1-bob. O„zbek tilida qo„shma gap haqidagi sintaktik nazariyalar 1-§. O„zbek tilida qo„shma gaplarning o„rganilish tarixi


Download 72.3 Kb.
bet18/19
Sana09.01.2022
Hajmi72.3 Kb.
#257320
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word

Xulosa
Ishdan quyidagi umumiy xulosalarga kelindi:
1. Qo„shma gap mavzusi nafaqat o„zbek tilshunosligida, balki jahon
tilshunosligida mukammal o„rganilgan bo„lishiga qaramay uzluksiz ta‟lim
bo„g„inlarida mavzuni o„qitishga doir muammolar o„z yechimini to„la topgani
yo„q.
2. Qo„shma gap turlarining maktab, akademik litsey, oliy ta‟lim darsliklarida
hatto nomlanishida uzilishlar mavjud. Bog„langan qo„shma gap, bog„lovchisiz
qo„shma gap terminlari o„zi atayotgan tushuncha mohiyatini to„la qamrab olmaydi.
Mavzuni tushuntirishda noaniqlikni keltirib chiqaradi. Go„yo faqat shu turi
bog„langan, boshqalari bog„lanmagandek.
3. Bog„lovchisiz qo„shma gap qismlari ham bog„lanadi, faqat ohang
yordamida. U “bog„lovchisiz” emas.
4. Tilshunosligimizda hatto «qo„shma gap» terminining nomlanishi maqsadga
muvofiq emasligi ilgari srilmoqda. Teng qismli murakkab qurilmalarning
an‟anaviy tilshunoslikda bog„langan va bog„lovchisiz qo„shma gaplar tarzida
o„rganilishida terminologik nomutanosiblik mavjud. Bunda til birliklarining
iyerarxik munosabati qonuniyatlari meyoriga amal qilinmagan. Pog„onali
munosabat qonuniyatiga ko„ra, tilning va nutqning har bir birligi o„zidan katta
birlik sathidagina sintaktik faollik olishi mumkin. Shu bois gap ham gap ichida
emas, balki o„zidan katta birlik – matn doirasida sintaktik faollik olishi
shubhasizdir. Shuning ularni murakkab sintaktik qurilma deb atash maqsadga
muvofiqdir.
5. Tobe tarkibli qo„shma gaplar uzluksiz ta‟lim bo„g„inlarida ergashgan
gaplar, ergash gapli qo„shma gaplar, tobe gapli qo„shma gap, bosh gap, ergash gap,
tobe gap, hokim gap, havola bo„lakli gap kabi terminlar bilan yuritiladi. Terminlar
bir xilligi ta‟minlanishi kerak.
37

Download 72.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling