1. Birja tarixi


Fyuchers savdosi va uning mexanizmi


Download 0.67 Mb.
bet26/60
Sana21.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1644347
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60
Bog'liq
birja javoblar

42. Fyuchers savdosi va uning mexanizmi.
Fyuchers savdosi bu – fyuchers (muddatli) shartnomalari vositasida birja tovari bilan birjada savdo qilish shaklidir.Fyuchers savdosida shartnoma tuziladigan tovar ko'rinishi, bunday shartnomalar soni, tovar etkazib beriladigan oy va asosiysi – shartnomada ko'rsatilgan tovar narxi ahamiyatga ega.Fyuchers savdosining uni standartlashtirishdan kelib chiqadigan muhim xususiyati shartnomaning shaxsi ko'rsatilmaganligi hisoblanadi. Fyuchers savdosining ob'ektlar doirasi juda keng. Chunki shartnomalar bilan savdo qilish bu – tovarlarning o'zi bilan emas, balki birja shartnomalari bilan birja operatsiyasi hisoblanadi, ularning asosi moddiy ne'mat sifatida tovargina emas, umuman har qanday savdo ob'ekti, masalan, barcha turdagi qimmatli qog'ozlar bo'lishi mumkin. Biroq savdo ob'ektlari shartnomalar hisoblansa, shartnomalarga shartnomalar bilan ham, shartnomalar guruhidagi shartnomalar bilan ham savdo qilish mumkin, biroq aytib o'tish kerakki, ko'rsatilgan jarayonning tabiiy cheklovi real tovar, real kapital va h.k. bozori bilanaloqa hisoblanadi.Birja fyuchers savdosi mexanizmining asosiy elementlari quyidagilar hisoblanadi:
• fyuchers shartnomalari bilan birja savdolarini tashkil qilish;
• hisob-kitob tartibi va fyuchers shartnomalarini tugatish tartibi;
• fyuchers shartnomalari ijro etilishini tashkil qilish.
Fyuchers shartnomalari bilan savdo mijozning birjada savdo qilayotgan brokerlik firmasi vakiliga ariza berishidan boshlanadi. Ariza shakli mijozning ushbu firma uchun doimiy yoki bir martalik mijoz ekanligiga, mijoz va firma o'rtasida unga birja xizmatlari ko'rsatishga shartnoma mavjudligiga qarab yozma yoki og'zaki shaklda bo'lishi mumkin. Arizaga tovar xaqidagi, etkazib berish muddati, shartnomalar soni va narx xaqidaiga ma'lumotlar kiritiladi. Narxga nisbatan mijoz uning eng yuqori va past chegaralarini kelishib oladi yoki shartnomalarni joriy bozor narxi bo'yicha sotib olishga (sotishga) buyruq beradi.

  1. Birja bozorida kliring va hisob kitoblar

Birja faoliyatida birja kliring va hisob-kitoblar umumiy namunaviy tizimi hali ishlab chiqilmagan. Har bir yirik birjada kliring va hisob-kitob jarayonlari mustaqil tashkil qilinib, umumiy va farqli jihatlarga ega bo'ladi. Bundan tashqari, qimmatli qog'ozlar bozoridagi kliring va hisob-kitoblarning fyuchers shartnomalari bozoridagi kliring va hisob-kitobladan printsipial farqlari bor. Qimmatli qog'ozlar bozorida hisob-kitob-kliring jarayonining asosiy xususiyati sotilgan qimmatli qog'ozlarning bitta egasidan boshqasga qayta rasmiylashtirish hisoblanadi. Fond bozorida qimmatli qog'ozlar bilan tuzilgan bitimlar hisob-kitob-kliring jarayonining asosiy bosqichlari quyidagilar (23-sxema): 1. – bitimni birjada ro'yxatga olish; 2. – uning rekvizitlari bitim qatnashchilari tomonidan tasdiqlanishi; 3. – pul mablag'lari va qimmatli qog'ozlarning mijozlardan brokerlarga berilishi; 4 – pul mablag'lari va qimmatli qog'ozlarning brokerlardan birjaning Hisob-kitob palatasiga berilishi; 5 – pul mablag'lari va qimmatli qog'ozlarning birjaning Hisob-kitob palatasidan ularni qayta rasmiylashtirish uchun yangi egasiga berilishi; 6. – qimmatli qog'ozlarni depozitariyda yangi egasiga rasmiylashtirish; 7. – qimmatli qog'ozlarni (yangi) birjaning Hisob-kitob palatasiga qaytarish; 8. – pul mablag'lari va qimmatli qog'ozlarning Hisob-kitob palatasidan mos keluvchi brokerlarga berilishi; 9. – brokerlarning pul mablag'lari va qimmatli qog'ozlarni ularning yangi egalariga berishi. Kliring-hisob-kitob egallaydigan vaqt, ya'ni bitim tuzilgan vaqt va u bo'yicha hisob-kitob vaqti o'rtasidagi oraliq odatda hisob-kitob davri deb ataladi.
Birja bozorida kliring tizimlarini yanada rivojlantirishning vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
• bitta bitimga to'g'ri keladigan kliring va hisob-kitoblar bo'yicha xarajatlarni qisqartirish (yoki ularning o'sishni to'xtatib turish);
• kliring va hisob-kitob operatsiya larini amalga oshirish muddatini qisqartirish yo'li bilan kliring va hisob-kitoblar jaryonini tezlashtirish;

  • Jahon fond va fyuchers bozorlarida kliring va hisob-kitoblarni baynalmilallashtirish. Ko'rsatilgan maqsadlarga erishish avvalo, quyidagilar yordamida amalga oshiriladi: * qimmatli qog'ozlarni nomateriallashtirish;

• qimmatli qog'ozlar va fyuchers shartnomalari bilan elektron savdoga o'tish;
• jahon birja bozorida hisob-kitob davrlarini bir xillashtirish.


  1. Download 0.67 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling