Uchinchi bosqich (1999- yildan hozirgi davrlargacha). Bu bosqichning asosiy mohiyati bojxona ishini tashkil etish darajasini ko’tarish, kontrabanda va boshqa bojxona ishidagi jinoyatlarga qarshi kurashishini takomillashtirish va shu bilan birgalikda bojxona xizmatini kadrlar bilan ta’minlash masalalarini qayta ko’rib chiqish bo’yicha faoliyatlar olib borilib, mazkur yo’nalishlarni boshqarish maqsadida turli xukumatning xujjatlari qabul qilindi. SHu bilan birgalikda, bu bosqichni o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri yangi tahrirdagi “Bojxona Kodeksi” loyihasini ishlab chiqilishi bo’ldi.
5. Bojxona organlarining strategiyasi
Konseptsiya 6 bo’limdan iborat bo’lib, unda bojxona tizimini yanada rivojlantirish va isloh qilishdagi 5 ta ustuvor yo’nalishlar va ular doirasidagi 16 ta sohalar bo’yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Konseptsiya bo’limlari: Kirish.
Konseptsiyaning maqsadi
Bojxona xizmatining hozirgi holati, mavjud muammolar va ularni hal etish masalalari.
Bojxona tizimini yanada rivojlantirish va isloh qilishning ustuvor yo’nalishlari.
Konseptsiyani amalga oshirish bosqichlari
Konseptsiyani amalga oshirish natijasida kutilayotgan ijobiy natijalar
Bojxona tizimini yanada rivojlantirish va isloh qilishning 5 ta ustuvor yo’nalishlari va ular qamrab olgan sohalar quyidagilardan iborat:
Me’yoriy huquqiy bazani takomillashtirish: bojxona qonunchiligini, huquqiy-me’yoriy bazasini xalqaro bojxona tartib va qoidalariga moslashtirish;
Boshqaruv tizimini takomillashtirish kadrlar siyosati va xalqaro hamkorlik: boshqaruv tizimi, kadrlar siyosati; oliy harbiy bojxona institutida kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorgarlik kurslari samaradorligini oshirish; bojxona organlarida korruptsiyaga qarshi kurashish; xalqaro hamkorlik;
Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini hamda tahlil ishlarini takomillashtirish: bojxona nazorati mexanizmini takomillashtirish; bojxona rasmiylashtiruvi; boj-tarif siyosati va fiskal masalalar; bojxona statistikasi va tahlil ishlari; bojxona ekspertizasi;
Kontrabandaga qarshi kurashish va surishtiruv ishlarini takomillashtirish: kinologiya sohasini rivojlantirish; bojxona organlarida tekshiruv va surishtiruv ishlari;
Bojxona infratuzilmasini va axborot-kommunikatsion texnologiyalarini modernizatsiyalash: bojxona infratuzilmasini rivojlantirish; bojxona organlarida moliyalashtirish va maxsus fond; moddiy-texnika bazani yaxshilash; zamonaviy bojxona inshoatlarini qurilishi va ta’mirlanishi; axborot-kommunikatsion texnologiyalarini samaradorligini oshirish; Bojxona organlari faoliyatini targ’ib etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |