1-Bob Nokning xalq xoʻjaligidagi axamiyati
Download 0.7 Mb.
|
Asilbek Mirzaliyev
2.2. Mevalarni terib yigʻishtirish muddatlari va usullari
Mevalarni terish, yig‘shtirib olish muddati va texnologik talablarga to‘liq rioya kilingan holda o‘tkazish mahsulotni nafakat sifatiga, balki ularni saklash muddatiga xam katta ta’sir ko‘rsatadi. Pishmasdan uzib olingan meva va uzumlar nordon, shirasi kam, bemaza va rangi xunuk bo‘ladi. Saklashda ko‘p o‘tmay burishib qoladi, erta terilgan meva nozik bo‘ladi va juda tez buziladi. Meva va uzumlarni kech terib olinishi ham uning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ular mazasiz bo‘lib, saklanayotganda tez buziladi. Kechiktirib terilgan nok, noklar tez yumshab, mevasi unsimon holga keladi. Mevani terish muddatlari mahsulotning kanday maksadlarda ishlatilishiga karab belgilanadi. Shunga asosan mevalar fiziologik, biokimoviy jihatdan to‘la terimbop bo‘lib yetilish va texnik yetilish turlarga bo‘linadi. Urug‘lari shakllanib, ko‘ng‘ir tusga kirgan va zarur moddalarni to‘plagan mevalar fiziologik yetilgan xisoblanadi. Mevaning texnik yetilishi, ularning holatiga karab belgilanadi. Shu vaktda mevalar eng yaxshi sifatga ega bo‘lib, kayta ishlash sanoatining talablariga mos keladi. Ko‘pincha mevalar dumbulligida uziladi. Masalan, murabbo pishirishda olxo‘ri, o‘rik va yer tuti kabi mevalar dumbul holida teriladi. Shunda ular kaynatilgan vaktda ezilmaydi. Texnik yetilish davrida terilgan mevalar yaxshi tashiladi, oddiy usulda yuklash-tushirish mumkin. Mevalarni iste’molchilarga aynimagan holda yetkazishga imkon beradigan holati terimbop yetilish deb ataladi. Bu davrda hosil o‘z naviga xos kattalikda va rangga mos kelishi kerak. Terimbop yetilish davri ikkiga bo‘linadi: a) mevalar darhol iste’mol uchun yaraydigan darajada yetilgan bo‘ladi, bu holda terimbop yetilish davri bilan iste’mol darajasida yetilish davri bir vaqtga to‘g‘ri keladi; mevalar saqlash vaktida to‘la yetilish uchun ular endi yetila boshlagan paytida yig‘ishtirib olinadi. Iste’mol qilish uchun yaraydigan darajada yetilish, bu davrda mevalar to‘la pishib yetilgan bo‘ladi. Har bir navning o‘ziga xos ta’mi, hidi, rangi va eti shakllangan bo‘ladi. Shu davrda yig‘ib olinmagan hosil pishib o‘tib ketadi, natijada sifati pasayadi va buzila boshlaydi. Hosilni yig‘ib-terib olishni muddatlarini aniklashda mevani tur va navlarining biologik xususiyatlari, ob-havo sharoiti, ko‘llaniladigan agrotexnik tadbirlardan tashkari, hosil mikdori, xo‘jalikning ishchi kuchi bilan kanday ta’minlanganligi, mahsulot tashiladigan manzilning uzokligi va boshka omillar hisobga olinishi kerak. Urug‘li mevalardan nok, nok, behi yetilish vaktiga qarab yozgi, erta kuzgi, erta kishki va kishki navlardan iborat besh guruhga bo‘linadi. Saklash uchun mo‘ljallangan mevalar iste’mol kilish darajada yetilishdan ancha ilgari terib olinadi. Bunda ularni imkon boricha, kechrok, ammo sovuk tushguncha yoki yog‘ingarchilik boshlanguncha yig‘ib olish kerak. Hosil kechiktirib yig‘ishtirilganda mevalar yanada yiriklashadi, rangi, hidi va ta’mi yaxshilanadi. Qishki navlar kishda yaxshi saklanadi. Qishki nok navlari ob-havo sharoitiga karab imkoni boricha kechrok teriladi. Kuzgi nav mevalari to‘la pishib yetilishiga taxminan o‘n kun kolganda, yozgi navlar esa dumbulrok, ya’ni to‘la yetilishidan 5-6 kun ilgari terib olinadi. Bu mevalarni uzok joylarga jo‘natish mumkin. Och rangli noklarni terish vaktida ular sirtini kamida 75 foizi o‘ziga xos tusga kirishi lozim. Qizil noklar saklanayotganda ularning rangi ortiqcha kizarmaydi. Yashil va sarik noklarning rangi saklashda yana ham tiniklashadi. Uzoq saqlashga qo‘yiladigan mevalar maxsus inventarlar yoki meva yig‘ish platformalarini qo‘llash bilan qo‘lda teriladi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling