1-Bob Nokning xalq xoʻjaligidagi axamiyati
Download 0.7 Mb.
|
Asilbek Mirzaliyev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qishki nashvati 2 navi
- Lesnaya krasavitsa navi
- Lyubimitsa klappa navi
- Levovasser navi
- Mramornaya rassoshansk navi
1.1 Nok navlarining tavsifi
Vilyams navi – G‘arbiy Yevropada yaratilgan. Respublika bo‘yicha Davlat reyestriga kiritilgan. Nav kech kuzgi,mevasi avgustning birinchi O‘n kunligida pishadi.Daraxtning bo‘yi o‘rtacha 5,4 m, to‘rtinchi yili hosilga kiradi.Hosildorligi – 138,9 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 232,9 s/Ga ni tashkil etadi. Mevasi uzunchoq noksimon shaklda bo‘lib,yuzasi g‘adir-budur, po‘stlog‘i yupqa, yaltiroq, yetilganda mum tusli sariq, mayda nuqtalari bor.Mevasining o‘rtacha vazni 140g.Eti mayin,sershira,mazasi juda ham yaxshi.Mevasining pishgan vaqtidagi ta’m bahosi – 4,9 ball. Qishki nashvati 2 navi – Akademik M.Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va Vinochilik ilmiy-tadqiqot Institutida yaratilgan.Qoraqalpog‘iston Respublikasi,Buxoro,Navoiy,Qashqadaryo,Samarqand,Surxondaryo,Toshkent,Jizzax,Sirdaryo,Xorazm viloyatlari bo‘yicha Davlat reyestriga kiritilgan. Nav qishki, mevasi oktabrning birinchi o‘n kunligida pishadi. Hosildorligi – 228,5 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 310,8 s/ga ni tashkil etdi. Nok daraxtining bo‘yi baland bo‘lib, 10,3 m, shox-shabbasi keng soyabonsimon, oltinchi yili hosil bera boshlaydi. Mevasi bochkasimon,ustki qismi silliq, rangi sariq, mevasining o‘rtacha vazni 177 g. Eti oq sershira, sarg‘ish juda qumoq, zich, sal nordon, mevasining pishgan vaqtidagi ta’m bahosi – 4,5 ball. Lesnaya krasavitsa navi – Belgiyada yaratilgan. Respublika bo‘yicha Davlat reyestriga kiritilgan. Yozda iste’mol qilinadigan xo‘raki nav. Mevasi iyulning ikkinchi o‘n kunligida pishadi. Hosildorligi – 228,3 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 299,2 s/ga ni tashkil etadi.Nok daraxtining bo‘yi o‘rtacha 5,8 m, shox-shabbasi qalin va keng piramidasimon. Ekilgandan keyin to‘rtinchi yili hosilga kiradi. Mevasi tuxumsimon-noksimon, tilla rang sariq,yaqqol qizg‘ish g‘uborlari bor,mevasining o‘rtacha vazni–125g.Eti sarg‘ish oq,sershira,mayin,moyli,mazasi shirin.Mevasining pishgan vaqtidagi ta’m baho 5.8 bal. Lyubimitsa klappa navi – AQShda yaratilgan. 1959-yildan Respublika bo‘yicha Davlat reyestriga kiritilgan. Yozda iste’mol qilinadigan xo‘raki nav. Mevasi iyul oyining uchinchi o‘n kunligida pishadi. Nok daraxtining bo‘yi o‘rtacha – 6,5 m. Ekilgandan keyin beshinchi yili hosilga kiradi.Hosildorligi – 72,4 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 110,3 s/ Ga ni tashkil etadi. Mevasi kalta noksimon, pishganda sariq, yorqin qizil g‘ubori bor. Mevasining o‘rtacha vazni – 136 g. Eti oq, sershira, og‘izda erib ketadigan darajada, mazasi nordon-shirin, xushbo‘y, juda shirin. Mevasining pishgan vaqtidagi ta’m bahosi – 4,5 ball. Levovasser navi – Fransiyada yaratilgan. Qashqadaryo Viloyati bo‘yicha Davlat reyestriga kiritilgan. Nav qishki, mevasi oktabrning birinchi o‘n kunligida pishadi. Nok daraxtining bo‘yi baland – 7,1 bo‘lib, yettinchi yili hosilga kiradi. Hosildorligi – 83,6 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 145,2 s/ga ni tashkil etadi.Mevasi noksimon,meva bandi tomoni juda toraygan, po‘stlog‘i sariq rangda bo‘lib, ko‘p sonli zangsimon nuqtalari bor.Mevasi yirik,o‘rtacha vazni–180g.Eti oq,zich,sershira,mazasi nordon-shirin.Mevasining pishgan vaqtidagi ta’m bahosi – 4,5 ball. Mramornaya rassoshansk navi – Rossiya Federatsiyasida yaratilgan. 2006-yildan Toshkent viloyati bo‘yicha Davlat reyestriga kiritilgan. Nav yozgi, mevasi avgustning birinchi o‘n kunligida pishadi. Daraxtning bo‘yi baland – 6,2 bo‘lib, ko‘chati ekilgandan so‘ng yettinchi yili hosilga kiradi. Hosildorligi – 163,2 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 181,2 s/ga ni tashkil etadi. Mevasi noksimon, o‘rtacha kattalikda, mevaning band tomoni juda toraygan, po‘stlog‘i och-sariq rangda bo‘lib, silliq, mevasi yirik, o‘rtacha vazni – 160-240 g. Eti oq yoki qaymoqrang, zich, sershira, mazasi shirin. Mevasining pishgan vaqtidagi ta’m bahosi – 4,8 ball.Olivye de Serr navi – Fransiyada yaratilgan.Respublika bo‘yicha Davlat reyestriga kiritilgan. Bu nav qishki, mevasi sentabrning uchinchi o‘n kunligida pishadi. Nok daraxtining bo‘yi past – 3,4 bo‘lib, shox-shabbasi keng, piramidasimon. Nok daraxti ekilgandan so‘ng beshinchi yili hosilga kiradi. Hosildorligi – 223,1 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 333,8 s/ga ni tashkil etadi.Mevasi yassi-dumaloq, yuzasi g‘adir-budur, pishganda och sariq, qizil g‘uborli rangga kiradi. Mevasining o‘rtacha vazni – 157 g.Eti oq sarg‘ish, sershira, og‘izda eriydigan darajada yumshoq,moyli, mazasi nordon-shirin. Mevasining pishgan vaqtidagi ta’m bahosi – 4,7 ball. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling