1-bob. O„zbek tilida qo„shma gap haqidagi sintaktik nazariyalar 1-§. O„zbek tilida qo„shma gaplarning o„rganilish tarixi


Download 72.3 Kb.
bet10/19
Sana09.01.2022
Hajmi72.3 Kb.
#257320
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word

Ergashgan qo‘shma gap


Ergashgan qo’shma gap tarkibidagi qismlarning biri ikkinchisiga mazmunan,
grammatik va intonatsiya jihatidan tobe bo„lib, uni aniqlash, to’ldirish kabi
vazifalarni bajaradi. Shuning uchun ham qismlardan biri hokim ikkinchisi tobe
sanaladi. Bunda ergashgan qo„shma gap tarkibidagi hokim qism bosh gap,
tobelanib kelgan qism esa ergash gap deb ataladi. Ergash gap bosh gapni yoki
uning biror bo’lagini izohlash, aniqlash, to’ldirish uchun xizmat qiladi. Masalan:
Gar kishi olmasa hayotdan ta‟lim, Unga o„rgatolmas hech bir muallim.(Rudakiy)
Bu gapda Unga o’rgatolmas hech bir muallim bosh gap, Gar kishi olmasa hayotdan
ta‟lim ergash gap. Ergash gap bosh gapni shart munosabatiga ko’ra izohlagan.
Ergashgan qo„shma gapda bosh gapning kesimi ko’pincha to’liq shakllangan
bo’ladi, lekin ergash gapning kesimi ko’p hollarda to’liq shakllanmaydi, shu
tufayli ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi vositalar, asosan, ergash gapning
kesimi tarkibida keladi yoki undan so’ng qo’shiladi. Masalan: O’z darajasiga
munosib o’ringa bilib o’tirsang, bu o’rindan seni hech kim qo’zgatolmaydi gapida
ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi vosita (-sa) ergash gapning kesimi tarkibida
kelgan.



Download 72.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling