O’zbekiston Respublikasi «Davlat bojxona xizmati to’g’risida»gi qonunning 5moddasiga muvofiq bojxona organlarining huquqlari quyidagilardan iborat:
Tovarlar va transport vositalarini, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa, jismoniy shaxslarning o’zini ko’zdan kechirish;
Yuridik va jismoniy shaxslardan ko’zdan kechirish uchun tovarlar va transport vositalarini, shuningdek zarur hujjatlarni taqdim etishni talab qilish;
Valyuta nazoratini amalga oshirish;
Moliya, bank va boshqa tashkilotlardan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslardan eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan axborot va hujjatlarni hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa axborotni olish;
Bojxona nazoratidan o’tkazish maqsadida tovarlar hamda boshqa buyumlardan namuna va nusxalar olish;
Bojxona nazoratidan o’tkazilishi lozim bo’lgan tovarlar saqlanayotgan hududlarga va binolarga belgilangan tartibda kirish;
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir materiallarni belgilangan tartibda ko’rib chiqish hamda jismoniy va yuridik shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish;
Bojxonaga oid huquqbuzarliklarning bevosita predmeti bo’lgan tovarlar va transport vositalarini qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda ushlab turish hamda olib qo’yish;
Eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlar o’zbeqiston respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilayotganda: shuningdek aktsiz markalari qo’yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar o’zbekiston respublikasi hududiga olib kirilganda, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinganda va saqlanganda ularni musodara etish to’g’risida qaror qabul qilish;
Surishtiruv o’tkazish va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish;
Bojxonaga oid huquqbuzarliklarni aniqlashga xizmat qiladigan texnikaviy va maxsus vositalarni qo’llash.
Bojxona organlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |