Sahna ko’rinishi:Onajon klip
7-o’quvchiZaxro
Ollox mo’jizasi, naqshisan ayol,
Quvonch malikasi, taxtisan ayol,
Buyuk-buyuklikda sening tenging yoq,
Bu yorug’ olamning baxtisan ayol!
8-o’quvchi: Munisa K
Yarmi ayol erur insoiyatning,
Ayollar yaratmish qolgan yarmin ham,
Ayollar yarmi erur ushbu hayoting,
Unga baxsh etadi qolgan yarmi ham.
9-o’quvchi:Hamidaoy
Dunyoning quyoshin bo’lsangiz porloq,
Oyi ham o’zingiz sohibjamollar!
Ollox joiz desa, o’zidan so’ngroq,
Bizga sajdagohingiz ,azizsiz ayollar!
Raqs :Ona qizim
2-boshlovchi:Onani madh etuvchi sherlardan tinglaymiz.
Deydilar qahrli bahodirlar ham,
Janglarda jon berar chog`i mardona.
Behad azoblarga chidab so`nggi dam.
Bitta so`z dermishlar shivirlab Ona.
Ulug` bir donishmand olamni sharqlab.
Axiyri tanibdi tuqqan elini,
Zabon baxsh etganga, ehtirom saqlab,
Ona deb atabdi, ilk bor tilini.
Dunyo shoirlari vatan sha'niga.
Sifat axtarmishlar qator va qator.
Nihoyat kelmishlar bitta ma'niga.
Ona vatan deya bitmishlar ash'or.
Bisyor bo`lsa agar bol ham beqadr.
Takror aytilganda rangsizdir kalom.
Bu yoruh olamda Vatan bittadir.
Bittadir dunyoda Ona degan nom.
1-boshlovchi
Ha, bahor-uyg‘onish, yasharish fasli. Bu faslda ko‘ngillarimiz shodlikka, zavq-u shavqqa oshufta bo‘ladi. Bahor-bayramlar, shodyonalar fasli.
2-boshlovchi:
Yaqindagina 8-mart-Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlagan edik. Endi esa qadimiy va hamisha navqiron, ulug‘ ayyomimiz Navro‘zi olam eshik qoqmoqda. Hamma birga:Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!
3-boshlovchi:
Har yil bahorda Navro‘z tantana qiladi. Bahordagi an’analar, urf-odatlar xalqimizni hech qachon tark etmaydi, aksincha, Navro‘z sayli yil sayin takomillashib, sayqallashib, boyib boraveradi. Darvoqe, Navro‘z ko‘p ming yillik tarixga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |