2-boshlovchi
Boychechak bahor darakchisidir. Shu-ning uchun Sharq xalqlari bu gulning ochilishini ko’klam nishonasi deb bilishadi.
3-boshlovchi
Erta bahorda bolalar to’da-to’da bo’lishib qir-adirlardan boychechak terishadi. Kim birinchi bo’lib boychechakni topsa, uni baxtli deb hisoblashgan. Bolalar topib olingan boychechakni berkitib, xovlima-xovli yurishib qo’shiq aytishgan.
Xor “Boychechak”
Shabnam Y:Istiqlol tongida gullar to’lg’ondi,
Yuraklar to’lg’ondi, gullar uyg’ondi,
Navro’z navolari jonni yangratib
Ona yurt uyg’ondi, gulga cho’lg’ondi.
Shoxjaxon
Dimoqqa yalpizlar nafasi urar,
Yurakka muattar chechaklar kular,
Bir suluv kelinchak salomga kelar,
Ostonaga bosh ur aziz mehmonim
Navro’zni muborak, O’zbekistonim.
Muhammadali: Yurtim kuylayotgan dalalarinda
Sumalakning xushtam bo’ylari kezar
Go’daklarga aytgan allalaringda
Momolarning kuylari kezar
Ertadan umidvor boshi osmonim
Boshing omon bo’lsin, O’zbekistonim
3-Boshlovchi:
Eng avval tinch bo’lsin
Ko’ksingda vijdon
Tinch bo’lsin elu-yurt
Vatan jonajon
G’uborga cho’lg’onmay
Shu yeru-osmon
Tinch o’tgan har kuning
Albatta bayram
Boshlovchilar:
Oh qandayin go’zal bu diyor
Mustaqillik-buyuk iftixor
Har kurtakda ipak istiqlol
Xalqim kuylar o’lanu yor-yor
Yana keldi yasanib bahor
Raqs:Sallamno
So’z navbatini maktabimizning ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Dildora Murodovaga beramiz.
So’z Sharofat buvijonga
1-suxandon:
Odatingni tark etma, Navro‘z,
Yangi yilim – bahorim bahor.
Ta’rifingga topilgaymi so‘z,
Hur diyorim, mangu iftixor!
2-suxandon:
Baxtimizga Navro‘z bor bo‘lsin,
Katta-kichik baxtiyor bo‘lsin.
Omon bo‘lsin, el-u yurt omon,
Omon bo‘lsin turguncha zamon!
1-suxandon:
Xalqim, bayramlardan chiqmasin boshing,
Ushbu kun farqlay bil, yaxshi-yomonni.
Ogohlik doimo bo‘lsin yo‘ldoshing,
Ko‘kka ko‘taraylik O‘zbekistonni.
El-u yurtim, Navro‘zday uzaysin yoshing,
Mangu porlayversin hurlik quyoshing!
Qo’shiq:onam
Munisa:Aziz va mehribon onajonlar farzandlaringiz tabrigini qabul qiling.Marhamat.
2-suxandon:
Shuning bilan Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan “Assalom yangi kun –Navro’z nafasi!” deb nomlangan tadbirimiz o‘z nihoyasiga yetdi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Doim bo‘ling salomat!
Yakuniy qo’shiq:Bahor valsi.
Do'stlaringiz bilan baham: |