1. Bog‘langan og‘zaki nutqni rivojlantirish yo‘llari. Mehnat ta’limi maktabida bayon va insho ustida ishlash metodikasi


O‘quvchilarning gap ustida ishlash va gap tuzish mahoratini kengaytirish (nutqning sintaktik tomoni ustida ishlash)


Download 116 Kb.
bet9/10
Sana28.12.2022
Hajmi116 Kb.
#1023582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Aqli zaif o‘quvchilarning bog‘langan og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish metodikasi

O‘quvchilarning gap ustida ishlash va gap tuzish mahoratini kengaytirish (nutqning sintaktik tomoni ustida ishlash).
Sintaksisning asosiy obyekti - so‘z birikmasi va gapdir. Sintaksis kursi leksikologiya, fonetika, orfografiya, morfologiya, punktuatsiya, nutq o‘stirish bilan bog‘lanadi.
Sintaksis o‘qitishda o‘qituvchi bog‘lanishli nutqga alohida e’tibor beradi, chunki sintaksisdan olib boriladigan darslarning asosini bog‘lanishli nutq tashkil etadi. Gap - fikrni og‘zaki va yozma ifoda etishning yagona formasi. Shuning uchun nutqning sintaktik tomoni ustida ishlash jarayonida o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini o‘stirish, bilish faoliyatidagi kamchiliklarni korrekqiyalash asosiy vazifa hisoblanadi.
Gap - fikrning eng kichik bo‘lagi. O‘quvchi gap orqali ko‘zlagan maqsadi xaqida xabar berishi, tinglovchidan biror voqea hodisani so‘rashi, his - xayajon va buyurish kabi mazmunni ifodalashi mumkin.
Ma’lumki, tilning qurilishi, uning tayanch vositalari bolaning ongida shakllangan bo‘lib, me’yorda rivojlangan bola gapdan bemalol foydalana olish kunikmalariga egadir. Ona tilining grammatik qurilishidan tamomila bexabar kishi ham gapni grammatik jixatdan to‘g‘ri tuzadi. Maktab - bolalarning gap qurish mahoratini kengaytiradi va takomillashtiradn.
Grammatika va imlo (orfografiya) darslarida maxsus maktab o‘quvchilari gapning bosh bo‘laklari: ega va kesim; ikkinchi darajali bo‘laklari (aniqlovchi, to‘ldiruvchi, izoxlovchi), gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari (sodda va qo‘shma gaplar) kabi zaruriy materiallar bilan tanishadilar va bu, shubxasiz, ularning gap qurish maxoratini ancha kengaytiradi. Ona tilining izchil kursini o‘rganishda o‘quvchilardagi mavjud malaka va ko‘nikmalar rivojlantiriladi. Ular gap orqali fikrni ixcham, to‘g‘ri va ta’sirchan ifodalashning turli yullari va usullari bilan tanishadilar.
Ona tili mashg‘ulotlarida gap ustida ishlashning yo‘llari rang-barangdir. Ularning ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz.
1.Gapni ixchamlashtirish. Ixcham fikr-ta’sirchan fikrdir.
Shuning uchun nutq ustirish davrida qo‘yiladigan talablardan biri fikrni ixcham shaklda, izchillnk bilan bayon etishga urgatishdir. O‘quvchi gap tuzishda birorta ortiqcha so‘znn ishlatmasligi, maqsadni nfodalovchi so‘zni topib qullashi, so‘z va so‘z birikmalarini to‘g‘ri aloqaga kiritishi, gap bo‘laklarining oddiy va o‘zgargan tartibiga qat’iy amal qilishi lozim.
Fikrni ixcham bayon qilish uchun o‘zbek tilining imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish talab etiladi. O‘quvchilarni berilgan gaplardan mazmunga salbiy ta’sir etmaydigan ma’lum bir so‘zni tushirib qoldirshpga urgatish, gapni ixchamlashtirishga o‘rgatishning eng asosiy yullaridan biridir. Masalan, Men sinfda o‘tiribman. Men sinfdaman. Ishlagap paytda xalaqit bermang. Ishlaganda xalaqit bermang.
2.Gapni kengaytirish va toraytirish. Gapni kengaytirishning eng qulay usuli - kesimdan savol berish orqali uniig egasi va ikkinchi darajali bo‘laklarni topib o‘qishdir.
Masalan,o‘quvchilarga «Boraman», «Uchishdi», «Ko‘rganmisiz?» singari bir bo‘lakli gaplarni berib, ularni avval ikki bo‘lakliga (men boraman, qushlar uchishdi, siz ko‘rganmisiz?kabi), so‘ngra ko‘p bo‘lakliga, (qushlar qayerga uchishdi?, O‘ushlar issiq o‘lkalarga uchishdi.- Qushlar kuzda issiq o‘lkalarga uchishdi va h.k.) aylantirish topshiriladi.
Ayni vaqtda sodda yoyiq gaplarni yig‘iq gaplarga aylantirib,- gapni toraytirish usulidan fydalanish mumkin:
3. Gapning mazmunini saqlagan xolda shaklini o‘zgartirish.
Bu ish ko‘proq, berilgan gaplarda so‘zlarni, ularning ma’nodoshlari va uyadoshlari bilan almashtirish orqali, gap bilan ifodalangan kesim, ega, to‘ldiruvchi, hol, aniqlovchilarni kengaytirilgan birikmalarga aylantirish, sodda gaplardan qo‘shma gaplar va aksincha, qo‘shma gaplardan sodda gaplar hosil qilish, ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga va o‘zlashtirma gaplarni ko‘chirma gaplarga aylantirish kabi usullar bilan amalga oshiriladi.
Muloqat jarayonida fikrlar shakllanadi, atrofdagilarga bildiriladi, aytiladi va anglatiladi. Og‘zaki yoki yozma shaklda bayon etilgan fikrlar shu fikrni bildiruvchi kishi uchun ham ravshan bo‘lib qoladi. Demaq nutq muloqat jarayonida tafakkur quroli bo‘lib ham xizmat qiladi. Aloqa bog‘lash jarayonida nutq orqali fikrlar ifodalanadi, bildiriladi va tinglovchiga ta’sir etuvchi vosita sifatida xizmat qiladi.
Har bir kishining ma’naviyati, madaniyati, savodxonligi nuqiga qarab belgilanadi. Nutq orqali kishining ichki dunyosi, qobiliyati, odamgarchiligi, rostgo‘yligi va boshqa fazilatlari ham oydinlashadi.



Download 116 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling