1-Bob Nokning xalq xoʻjaligidagi axamiyati


Download 0.7 Mb.
bet9/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1556190
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Asilbek Mirzaliyev

2.5.Sovutgichli omborlar
Qishloq xo‘jaligiga mexanizatsiyaning keng joriy etilishi va muayyan texnologik tartibotlarga rioya etish qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifati saqlab qolinishini ta’minlamoqda. Sovutkichli omborlarning asosiy maqsadi hosilni chuqur muzlatishsiz vaqtincha saqlashni ta’minlashdan iborat, shu orqali yo‘qotishlar minimallashtiriladi. Bu meva va sabzavotlarning tovar ko‘rinishi va ta’mini saqlashning samarali usulidir.
Hosil havo harorati yuqori bo‘lgani tufayli pishib yetiladi. Omborga kelib tushgan meva va sabzavotlarni to‘g‘ri sovutish juda muhim: haroratning keskin pasayishi sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Meva va sabzavotlar avvaliga vaqtinchalik muzlatgichlar yoki soya-salqin joyda saqlanadi. Oldindan sovutib olgandan so‘ng, ular ichiga kimyoviy moddalar eritib solingan suv bilan yaxshilab yuviladi va fumigatsiya qilinadi, ya’ni oltingugurt dioksidi bilan ishlov beriladi. Bu mevalarni zararsizlantirishga yordam beradi. Qayta ishlangan meva va sabzavotlar sovutkichli kameraga o‘tkaziladi. Olmalarni eng uzoq saqlash muddati +1…+4 °С haroratda taxminan 12 oy, gilosni esa 0…+2 °С haroratda uchun 3–7 kun saqlash mumkin.

Bugungi kunda sovutkichli omborlarda har xil turdagi avtomatlashtirilgan namlantirish tizimlari qo‘llaniladi. Boshqarish tugmalari kameraning tashqi tomonida joylashgan bo‘lib, nisbiy namlikni masofadan boshqarishga imkon beradi.
Sovutgichli omborlarda nisbiy namlikni yaratish va saqlash mahsulotlar namlik miqdorini maksimal darajada oshirishga yordam beradi. Meva va sabzavotlar uchun nisbiy namlik ularning kimyoviy tarkibiga qarab 80–95% ni tashkil qiladi. Biroq piyoz uchun optimal namlik 65–75% atrofida bo‘lishi kerak.
Respublikada umumiy sig‘imi 991 332 tonna bo‘lgan jami 1 832 ta sovutgichli omborlar mavjud, xususan, Andijon viloyatida 152 555 tonna sig‘imga ega 429 ta, Samarqand viloyatida 149 230 ming tonna sig‘imga ega 160 ta, Toshkent viloyatida esa 146 620 tonna sig‘imga ega 159 ta muzlatgichli ombor mavjud.




Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling