1-bob. O„zbek tilida qo„shma gap haqidagi sintaktik nazariyalar 1-§. O„zbek tilida qo„shma gaplarning o„rganilish tarixi


Download 72.3 Kb.
bet12/19
Sana09.01.2022
Hajmi72.3 Kb.
#257320
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word

Ergash gap turlari
Ma‟lumki, ergash gap bosh gapni yoki uning biror bo„lagini izohlash,
aniqlash, to„ldirish uchun xizmat qiladi. Shunga ko„ra ergash gap ikki katta
guruhga bo„linadi: 1) Bosh gapning biror qismini izohlovchi: 2) butun bir bosh
gapni izohlovchi ergash gap. Masalan: Dunyoda shunday odamlar bo„ladiki,
ularning hayoti, qilgan ishlari, bosib o„tgan yo„llari biz uchun yuksak namuna
bo„lib xizmat qiladi. (O.Yoqubov). Kechasi shudring tushmagan bo„lsa ham, oyoq
ostidagi maysalar, daraxt yaproqlari nam va muzdek edi. (O.Yoqubov) Birinchi
gap tarkibidagi ergash gap (ularning hayoti, qilgan ishlari, bosib o„tgan yo„llari biz
uchun yuksak namuna bo„lib xizmat qiladi.) Bosh gapdagi aniqlovchi (shunday) ni
27
izohlagan bo„lsa, ikkinchi gap tarkibidagi (kechasi shudring tushmagan bo„lsa
ham) ergash gapi bosh gapni to„siqsizlik munosabati orqali butun holda izohlagan.
Bosh gapning biror bo„lagini izohlaydigan ergash gaplarga ega, kesim,
aniqlovchi, to„ldiruvchi ergash gaplar; bosh gapni butun holda izohlovchi ergash
gaplarga payt, o„rin, sabab, maqsad, shart, to„siqsiz, ravish, mikdor daraja,
o„hshatish natija ergash gaplar kiradi.
Kesim ergash gap bosh gapdagi ko„rsatish olmoshi bilan ifodalangan kesimni
izohlab keladi. Bunda bosh gapning kesimi vazifasida shu, shunday, shu bo„ldi,
shundan iborat so„zlari keladi. Ergash gap shu so„zlarni izohlagani holda bosh
gapga ki bog„lovchisi yordamida birikadi. Masalan: Farqi shuki, men madaniy
navlarni chatishtirardim. (O„.Usmonov)
Ega ergash gap bosh gapning olmosh bilan ifodalangan ega bo„lagini izohlab,
kim? Nima? so„roklaridan biriga javob buladi. Ega ergash gap bosh gapga
quyidagicha birikadi.
1.Ergash gapning kesimi shart mayli shaklida bo„ladi. Bunda bosh gapning
egasi, u, o„sha, o„zi kabi olmoshlar bilan ifodalanadi. Masalan: Kimki birovning
payini qirqsa, o„ziniki ham qirqiladi. («Ajoyib nasihatlar») Kimki o„tmishni yaxshi
bilsa, u hozirgi zamon qadriga yetadi.
2.Ergash gapning kesimi aniklik maylida bo„ladi. Masalan: Kim o„zini hurmat
qilar ekan, u boshqalarni ham hurmat qiladi.
3. Ega ergash gap bosh gapdan keyin kelib, bosh gapga -ki aniklov
bog„lovchisi orqali birikadi: Shu narsa ravshanki, o„tmishni bilmasdan turib,
hozirgi zamon qadriga yetib bo„lmaydi.
To„ldiruvchi ergash gap bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan to„ldiruvchini
(yoki bosh gapda qo„llanmagan to„ldiruvchini) izohlaydi va bosh gapda
quyidagicha birikadi:
Ergash gapning kesimi shart maylida buldi. Masalan: Kimda gumon bulsa uni
kuzdan kochirma gapi tarkibidagi ergash gap (kimda gumon bo„lsa) bosh gapda
uni tuldiruvchisini izoxlagan.
28
To„ldiruvchi ergash gap -ki bog„lovchisi orkali birikadi. Masalan: Men hech
bir vaqt inkor qilmaymanki, yolgiz o„z g„arazli yo„lida ish qiluvchi kishilar bizda
ham yo„q emas. (A.Qodiriy)

Download 72.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling