1. Birja tarixi


Birja risklarini hisoblash mezonlari


Download 0.67 Mb.
bet28/60
Sana21.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1644347
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   60
Bog'liq
birja javoblar

Birja risklarini hisoblash mezonlari

Birja savdosi qatnashchilari uchraydigan eng muhim qarorlar qaysi risklar ma'qul kelishi va ma'qul kelmaydigan boshqa risklar bilan nima qilish kerakligi bilan belgilanadi. Har bir savdo qatnashchisi risk yoki mukofot olish bilan bog'liq bo'lgan o'z hohish istaklariga ega, uuchrashi mumkin bo'lgan risklarni taniy olishi, qaysi risklar uning uchun ma'qul ekanini qaror qilishi va nihoyat, boshqa risklardan qochish yo'llari va usullarini topa olishi, shuningdek, bularning qaysi moliyaviy xarajatlarga olib kelishi va bunda biron ma'no borligini baholy olishi lozim. Birjasi eng to'g'ri keladigan riskka, shuningdek, birja savdosi qatnashchilari tasarrufida bo'lgan usullarni tanlash va baholash qoidalariga amal qilishi lozim. Riskni baholashning bunday usullaridan biri baholash mezoni bo'lib, uni risk bahosi deb atash mumkin. Risk bahosi deganda birja faoliyatini amalga oshirishda kutilmagan vaziyatning ro'y berishi ehtimoliga mos keladigan uchrashi mumkin bo'lgan yo'qotishlar qiymati tushuniladi.
Inflyatsiya darajasining balandligi sababli iqtisodiy koeffitsientlar hisob-kitobini choraklik hisobotlar bo'yicha olinadigan axborot asosida amalga oshirish maqsadga muvofiq. Xorijiy birja amaliyotida moliyaviy barqarorligini hisob-kitob ko'rsatkichlarini normativ ko'rsatkichlar bilan taqqoslash yo'li bilan o'tkazish qabul qilingan. Birja savdosida risklarni minimallashtirish uchun quyidagilardan foydalanish mumkin: boshqarilayotgan ob'ektga ta'sir choralari; noaniq kelajakni yanayam aniqroq bashorat qilishga yo'naltirilgan choralar. 1-guruh choralari qatoriga minimallashtirishning xedjlash, moliya zaxiralari yaratish, diversifikatsiya, bozorlarni birlashtirish, birjachining boshqariladigan risk omillariga ta'siri kabi usullarini kiritish mumkin.
Birja bitimlarida riskni minimal qilishning eng maqbul usul xedjlash (sug'urtalash) hisoblanadi.
Xedjlash – spot, forvard, fyuchers bitimlari va optsionlar kabi birja bitimlarida riskni bartaraf qilishning asosiy usuli.
Risklar bo'yicha istalgan qaror qabul qilish natijasida birja savdosi qatnashchilarikutilmagan omillar ta'siri ostida yoki riskni kuchaytiruvchi omillar noto'g'ri baholangan taqdirda yo'qotishlarga duch kelishi mumkin. Shu sababli riskni baholashda guru birinchi navbatda qaror qabul qilish natijasida birja savdosi qatnashchilari uchun yo'qotishlar ro'y berishi, ya'ni kutilmagan natija ehtimolini hisobga olishlari lozim.




  1. Download 0.67 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling