1 Bob. C++ dasturlash tilining zamonaviy dasturlash tili sifatida C++ dasturlash tilining ishchi muhiti


Download 0.81 Mb.
bet25/28
Sana21.01.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1106185
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
C

III. Dars jihozlari

  • Shartli operatorlar: if strukturasi va if/else strukturalarini, taqqoslash,va, qiymat berish

  • Plakat.

IV. O’quvchilar uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar:

  1. H. Rahimov, T. Dehqonov “ C++ zamonaviy dasturlash tililari” “O’qituvchi” Toshkent 2007-yil.

  2. Sh.F.Madrahimov, S.M.Gaynazarov “C++ tilida

programmalash asoslari” Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Toshkent 2009-yili






Dars vaqtini rejalashtirish

80 Daqiqa

1

Tashkiliy qisim

2 daqiqа

2

O’qituvchini kirish so’zi

3 daqiqa

3

O’tilgan mavzuni so’rash

20 daqiqa

4

O’tilgan mavzuni umumlashtirish

5 daqiqa

5

Yangi mavzuni bayoni

30 daqiqa

6

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 daqiqa

7

Mashg’ulotga yakun yasash va o’quvchilarni baholash

3 daqiqa

8

Uyga vazifa berish

2 daqiqa



Darsni o’tkazish tartibi.

  1. Tashkiliy qisim.

O’qituvchi o’quvchilar bilan salomlashadi, sinf xonasini tozaligi va mashg’ulotga tayyorligiga, o’quvchilarning tashqi ko’rinishiga ahamiyat beradi. Navbatchi bayonini qabul qilib, guruh jurnaliga o’quvchilarni belgilaydi. O’qituvchining kirish so’zi.
O’qituvchi o’quvchilarni yangi mavzu bilan tanishtiradi. O’quvchilarning darsga jalb etish uchun dars rejasi va maqsadlarini yoritadi.
O’tgan mavzuni so’rash
O’qituvchi o’tgan darsga yoritilgan “Dasturlash operatorlari” mavzusi bo’yicha o’quvchilar bilimini quydagi usullarda tekshiriladi:
Frontal so’rov
Bunda o’qituvchi tomonidan berilgan savollarga o’quvchilar tez, aniq va qisqa javob berishi kerak..

  1. Operatsiyalar deb nimaga aytiladi?

  2. Arifmetik operatsiyalarga nimalar kiradi?

  3. Taqqoslash opertsiyalariga nomalar kiradi?

  4. Mantiqiy opertsiyalargachi ?

  5. Qiymat berish yoki tenglik operatorlariga nimalar kiradi ?

  6. Murakkab qiymat berish operatorlarigachi?

4. O’tilgan mavzuni umumlashtirish.


O’qituvchi o’quvchilar javobini umumlashtirib, kamchiliklarini to’ldiradi. Murakkab savol-javoblar ustida qisqa to’xtalib o’tiladi. O’tilgan mavzuni yangi mavzu bilan bog’laydi va yangi mavzuni bayon etishga o’tadi.
5. Yangi mavzu bayoni.
Mavzu: Shartli operatorlar. Asosiy tushunchalar va turlari.
Reja:

  1. C++ dasturlash tilidagi shartli operatorlar

  2. Shartli operatorlar tavsifi

  3. Shartli operatorning if strukturasi

  4. Shartli operatorning if/else strukturasi.

Ba’zi dasturning bajarilish jarayonida amallarni bajarish ketma-ketligi biror sharga asosan o’zgarib, tarmoqlanib ketadi. Bunday dasturlar tarmoqlangan dasturlar deb ataladi.
Agar dasturning bajarilish jarayonida amallarni bajarish ketma-ketligi biror shartga asosan o’zgarib, ya’ni tarmoqlanib ketsa, bunday dastur tarmoqlangan dastur deb ataladi.
Odatda, biron-bir mezonga, shartga ko’ra bir necha imkoniyatlar ichida bittasini tanlashga to’g’ri keladi. Buni C++ tilida if operatori yordamida yoziladi.

if (shart ifodasi)
{ operator }


Misollar va izohlar

Ko’rib turganimizdek, operatorning shart ifodasi mantiqiy operatorlarga asoslangan. Aslida esa shartdagi ifodaning ko’rinishi muhim emas. Agar ifadani nolga keltirish mumkin bo’lsa, false bo’ladi, noldan farqli javob bo’lsa, musbatmi,manfiymi, true holatda paydo bo’ladi va shart bajariladi. C++ da maxssus o’zgaruvchilarning bool (mantiqiy) tipi mavjud. Bu tipdagi o’zgaruvchilar yordamida bool (mantiqiy) algebrasini amalga oshirish mumkin. Bool o’zgaruvchilar faqat true (rost) yoki false (yolg’on) qiymatlarni hosil qilishimiz mumkin.

  1. Shartli operatorlarning if/else strukturasi

If operatorini qo’llaganimizda, shart ifodasi faqat haqiqat bo’lgandagina bajariladi. Aks holda tashlab o’tiladi. if/else yordamida esa shart bajarilganda, ya’ni false (yolg’on) natija chiqqanda, else orqali boshqa bir yo’ldan boriladi.



Misollar va izohlar


C++ da bitta ifoda turgan joyga ifodalar guruhini {} qavislarda olingan holda qo’ysak bo’ladi. Masalan:





if (yosh >=7)
{
cout <<”Maktabga!\n”; maktab( );
}
else
{
cout << “Bog’chaga!\n”; bog’cha ( );
}

if/ else strukturalarini bir-birining ichida yozishimiz mumkin. Bunda ular bir-biriga ulanib ketadi. Misol uchun tezlikni kattaligiga qarab jarimani belgilab beruvchi blokni tuzamiz.

Agar tezlik 150 dan katta bo’lsa, birinchi if/else strukturasining sharti bajariladi va bu holda tezlik o’zgaruvchilarning qiymati ikkinchi va uchunchi if/else strukturani ham qanoatlantiradi. Lekin solishtirish ulargacha bo’lmaydi, chunki ular birinchi if/else ning else qismida, noto’g’ri javob qismida joylashtirilganmiz. Solishtirish birinchi if/else da tugashi (aynan shu misolda) tanlash amalini tezlashtiradi. Bir-biriga bog’liq if/else lar alohida if strukturalari bilokidan tezroq bajarilishi mumkin, chunki birinchi holatda if/else blokidan vaqtliroq chiqishimiz mumkin. Shu sababli ichma-ich joylashgan if/else operatorlar guruhida true (rost) bo’lish imkoni ko’proq bo’lgan shartlarni oldinroq tekshirishmiz kerak.

Yangi mavzuni bayon etish moboynida o’qituvchi ko’rgazmali qurollar, didaktik materiallardan keng foydalanadi, darsda o’quvchilarning ham faol ishtirok etishga da’vat etadi. Mavzuning dolzarbligini takidlab, nazariy bilimlarning amaliyotdagi ahamiyatini tushuniradi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling