1-bob. O„zbek tilida qo„shma gap haqidagi sintaktik nazariyalar 1-§. O„zbek tilida qo„shma gaplarning o„rganilish tarixi


-§. Qo‘shma gap turlarini nomlovchi terminlar xilma-xilligi


Download 72.3 Kb.
bet17/19
Sana09.01.2022
Hajmi72.3 Kb.
#257320
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word

3-§. Qo‘shma gap turlarini nomlovchi terminlar xilma-xilligi
O„zbek tilshunosligida bog„lovchisiz bog„langan qo„shma gaplar tadqiqiga
maxsus monografik ishlar bag„ishlanmagan bo„lsa-da, mazkur mavzuni mutlaqo
ishlanmagan deb bo„lmaydi. Bu sohada darslik va o„quv qo„llanmalarida,
27 Nurmonov A., Maxmudov N., Axmedov A., Solixo„jayeva S. O„zbek tilining mazmuniy sintaksisi. – Toshkent: Fan, 1992,
176-b.
33
shuningdek, ayrim monografik tadqiqotlarda olimlarimiz ilmiy mulohazalari
berilgan. Mazkur mavzu bo„yicha, ayniqsa, G„.Abdurahmonov va M.Asqarova
kabi yetakchi tilshunoslar tomonidan aytilgan fikrlar muhim ilmiy salmoqqa
egadir.
G„.Abdurahmonovning ilmiy-monografik ishlarida tarkibiy qismlari
bog„lovchi vazifasidagi so„zlarning yordamisiz aloqaga kirishib, yaxlit bir fikrni
ifodalovchi qo„shma gaplarning maxsus turi bog„lovchisiz qo„shma gap sanalishi
ta‟kidlanadi va bunday gaplarda ohangning hamda ayrim leksik unsurlarning
mavqei oshishi alohida uqtiriladi28.
G„.Abdurahmonovning fikriga ko„ra, bog„lovchisiz qo„shma gapni tashkil
etgan sodda gaplar mazmunan va ohangda qorishib ketadi. Ular alohida olinganda
mazmuniy va ohang tugalligiga ega bo„lmaydi. Bunday qo„shma gap tarkibiy
qismlari o„zaro qo„shilib ma‟lum bir fikrni ifodalaydi29.
Yuqorida keltirilgan fikr va mulohazalarga qo„shilgan holda shuni
ta‟kidlamoqchimizki, bog„lovchisiz shakllangan MSQ komponentlari alohida
olinganda mazmun va ohang butunligini yo„qotishi xususidagi fikr doimiy
ravishda qat‟iylik kasb etmaydigan ko„rinadi, zotan, ayrim paytlarda bog„lovchisiz
shakllangan MSQ komponentlari alohida olinganda ham mazmun va ohang
butunligi saqlanishi ko„zga tashlanadi. Fikr isboti uchun quyidagi MSQni mustaqil
sodda gaplarga ajratib ko„raylik:
Yigitlik kuchimning qaymog„ini boy oldi, men uni boy qildim (Hamza. Boy
ila xizmatchi). – Yigitlik kuchimning qaymog„ini boy oldi. Men uni boy qildim.
G„.A.Abdurahmonov bog„lovchisiz qo„shma gaplarning tuzilishida ayrim
so„zlarning qo„llanilishi, umumiy ikkinchi darajali bo„laklarning bo„lishi, ma‟lum
gap bo„laklarining har ikki qism tarkibida takroriy qo„llanilishi kabi omillar vosita
bo„la olishini mutlaqo to„g„ri ko„rsatadi va bu bilan bunday sintaktik
qurilmalarning mikromatn qolipini taqozo etishi haqidagi fikr dalili uchun zamin
28. Abdurahmonov G„. A. Qo„shma gap sintaksisi.- Toshkent, 1964, 20-21-betlar.
29
. Abdurahmonov G„. A. O„sha asar, 21-bet.
34
yaratadi30. Chunki eslatib o„tilgan omillar matn komponentlarining sintaktik
derivatsiyasini ta‟minlashda salmoqli o„rin tutadi.
M.Asqarovaning tadqiqotlarida bog„lovchisiz qo„shma gap komponentlari
bog„lovchilarsiz yoki bog„lovchi vazifasidagi grammatik formalarsiz, faqat
intonatsiya bilangina birikib, sintaktik butunlik hosil qilishi ta‟kidlanadi va bunday
qo„shma gapning ikki turi mavjudligi aytiladi:
1.Teng qismli qo„shma gap.
2.Tobe qismli qo„shma gap.
Teng qismli qo„shma gapda komponentlar bir-biri bilan mazmunan teng
munosabatda bo„ladi va o„zaro tenglik intonatsiyasi orqali birikadi. Tobe qismli
qo„shma gapda esa komponentlar tobelanish intonatsiyasi yordamida birikadi31.
Bunday mulohazalar nafaqat o„zbek tilshunosligida, balki boshqa
tilshunosliklarda ham kuzatiladi. Bu haqda ishimizning birinchi bobida eslatib
o„tilgan edi (A.N.Gvozdev, A.G.Rudnev). Nazarimizda, bog„lovchisiz qo„shma
gap haqida so„z yuritilganda «tobe qism» tushunchasi birmuncha noqulaylik
tug„diradigan ko„rinadi. Chunki tobelik haqida mulohaza yuritilganda, hokimlik
to„g„risidagi fikr ham o„z-o„zidan kun tartibiga qo„yilmog„i lozim bo„ladi va
natijada «bog„lovchisiz qo„shma gap» hamda «ergash gapli qo„shma gap»
tushunchalari qorishib ketadi. Bunday vaziyat, bizningcha, masala tavsifini ancha
murakkablashtirib yuboradi. Bu haqda R.R.Sayfullayevaning mulohazalari ham
ishning birinchi bobida keltirilgan edi.
M.Asqarovaning bog„lovchisiz qo„shma gaplarni tarkibiy qismlarining o„zaro
munosabatiga qarab bog„langan yoki ergash gapli qo„shma gap deyish qiyinligi,
bunday qo„shma gaplar ba‟zan tuzilishiga ko„ra bog„langan qo„shma gapga,
mazmunan esa ergash gapli qo„shma gapga o„xshashi xususida aytilgan fikriga
to„liq qo„shilish mumkin. Chunki ularda komponentlar munosabatlari buday
xulosaga kelish uchun to„liq imkoniyat yaratadi32.
1. Abdurahmonov G„. O„zbek tili grammatikasi.-Toshkent, 1996, 133-bet.
31
. G„ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o„zbek adabiy tili.- Toshkent,1987,223-226-betlar.
1. G„ulomov A., Asqarova M. Ko„rsatilgan asar, 223-bet.
35
M.Asqarova bog„lovchisiz qo„shma gaplar tarkibiy qismlarining bog„lanishi
har ikki qism uchun umumiy so„zlar, olmoshlar ishtirokida voqelanishi
mumkinligini ham to„g„ri ta‟kidlaydi33. Bunday mulohaza qo„shma gapning
mazkur turini mikromatn tarzida o„rganish uchun, ayniqsa, ularning derivatsion
xususiyatlari talqinini berishda muhim ahamiyat kasb etadi.
I.Rasulov ham bog„lovchisiz qo„shma gap tarkibiy qismlarining o„zaro
sintaktik munosabati xususida ancha teran fikr bildiradi: «Qo„shma gap tarkibida
kelgan ayrim so„zlar sodda gaplarning o„zaro birikishida xizmat qiladi. Tarkibida
bu xil so„z mavjud bo„lgan sodda gap ikkinchi bir gapni talab qiladi». Bundan
tashqari, olim bog„lovchisiz qo„shma gaplar komponentlarining ayrim so„zlar
takrorlanishi, gapning grammatik qurilishi, har ikki tarkibiy qism uchun umumiy
bo„lgan ikkinchi darajali bo„laklar, shuningdek, sodda gaplarning o„rni orqali
o„zaro bog„lanishini ham to„g„ri ta‟kidlaydi34.
Bog„lovchisiz qo„shma gap tarkibiy qismlarining o„zaro bog„lanishi haqida
so„z yuritganda B.O„rinboyev, yuqorida eslatib o„tilgan vositalar bilan bir qatorda,
sinonimlar, antonimlar, kirish so„zlar hamda yuklamalar ham muhim mavqega ega
ekanligini ko„rsatadi.
Mazkur fikr bilan to„liq qo„shilish mumkin, chunki qo„shma gapga matn
maqomini berishda bunday leksik vositalarning alohida xizmati bo„ladi.
2. Кўрсатилган асар, 226-бет.
4. Қаранг: Ўша асар, 246-247-бетлар.
36

Download 72.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling