1. Bog‘langan og‘zaki nutqni rivojlantirish yo‘llari. Mehnat ta’limi maktabida bayon va insho ustida ishlash metodikasi
Download 116 Kb.
|
Aqli zaif o‘quvchilarning bog‘langan og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bayon yozish jarayonida o‘quvchilar o‘qituvchiga kerakli savollar bilan murojat qilishlari mumkin.
Yordamchi maktabning 5 sinfida bayon yozishga o‘rgatish uchun: 1.rejaning birinchi punkti o‘qib chiqiladi va jamoa bilan nima xaqida yozish kerakligi muxokama qilinadi.
2.Birinchi jumlaning qanday yozilishi va qaysi orfografik qoidalarga amal qilish zarurligi ko‘rib chiqiladi. 3.Tuzilgan jumlalar daftarga yoziladi. Xuddi shu uslublar keyingi bayon yozishlarda ham ishlatiladi. Keyinchalik bu ish murakkablashib, og‘zaki ravishda ifodalanib, jumlalar butun bir abzaq shaklida yoritilishi mumkin yoki o‘quvchilar mavzuni deyarli to‘la anglab, tushunib bo‘lganidan so‘ng, og‘zaki ravishda yana bir marta ko‘rib chiqiladi, so‘ng yozma ravishda bayon yozishga kirishiladi. Ishni kuyidagi tartibda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: -Yozishga qo‘l urmasdan avval reja bo‘yicha nima yozish kerakligini eslash; -Yoziladigan jumlani esga tushirib, shivirlab aytib ko‘rish; - so‘zlarni xatosiz yozilishini o‘ylab ko‘rish; -ruchkani qo‘lga olib, jumlani yozish; -yozilganni o‘qib, tekshirib chiqish. Bayon yozish jarayonida o‘quvchilar o‘qituvchiga kerakli savollar bilan murojat qilishlari mumkin. Reja asosida yozilgan bayondan tashqari, yordamchi maktab yuqori sinf o‘quvchilari uchun savollarga yozma ravishda javob berish usuli ham qo‘llanishi mumkin. Savollar matnni to‘liq yoki qisqartirib bayon etish uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Bog‘langan yozma nutq o‘stirishga qaratilgan maxsus ish faoliyatlaridan biri-insho yozishga o‘rgatishdir. Bayon tayyor matn asosida olib boriladi. Insho esa ijodiy faoliyat bo‘lib, o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o‘stirishga qaratilgan. Yordamchi maktab o‘quvchilari uchun har qanday xayoliy ijodiy faoliyat murakkablik qiladi. Aqlan zaif o‘quvchilarga insho yozishga o‘rgatish ancha murakkabligini yoddan chiqarmaslik kekraq Insho yozishga bolani tayyorlash zarur. Buning uchun o‘qituvchi boshlab bergan xikoyani davom ettirish, savollarga javob yozish, tashlab ketilgan jumlalarni tiklash, berilgan so‘zlar ishtirokida matn tuzish, ko‘makchi so‘zlardan foydalanib, ishni tashkil etish tavsiya etiladi. Odatda o‘quvchilar uchun mavzuni boshlab berish uslubi ijobiy natija beradi, chunki boshlash yoki oxirini yozish o‘quvchilardan kuch talab etadi. Boshlanilgan insho mavzusi o‘quvchilar bilan birgalikda muzokara qilinib, so‘ng oxirgi kismni o‘ylab, yakunlashtiriladi. Bu usulni qo‘llashda shunisi muximki, o‘quvchilar o‘qituvchi yordamida, yoziladigan jumlalarni bir necha variantlarini keltirib, so‘ng bir bitimga kelishilib, inshoni yozadilar. Insho mavzusi o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otadigan bo‘lib, xajmi uncha katta bo‘lmasligi kerak. Insho o‘quvchilarda ijobiy ta’surot qoldirib, ularni emoqional jixatdan jonlantirib yuboradigan bo‘lishi keraq Mavzu o‘quvchilar diqqatini tortmasa, ularda qiziqish uyg‘otmasa, tabiiyki ijobiy natija bermaydi. Bolalarda insho yozishga qiziqishni uyg‘otishda yengilroq mavzudan, murakkabroq mavzuga o‘tish uslubini qo‘llab, har bir mavzuni mantiqaviy tuzilishi aloxida ko‘rib chiqilishi lozim. Bunda quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiq: 1.Mavzu konkret, aniq bir masalaga qaratilgan bo‘lishi keraq 2. Malum konkret faktni o‘quvchilar o‘zlari belgilaydi. Inshoda umumiy xolat ham mustaqil yoritilishi lozim; 3.O‘quvchilarda mavzu sababiy bog‘lanishni o‘ylashga qaratilgan bo‘lib, qanday xolat natijasida nima sodir bo‘lganini tushuna bilishlari keraq (sabab-oqibat); 4.Mavzu qarama-qarshi xolatni keltiradi (kim kuladi, kim xafa bo‘ladi kabi) 5.Mavzu konkret tushunchaga olib keladi (faxm-farosatli bola)6.Mavzu shunday tanlanishi kerakki, undagi bir xolat ikkinchi xolatni inkor etadigan bo‘lsin (so‘zlagandagina botir edi). Gnezdilov M.F. yordamchi maktabda inshoni kuyidagi bosqichlar bo‘yicha yozishga o‘rgatishni tavsiya etadi: -Insho mavzusini anglab olish; -Insho konkret mavzuga qaratilganligini tushunish; -Reja tuzish; -Insho yozishga tayyorgarlik ko‘rish( matnni butunligicha,yaxlit yoki ayrim qismlarini ko‘rib chiqish, noaniq so‘zlarni aniqlash, tushuntirish); -Inshoni yozish. Mavzuni to‘g‘ri va aniq tushunishi inshoning muvaffaqiyatini belgilaydi. Download 116 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling