1-Bob Nokning xalq xoʻjaligidagi axamiyati
Mevachilikning xalq xoʻjaligidagi axamiyati
Download 0.7 Mb.
|
Asilbek Mirzaliyev
1.2 Mevachilikning xalq xoʻjaligidagi axamiyati
Meva va rezavor mevalarda odamning xayoti uchun foydali bo‘lgan qand, organik kislota, oqsil, yog‘, mineral tuz, vitamin va ovqatning xazm bo‘lishni yaxshilaydigan boshqa moddalar ko‘p. Mevalardagi vitaminlar ayniqsa foydalidir. Na’matak, sitrus o‘simliklarning mevalarida, yong‘oq, o‘rik, nok va boshqalarda vitaminlar ko‘p, shaftoli, olcha va olxo‘rida kamroq bo‘ladi. Mevalarning tarkibi bir xil bo‘lavermaydi. Ularda boshqa moddalarga qaraganda, uglevodlar ko‘proq bo‘ladi. Pishgan mevalardagi uglevodlarning asosiy qismini qand tashkil qiladi. Nok va nokda 10 – 15 %, shaftolida 7 – 12 %, o‘rikda 9 – 19 %, olchada 8 – 14 %, olxo‘rida 8 – 16 %, anjirda 20 – 25%, anorda 14 – 21%, xurmoda 17 – 18%, qulupnayda 5 – 8% gacha uglevod bor. Aksari mevalarda oqsil va yog‘ kamroq bo‘ladi. Nok, nok va olchada oqsillar ko‘pi bilan 1% gacha bo‘ladi, yog‘ esa butunlay bo‘lmaydi. Yong‘oqlarda yog‘ 70% va oqsillar 17% gacha bo‘ladi. Oziq – ovqat sanoati meva va rezavor mevalardan konservalar, murabbo, djem, murabbo, sunat va vino tayyorlaydi. Meva va rezavor mevalarning ancha qismi quritilib qoqi qilinadi. Mevachilik qishloq xo‘jaligining serdaromad tarmoqlaridan biridir. Hozirgi kunda bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari meva bog‘lari va tokzorlardan har yili bir necha millionlab daromad olmoqdalar. Qishloq aholisi tomorqalaridagi bog‘lardan olinayotgan meva hosili nafaqat qishloq aholisini balki shaharda yashovchi aholini ta’minlash uchun ketadi. Meva daraxtlari bilan parklar, skver va bulvarlar, ko‘cha va hovlilar, tomorqalar ko‘kalamzor qilinadi, bu daraxtlar kanal chetlari va yo‘l yoqalariga ham o‘tqazilib, xushmanzara qiladi, mustahkamlaydi va meva beradi. O‘rik, yong‘oq, nok singari baland bo‘yli meva daraxtlari ekinlarni shamoldan yahshi himoya qilganliklari tufayli, ular ixota daraxtzorlari sifatida ham o‘tqaziladi. Ko‘pgina meva daraxtlarining yog‘ochidan qimmatbaho buyumlar tayyorlanadi. Yong‘oq daraxtining yog‘ochi, ayniqsa uning tanasidagi buqog‘i yog‘ochsozlik sanoatida juda qimmat baholanadi. O‘rik, nok, nok va boshqa meva daraxtlarining yog‘ochidan uy ro‘zg‘or buyumlari va qishloq xo‘jalik asboblari yasaladi. Ba’zi mevalarning urug‘laridan oziq-ovqat va texnika ehtiyojlari uchun ketadigan moy, yong‘oq po‘chog‘idan tanin va anor po‘chog‘idan qimmatbaho o‘simlik bo‘yog‘i ishlab chiqariladi. O‘rik danagi mag‘zi, yong‘oq mag‘izlari qandolatchilik maxsulotlarini tayyorlashda keng qo‘llaniladi. Shaftoli danagi mag‘zini qayta ishlab, undan farmatseftika sohasi uchun qimmatli moy va boshqa dorivor moddalar olinadi. Xullas mevachilikning xalq xo‘jaligidagi o‘rni beqiyos, kundalik xayotimizni meva – chevalarsiz tasavvur qilish qiyin. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling