1-Bob Nokning xalq xoʻjaligidagi axamiyati


-Bob . Nok xosilini yigʻishtirish va mevasin saqlash


Download 0.7 Mb.
bet5/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1556190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Asilbek Mirzaliyev

2-Bob . Nok xosilini yigʻishtirish va mevasin saqlash
2.1. Mevalarni yigʻib terishga qoʻyiladigan talablar
Hosilni terib olish — bog‘dorchilikda juda sermehnat ish jarayonidir. Juda ko‘p ishchi kuchi va transport vositalari talab qiladi. Meva hosilnni yig‘ib olish, uni yetishtirish uchun sarflangan barcha mehnatning 40—60 protsentini tashkil qiladi.
Mevalarni to‘kib-sochmasdan, urintirmasdan terib olish va ularni o‘z vaqtida iste’molchilarga yetkazib berish meva terilayotganda qo‘yiladigan asosiy talablardir.
Mevalarni o‘z vaqtida terib olishning ahamiyati katta. Pishmasdan oldin uzilsa yoki terib olinsa, xom mevalar uzoq vaqt saqlanmaydi va shirinligi yetarli bo‘lmaydi. Terish kechiktirilsa, mevalar ko‘plab to‘kilib ketadi, ularni mazasi va sifati yo‘qoladi.
Meva xosili qURUQ havoda 4—6 kun ichida terib olinadi.
URUG‘LI mevalarni bandi bilan sekin, ehtiyot qilib teriladi. Ezilgan, urilgan, yaralangan va bandi singan mevalar sifati past bo‘ladi.
Uzum xosilini uzishda tok qaychi ishlatiladi va hosil savat yoki yashiklarga bir-ikki qavat qilib teriladi. “Meva va uzumlar solinadigan, tashiladigan savatlar, yashiklar yengil, mustahkam bo‘lishi va o‘tkir qirrali bo‘lmasligi kerak.
Hosil meva daraxtining turli qismida bo‘lishi va ularning tezda zaxlanishi meva teradigan mashinalar yaratishni kiyinlashtiradi. Bulardan tashqari mevali daraxtlar katta va kichik hamda har xil shakllarda bo‘ladi. Hozirgi vaqtda saqlanadigan mevalar qo‘l bilan mashinada turib teriladi. Mevalar mashinada terilganda daraxtlarni silkitish yo‘li bilan ishlaydigan mashinalar ishlatiladi. Bunday terilgan mevalarning sifati terish vaqtiga, silkitish amplitudasiga, o‘rnatish nuqtasiga va silkinish davriga bog‘liq bo‘ladi. Silkitilganda mevalar ko‘chma brezentli chodirlarga yig‘iladi. Bu mevalarni zaxalanishini kamaytiradi.
Hosil yig‘ishni mexanizatsiyalash uchun bir vaqtda pishib yetiladigan sortlarni tanlab olinadi. Hosilning 80—85% uzib olinadigan darajada pishib yetilganda ular yig‘ib-terib olinadi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling