1-bob. O„zbek tilida qo„shma gap haqidagi sintaktik nazariyalar 1-§. O„zbek tilida qo„shma gaplarning o„rganilish tarixi
Download 72.3 Kb.
|
Документ Microsoft Office Word
Bog‘langan qo‘shma gap
Qismlarning o’zaro teng aloqaga kirishuvidan tuziladigan gap bog„langan qo„shma gap deyiladi. Boshlangan qo’shma gap kismlari o’zaro biriktiruv bog’lovchilari( va, hamda), zidlov bog’lovchilari (ammo, lekin, biroq, balki), ayiruv bog’lovchilari (yo, yoki, yohud, dan..., goh-goh, ba‟zan ... ba’zan, hali. .. hali, bir-bir), teng bog’lovchi vazifasidagi -da, -u(-yu) , na... na yuklamalari, shuningdek, bo’lsa, esa yordamchilari vositasida bog„lanadi. Shunga ko„ra bog„langan qo’shma gaplarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1. Biriktiruv bog„lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gap. 2. Zidlov bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gap. 3. Ayiruv bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gap. 4. Teng bog’lovchi vazifasidagi yuklamalar yordamida bog’langan qo’shma gap. 5. Bo’lsa, esa yordamchi so’zlari vositasida bog’langan qo’shma gap. Biriktiruv bog’lovchilari (va, hamda; ba’zan shu vazifadagi ham yuklamasi) yordamida bog’langan qo’shma gap tarkibidagi qismlardan bir paytda yoki ketma-ket ro’y beradigan voqea-hodisalar anglashilib turadi. Masalan: Haqiqat va to’g’rilikni sevadigan odam doim vijdoni farmoniga itoat qiladi va uning vijdoniga hech kim hokim bo’la olmaydi. Zidlov bog„lovchilari (lekin, ammo, biroq, balki) yordamida tuzilgan bog’langan qo’shma gap qismlari mazmunan bir-biriga zid bo’ladi. Masalan: Har qanday narsada isrofgarchilik bor, ammo yaxshilikda isrof bo„lmaydi. («Ajoyib nasihatlar»). Ayiruv bog’lovchilari (yo, yoki, yohud, goh,..., goh, dan.. dan, ba‟zan .. ba‟zan..) yordamida tuzilgan bog’langan qo„shma gapda birini tanlash lozim bo’lgan yoki galma-gal ro’y beradigan voqea-hodisalar ifodalanadigan qismlar birikadi. 15
a) yo (yo.., yo) yo., yo bo„lmasa, yoki (yoki.., yoki) yo..yoki; hoh..hoh bog’lovchilari birini tanlash lozim bo„lgan voqea-hodisalarni ifodalovchi qismlarni birlashtiradi. Masalan: Yo ko’k unga o„z sirlarini ochishni tilamas, yo uning aql ko’zgusi xiralashib qolgan. (O.Yoqubov) b) goh..., goh; dan.. ,dan; ba’zan... ba’zan bog’lovchilari galma-gal ro’y beradigan voqea-hodisalarni ifodalovchi qismlarni bog’laydi. Masalan: Ba’zan oy zarin kokillarini yer yuziga yoyib yuboradi, ba’zan bulut oy yuzini qoplab oladi. (Oybek.) Teng bog’lovchilari vazifasidagi yuklamalar yordamida tuzilgan bog’langan qo„shma gaplar qismlaridan bir paytda yoki ketma-ket ro’y beradigan voqeahodisalar yohud mazmunan zid bo„lgan voqea-hodisalar anglashilib turadi. Bunda -u(-yu), -dan, na..na yuklamalari bog’lovchilarining vazifasini bajaradi. Masalan: Oyko’l ilgari alohida xo’jalik edi-yu, kattagina idorasi bor edi.(P.Qodirov) Ikki tomondagi kitoblarga to’lib turadigan qubbali javonlarda na bir kitob bor, na bir qo„l yozma bor. (O.Yoqubov) qiyoslanishi anglashiladi. Masalan: Oliy himmatli kishi, mard odam bir lahzada do’st orttiradi pastkash esa necha yillik oshnaligini bir lahzada barbod qiladi. Download 72.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling