Raqs: Yigitlarimiz ijrosida bayram tabrigi”Popuri”
1-boshlovchi:Bugun shunday quvonch,shunday shodiyona
Bugun quvonchlarga to’lar bu jahon
Tonggacha yayrasin kuy qo’shiq navo
Bayramingiz muborak aziz onajon.
2-boshlovchi: onaning muhabbatidan ham muqaddas va beg’ubor, beg’araz tuyg’i yo’q. Har qanday mehri –muhabbat, har qanday jushqin tuyg’u ona mehriga qaraganda zaifroqdur.
3-boshlovchi: Ona-chashma farzandlar ana shu chashmadan oliyjanoblik, ezgulik, umuman insoniylik sharobini shimirib chanqog’ini qondiradilar. Ona aziz va motabar siymo. Onalarimiz haqidagi rivoyatlar, hikoyalar necha asirlar osha ana shu ulug’ siymolarning yaxlit ramzi sifatida saqlanib kelmoqda.
1-boshlovchi:Navbatni aziz onajonlarimizni madh etuvchi sherlarga beramiz.
(Charos Najimova,Miron,Bahor,Daler,Asal)
1-o’quvchi :Ozodbek
O’zingiz umrning avvali,boshi,
Farzandlar qalbining porloq quyoshi,
Hayot chamanining mohir naqqoshi,
O’zingiz azizsiz, aziz ayollar.
2-o’quvchi:Ferangiz
Sizsiz bu dunyoning sodiq bekasi,
Bu go’zal olamning sizsiz egasi,
Sheryurak mardlarning sevgan erkasi,
O’zingiz azizsiz,aziz ayollar
3-o’quvchi:Mehrangiz
Ollox asli sizni suyib yaratmish, Qalbingizga mehrni quyib yaratmish,
Go’zal qilib sizga ko’pni qaratmish ,
O’zingiz azisiz, aziz ayollar!
4-o’quvchi : DurdonaBahor asli sizning ko’nglingizdadir,
Sadoqat va vafo yo’lingizdadir,
Dunyoning beshigi qo’lingizdadir,
O’zigiz azizsiz, aziz ayollar!
5-o’quvchi:Jalilbek
Bu foniy dunyoning jannati sizsiz,
Dunyo dunyo emas , gar qolsa sizsiz,
Olamni bor qilgan hayotbaxsh kuysiz,
O’zingiz azizsiz,aziz ayollar!
6-o’quvchi:Farzona
Sizga chin yurakdan baxtlar tilayman,
Iqboldan tojlar-u taxtlar tilayman.
Ayol bo’lganumchun shukur qilaman,
O’zingiz azizsiz,aziz ayollar!
Do'stlaringiz bilan baham: |