1-Bob Nokning xalq xoʻjaligidagi axamiyati
Mevalarni saralash va ularga tovar ishlov berish
Download 0.7 Mb.
|
Asilbek Mirzaliyev
2.3.Mevalarni saralash va ularga tovar ishlov berish
Meva saralash tovar holatiga keltiradigan LTO-3 liniyasi va saralash mashinasi SKYa-3 ( rasm). Nok, nok va behilarni hamda sitrus o‘simliklar mevalarini va dumaloq shakldagi pomidorlarni sifati bo‘yicha saralash, o‘lchami bo‘yicha ajratish va yashiklarga joylashtirish uchun ishlatiladi. Uzatib beruvchi, rolgang, mevalar ta’minlagichi, saralash transportori, kalibrlash seksiyasi, lentali transportori, tarnov, joylashtirish moslamasi, joylangan tovarlarni transportirovka qilish rolgangi va stullardan iborat. Sortirovka (saralash) transportori mevalarni saralab ikkita tovar sortiga ajratadi va yig‘uvchiga yo‘naltirib beradi. Transportor qabul qilish bunkeri va ustiga rezina kiygizilgan shaklli roliklardan tuzilgan. Roliklarni o‘qi zanjirga biriktirib qo‘yilgan va bilan birga harakatlanadi. Transportorni harakatida roliklar asta-sekin buraladi. Shunda har bir juft roliklar chuqurcha hosil qiladi, ishlashi natijasida bir donadan meva joylashadi. LTO-3 liniyasi SKYa-3 saralash mashinasi bilan: 1 — uzatish rolgangi; 2 — sortirovka transportori; 3 — lentali transporter; 4 — kalibrlash seksiyasi; 5 — lotok; — upakovka qilingan mevalar rolgangi; 7 — upakovka qurilmasi; 8 — sartirovkachi ishchilar uchun stullar; 9 — shkaf, 10 — ta’minlagich. .Transportorda hammasi bo‘lib 8 ta oqim bo‘lib, ikki tomonda 4 tadan joylashgan. Oqimlar yig‘gichi hamma meva oqimlarni yig‘ib, sor¬tirovka transportoriga yo‘naltirib beradi. Rezina kiygizilgan qiya taxta, uchta lentali transportor va ikkita yo‘naltiruvchidan iborat. Meva ikki chetdagi transportordan o‘rtaga yo‘naltiriladi va kalibrlash qurilmasiga tushadi. Bu qurilma ikkita tovar sortga ajratish uchun ikkita seksiyadan iborat. Har bir seksiyada 7 tadan lenta mavjud, ularda shaxmat shaklida joylashgan dumaloq teshiklar bo‘lib, ulardan meva¬lar kalibrlanib o‘tadi. Bu teshiklar transportorning 7 ta lentasida ketma-ket joylashgan bo‘lib, ular diametri 49; 55; 62; 65; 69; 73 millimetrga tengdir. Mevalar kalibrovkalanganda bir Lentadan ikkinchi lentaga qiyalangan taxtadan dumalab o‘tadi va tarnovli ushlagichga borib tushadi. Liniyada mevalarga ishlov berish quyidagicha bo‘ladi. Mevalarni standartli yashiklarda liniyaga keltiriladi. Mevalar yashiklarda qabulxonaga rolgang orqali uzatiladi, undan mevalar rolikli sortirovka transportoriga o‘tadi. Bu yerda mevalarni oltita ishchi sortirovka qilib, ikki standart va standartsiz navlarga ajratadi. Ishchilar tovar sortidan kichikroqlarini terib olib lentali transportorga, standart bo‘lmaganlarini esa sortirovka transportorining o‘rtasiga qo‘yishadi va ular maxsus tarnov orqali taralarga tushadi. Tovar darajasidagi navlar (sortlar) transportor orqali liniyani saralash (kalibrovka qilish) qismiga yetkazib beriladi. Saralangan mevalar yig‘uvchi tarnovlarda yig‘ilib, yerdan ishchilar qabul qilingan sxema bo‘yicha yashik¬larga joylashtirishadi. Joyda 12—16 kishi ishlaydi. Agarda mevalarni yashiklarga termasdan to‘kib solinadigan bo‘lsa, xolda yashiklarni prujinali stolga qo‘yilgan xolda to‘ldiriladi. Bunda tarnovdan kelgan mevalar solinadi. To‘lgan yashiklar rolganga qo‘yiladi va tebratma qurilmasiga tomon suriladi. Yerda mevalar cho‘ktirib joylashtiriladi (oralarida bo‘sh joy qnoksligi uchun). Liniyaning ish unumi soatiga 3 tonna, umumiy uzunligi – 25 metr. Elektrodvigatelning quvvat sarfi – 3,2 kVt. Liniyaning umumiy og‘irligi 4260 kilogramm. . Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling