacha 
bolgan Sharq pedagogikasidan bir qadam siljish bolgan 
edi.Jadidlar komil inson bu eng zamonaviy insondir, zamonaviy 
inson esa, millat va vatan manfaatini barcha narsadan ustun 
qoyuvchi, marifatli, diniy va zamonaviy ilm-fanlarni egallagan 
xushaxloq, tarbiyali kishidir, deydi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling