_______________ Buvijon, boychechakni topdim-u, siz tomonga yugurdim.
Buvi:
“Rahmat qizalog‘im. Mana, bahor boshlanibdi. Omonlik-somonlik, yanagi yilga ham yetaylik”, - deb duo qilibdi.
Bolajonim, endi sen ham o‘rtoqlaring bilan o‘tirib, bayramni tomosha qilinglar.
Raqs: Navro’zim________________________:
Dehqon dala aylandi,
Ho‘kiz shoxi moylandi.
Omoch, mola, cho‘nqa tish.
Dehqonbobo shaylandi.:
_________________Arpa-bug‘doy sepilsin,Maysa unib yetilsin,
Dehqon ishi o‘ng kelsin,Omborlarga don to‘lsin.
Yangi yil qutli bo‘lsin, Qozonlar sutli bo‘lsin.
__________________:
Bugun bayram – yilboshi, Yilboshiga el oshi.
Har ro‘zg‘orning himmati. Palovmi yo sut oshi,
_______________ Qattiq oshi, sut oshi,Qo’noq bo‘tqa, so‘k oshi.
Shovla pishgan ilikdayKichirining zo‘r moshi
__________ Ochligimiz yo‘q bo‘lsin,Momo, qorin to‘q bo‘lsin,
Rizqimiz butun bo‘lsin,Umrimiz uzun bo‘lsin.
___________________
Omad bizga jo‘r bo‘lsin,Noz-u ne’mat ko‘p bo‘lsin.
Baxtimizga tinch zamon,Davr-u davron zo‘r bo‘lsin-
1-boshlovchi:
Bizning elda bu ayyom,Sumalaksiz o‘tmaydi.
Yalpiz, somsa yopmasdan,Aziz mehmon kutmaydi.
Ha, azizlar, Navro‘zni halim, halisa, go‘ja va sumalaksiz tasavvur eta olmaymiz.
2-suxandon:
Navro‘zni milliy o‘yinlarsiz ham tasavvur etish qiyin. “Kurash”, “Xo‘roz va qo‘chqor uyushtirish”, “Ko‘pkari”, “Ahug”, “Do‘ppi tushurdi”, “Tuxum yorar”, “Varrak uchurish” kabi milliy o‘yinlarimiz mavjud.
Yakkalaka o’ynasammi
Dukkalaka o’ynasanmi
Oyim javob bersalar
Sahnada o’ynasammi?
Raqs;Ko’pkari
1-boshlovchi Shu kunlarda xalqimiz o’zining tabiatga yaqinligini qadrdonligini yanada chuqur his etadi. Yam-yashil yayloqlar, tog’lar, bog’larda sayil-tomoshalar o’tkaziladi. Dahqon bobo yaxshi niyat bilan o’z dalasiga urug’ sepadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |